calendar 19 Sep 07:30
eye 83
comments 0
comments Manba: sputniknews-uz

Belarus EI sanktsiyalariga xalqaro tashkilotlardan chiqish bilan javob qaytaradi - Makey

image
Siyosat
Havola olish
17 0 0

Belarus TIV rahbari chet el siyosatchilarini to'xtashga va vaziyatni ortga qaytarib bo'lmaydigan nuqtaga olib borib taqamaslik uchun o'ylab ko'rishga chorladi.

TOShKENT, 19 sen – Sputnik. Belarus Evropa Ittifoqi sanktsiyalariga javob qaytarishi va xalqaro tashkilotlardan chiqish masalasini o'rtaga tashlashi mumkin, deb bayonot qildi Belarus TIV rahbari Vladimir Makey BMT Bosh Assambleyasi 75-sessiyasi umumiy muzokaralari davomida. Stenogramma idora saytida eʻlon qilingan.

Evropa Ittifoqi mamlakatlari uchun tayyorlangan sanktsiyaviy ro'yxat loyihasi tayyorlab qo'yilgan, Minsk EIning tegishli qarori qabul qilinishini kutmoqda, dedi respublika tashqi ishlar vaziri.

"Tabiiyki, biz Evropa Ittifoqi qaroriga adekvat javob qaytarishga majbur bo'lamiz. Bunda, albatta, EIning turli tuzilmalari vakillari, shuningdek, Evropa Ittifoqining alohida aʻzo-mamlakatlari va vakillariga nisbatan personal sanktsiyalar ham bo'ladi. Ro'yxat loyihasini tayyorlab qo'yganmiz. Biz uni EIning tegishli qarori qabul qilinganidan so'ng darhol ishga tushirishga tayyor bo'lamiz", -deb bayonot qildi Makey.

U shuningdek, agar Belarusni shunga majbur qilishsa, mamlakat ko'rishi mumkin bo'lgan boshqa "mutlaqo radikal choralar" to'plami ham mavjudligini qayd etdi.

"Biz faoliyati Belarussiz maʻnosini yo'qotadigan turli tashabbuslar, tashkilotlarda o'z ishtirokimizni qayta ko'rib chiqishimiz mumkin", - deya ishontirdi Makey.

Vazir o'z chiqishi davomida chet ellik siyosatchilarni, kech bo'lmasidan, holatni to'g'rilab bo'lmaydigan chiziqqa taqamasdan oldin yaxshilab o'ylab ko'rishga, to'xtashga va respublikadagi vaziyatga idrok bilan baho berishga urinib ko'rishga chaqirgan.

"Belarus davlati rahbari qo'shnilar bizga Xudo tomonidan berilganini, biz birga yashashga mahkum ekanligimizni, shu bois barcha muammolarga konstruktiv normal yo'nalishda yechim topish yo'llarini topishimiz kerakligini ko'p bora aytgan. Afsuski, so'nggi vaqtlarda biz qo'shnilarimiz, birinchi navbatda, Litva va Polsha tomonidan shunday konstruktiv yondashuvni ko'rmayapmiz… Hamkasblarim bir muddat to'xtab, o'ylab ko'rishlarini, holatga xolisona, idrok bilan baho berishlarini va uni ortga qaytarib bo'lmaydigan bir nuqtagacha olib borib taqamasliklarini xohlardim", - degan Makey.

Keyin nima bo'ladi?

TIV rahbari respublikada rejalashtirilayotgan konstitutsiyaviy islohotlar haqida ham so'zladi. Uning aytishicha, siyosiy partiyalar jamiyatda muayyan rolni o'ynashlari kerak, ammo ular sunʻiy yaratilgan va destruktiv bo'lishi nojoiz.

"Belarus prezidenti konstitutsiyaga o'zgartirish kiritish bo'yicha taklif tayyorlanayotganini maʻlum qildi... Menimcha, mamlakat siyosiy tizimni takomillashtirish bo'yicha maʻlum takliflar kiritiladi. Mening tushunchamga ko'ra siyosiy partiyalar jamiyatda muayyan rol o'ynashi kerak ", - dedi Makey.

