77 kishini o‘ldirgan norvegiyalik terrorchi Anders Breyvik muddatidan oldin ozodlikka chiqish bo‘yicha iltimosnoma yo‘lladi

2011-yilda 77 kishini o‘ldirgani uchun 21 yilga ozodlikdan mahrum etilgan norvegiyalik Anders Breyvik shartli ravishda ozod qilinish to‘g‘risida iltimosnoma bilan murojaat qildi. Bu haqda uning advokati Oysten Sturrvikka tayanib, Verdens Gang tabloidi xabar berdi.
Iltimosnomaga ikkita ism ostida imzo chekilgan: Anders Bering Breyvik va Fotolf Xansen (mahkum ikkinchi ismni 2017-yilda olgan).
Advokatning so‘zlariga ko‘ra, muddatidan oldin ozodlikka chiqarilishini so‘rash huquqi Breyvikda qamalganidan 10 yil o‘tibgina paydo bo‘ladi. Shu bilan birga, terrorchi hozirga qadar undan ham kamroq qamoq jazosini o‘tagan — u 2011-yilning iyulida hibsga olingan, hukm esa 2012-yilning avgustida o‘qilgan. “U buni hozir xohlayapti. U sud yakunlanganidan beri yolg‘iz kamerada sakkiz yildan ortiq o‘tirdi”, — deydi advokat.
Shuningdek, Breyvik o‘z huquqlari buzilayotgani sabab davlatga qarshi yangi sud jarayonini boshlash niyatida. 2015-yilda u davlat bilan sudlashib, qamoqdagi huquqlari buzilayotganidan shikoyat qilgandi. Breyvikning aytishicha, uni qamoqda saqlash sharoiti g‘ayriinsoniy bo‘lib, uning g‘ururini toptamoqda. 2016-yilning aprelida Oslo shahridagi okrug sudi shikoyatni qisman asosli deb topib, mahbusga kompensatsiya to‘lanishini belgilagan. Biroq 2017-yilning martida Borgarting apellyatsiya sudi hukmni bekor qilgan. Sud Breyvikning bir kishilik kamerada saqlanishini ma’qullagan, negaki mahbus qilmishidan afsuslanmasligini aytgan, demak, u hanuz jamiyat uchun xavf tug‘dirishi mumkin. Keyinroq 2017-yilda Norvegiya Oliy sudi terrorchining qamoqxonadagi yashash sharoitlari ustidan qilgan shikoyatini asossiz, deb topgan.
Eslatib o‘tamiz, 2011-yil 22-iyul kuni norvegiyalik mahbus ikkita teraktni amalga oshirgan. Dastlab u Oslo hukumati joylashgan dahada portlash sodir etgan, natijada 8 kishi halok bo‘lgan. Keyinroq terrorchi Utoyya orolida 69 kishini otib o‘ldirgan. 2018-yili u o‘z qilmishidan afsusda ekanini ma’lum qilgan, biroq ayrimlar uning gaplarini yolg‘on deb topgan.
Kim Chen In nihoyat oʻzini eslatib qoʻydi: u Rossiyaga 6000 askar yuboryapti
Rossiya Federatsiyasi va Koreya Xalq Demokratik Respublikasi oʻrtasidagi harbiy va iqtisodiy hamkorlik yanada kuchaymoqda. 17-iyun kuni Pxenyanda Rossiya Xavfsizlik kengashi kotibi Sergey Shoygu va KXDR yetakchisi Kim Chen In oʻrtasida oʻtgan muzokaralar natijasida, Shimoliy Koreya tomonidan 6 mingga yaqin harbiy mutaxassisni Rossiyaning Kursk viloyatiga yuborish boʻyicha kelishuvga erishildi.Mazkur kelishuvga koʻra, Shimoliy Koreya Rossiyaga 1000 nafar sapyorlarni minalardan tozalash ishla
Tramp Erondan “soʻzsiz taslim” boʻlishni talab qildi. Eron esa yahudiy davlati havo hududini nazoratga oldi
AQSH prezidenti Donald Tramp Eronning 'soʻzsiz taslim boʻlishini' talab qildi.Unga koʻra, ayni paytda Eronning havo hududi endi toʻliq AQSH nazorati ostida. AQSH Eron oliy rahnamosi Oyatulloh Ali Xomanaiyning qayerda joylashganini aniq biladi, ammo Vashington 'hech boʻlmaganda hozircha'uni yoʻq qilish niyatida emas.Oq uy rahbari Eron muammosini hal qilish uchun AQSH armiyasidan foydalanishni istamaydi, ammo sabr-toqati tugayapti.'Eronda yaxshi kuzatuv uskunalari va boshqa mudofaa uskunalar
“Air India” fojiasidagi tirik qolgan yagona yoʻlovchi hikoyasi
Ushbu hafta Hindistonda 'Boeing 787-8 Dreamliner' samolyoti Ahmadoboddan Londonga uchish uchun samoga koʻtarilgan, ammo 5 daqiqa oʻtib havo kemasi halokatga uchradi. Bortda 242 kishi bor edi.Dastlab dahshatli aviahalokatda qutqaruvchilar tiriklarni topishga umid qilishmagan. Shunga qaramasdan, 40 yoshli Vishvashkumar Ramesh bu fojiada tirik qolgan bortdagi yagona inson ekani maʼlum boʻldi.U akasi Ajaykumar Ramesh bilan uchayotgan edi. Ular bort oshxonasining qarama-qarshi tomonidagi favqulod
Tramp 36 ta davlat fuqarolarini AQSHga kirishini cheklamoqchi. Ular orasida Oʻzbekiston ham bormi?
AQSH prezidenti Donald Tramp maʼmuriyati yana 36 ta davlat fuqarolari uchun viza taqiqlari yoki kirish cheklovlarini joriy etishni koʻrib chiqmoqda. Bu joriy oy boshida eʼlon qilingan sayohat cheklovlarini keskin kengaytirish boʻladi. 'The Washington Post' nashrining yozishicha, hujjat 60 kun ichida belgilangan talablarga javob bermagan mamlakatlar uchun qisman yoki toʻliq kirish taqiqlari kiritilishini nazarda tutadi.Yangi roʻyxatga kiritilgan davlatlar orasida 25 ta Afrika mamlakati, Kar