Makeyga ko'ra, partiyalar destruktiv bo'lishi kerak emas.

"Bu partiyalar qanday rol o'ynashi kerak, degan muhim savol turibdi. Agar ular roli destruktivdan iborat bo'lib, shu paytga qadar yaratilgan hamma narsani yo'q qilishga yoki ustidan mag'zava ag'darishga qaratilgan bo'lsa, bu partiyalar faoliyatidan ne naf?", - degan vazir.

Idora rahbari respublika prezidenti tomonidan boshlangan konstitutsiyaviy islohotlar doirasida ichki siyosiy tizimni rivojlantirishga qaratilgan bir qator tadbirlarni amalga oshirish vaqti kelganini taʻkidladi.

Asosiy mavzular


Doʻstlaringiz bilan ulashing

20 Mar 12:55
 
83
0
xs.uz

AQSH Mudofaa vazirligi mamlakat armiyasini sezilarli darajada qisqartirishni koʻrib chiqmoqda

AQSH Mudofaa vazirligi Amerika armiyasini sezilarli darajada qisqartirish imkoniyatini koʻrib chiqmoqda. Bu haqda 'CNN' Pentagon tomonidan tayyorlangan hujjatlarga tayanib xabar bermoqda.'Koʻrib chiqilayotgan rejalar orasida jangovar boʻlinmalarni birlashtirish, ehtimol, qoʻshma kuchlarni rivojlantirish va tayyorlash uchun masʼul boʻlgan idorani tugatish hamda AQSH qoʻshinlarining Yaponiyadagi mavjudligini kengaytirmaslik kiradi', ' deyiladi nashrda.Taklif etilayotgan chora-tadbirlar Dona

20 Mar 12:50
 
66
0
postda.uz

БИЛИШНИНГ ЎЗИ ЕТАРЛИ ЭМАС

Бир куни машҳур устанинг ёнига ёш йигит келди. Уни фақат биргина нарса қизиқтирарди: «Мен ҳамма нарсани ўргандим, бир талай китоб ўқидим ва кўп нарсани биламан. Бунинг ҳаммасига ўзим эришдим, ҳеч ким ёрдам бермади. Энди саволимга жавоб берингчи: менга устоз керакми?». Уст

23 Mar 16:44
 
58
0
xs.uz

Yer yuzidagi barcha muzliklar 2100-yilga borib erib tugashi mumkin – BMT

Dunyo boʻylab muzliklarning erish tezligi hozirgidek davom etsa XXI asrning oxirlariga kelib, Yer yuzi deyarli muzliklarsiz qolishi mumkin. Bu haqida BMTning iqlim boʻyicha ekspertlari 'Butunjahon muzliklar kuni' munosabati bilan oʻtkazilgan tadbirdagi nutqida maʼlum qildi.Har yili 21-mart kuni, 'Butunjahon muzliklar kuni' deya eʼtirof etilib, muzliklarning Yer sayyorasi iqlim, atrof-muhit tizimidagi hal qiluvchi ahamiyati haqida masʼuliyatni oshirishga qaratilgan tadbirlar oʻtkaziladi.Bi

24 Mar 13:25
 
276
0
xs.uz

“Vaqt u tomonda emas” — AQSHda Zelenskiy haqida jiddiy bayonot berildi

Kiyev imkon qadar tezroq tinchlik kelishuviga rozi boʻlishi kerak. Bu fikrlarni AQSH armiyasining sobiq polkovnigi Daniel Devis aytib oʻtdi.'Agar Rossiya keng koʻlamli harbiy amaliyotlar oʻtkazmoqchi boʻlsa, u allaqachon Kiyevni yer bilan yakson qilgan boʻlardi, shuning uchun kelishuvni hoziroq, juda kech boʻlmasdan, tuzish kerak', deydi u.Devisning qayd etishicha, Ukraina prezidenti Vladimir Zelenskiy hududiy imtiyozlarni inkor etishda davom etmoqda, ularni keyinroq qaytarishga harakat q