calendar 15 Sep 19:20
eye 47
comments 0
comments Manba: zamin

Ro'ziqul Berdiyev: "Andijonda eng yomon o'yinlarimizdan birini o'tkazdik"

image
Coca Cola Superliga navbatdagi turidan o'rin olgan "Andijon" - "Nasaf" (0:1) uchrashuvidan so'ng mehmonlar bosh murabbiyi Ro'ziqul Berdiyev fikrlarini bildirib o'tdi.
"Bugun raqibimizdan yaxshiroq o'ynamadik. Lekin, g'alaba qozondik. Bu futbolda muhim ahamiyat kasb etadi. Agar mag'lub bo'lganimizda o'zimizni xatolarimiz evaziga yutqazgan bo'lardik. Futbolchilarni bu o'yinga ruhiy tomondan tayyorlash qiyin bo'ldi. Istasak istamasak yigitlar turnir jadvaliga, raqibning oxirgi o'yinlariga qarashadi. "Andijon" jamoasi tan olish kerak bizga yetarlicha qarshilik ko'rsatdi. "Andijon" jamoasining himoya va hujum chizig'ida muammolari borligini bilardik. Xatolardan unumli foydalanish kerakligini tushuntirdik.

Yuqorida ham aytdim. "Andijon" jamoasidan yaxshi o'ynamadik. Kiyinish xonasida ham yigitlarga bu oxirgi yomon o'yinimiz bo'lishi kerakligini aytdim. Jamoamiz bunchalik yomon to'p tepmagan. Bugun eng yomon o'yinlarimizdan birini o'tkazdik. Bunga raqibimiz ham imkoniyat bermadi. Maydon holati ham ideal emas edi. Shuning uchun ham ikki jamoa qiynaldi. Mazmunli o'yin ko'rsatish uchun to'sqinlik qildi.

"Andijon" jamoasini yo'qotadigan hyech narsasi yo'q edi. Ular har bir o'yinda natija uchun o'ynashmoqda. Shuning uchun mahorati yetganicha kurashmoqda. Raqib to'rtta hujumchi bilan oldinga o'tgani uchun uchinchi markaziy himoyachini markaziy himoyachini tushirdik. Bu sxemada ko'p o'ynaganmiz. Asosiy maqsadimiz natijani saqlab qolish edi.

Dilshod Rahmatullayev yetakchi o'yinchilarimizdan biri. Oraliqdagi tanaffusda mashg'ulotlarga kam qatnashgani bois formasini yo'qotib qo'ydi. Endi formasini tiklamoqda. Unga ishonganimiz uchun jamoamizga taklif qildik. Tajribasi katta.

2017 yil oxiri 2018 yil boshida o'sha esingizda bo'lsa "Paxtakor"ni 4:0 hisobida mag'lubiyatga uchratganimizdan keyin jamoamiz bilan yetakchilarni saqlab qolgan holatda chempionlik uchun kurashishimizni taʻkidlagandik. Lekin, unday bo'lmadi. O'sha mavsumdan keyin moliyaviy tomondan pasayish kuzatildi. Ko'proq yoshlarimizga eʻtibor beramiz, ularning o'sishi uchun harakat qilamiz.

O'shanda tarkibni saqlab qolib, 1-2 nafat tajribali futbolchi olganimizda bemalol chempionlik uchun kurasha olardik. Hozir bu futbolchilar qayerda o'ynayotganini yaxshi bilasiz. Rahbariyatga buni ko'p bor taʻkidlaganmiz. Imkoniyat bo'lmadi. Imkon qadar oldimizga yuqori maqsad qo'yamiz. Yoshlarni har tomonlama shakllantirishimiz kerak. Bu narsa kelajakda katta foyda beradi deb o'ylayman.

"Andijon"ni Superligada qolishi juda qiyin bo'ladi. Eshitishimizga qaraganda jamoaga yangi homiy topilgan, yangi murabbiy keldi. Murabbiy ham sexrgar emas, unga ham sharoit kerak, yaxshi futbolchi kerak, vaqt berish lozim. "Andijon"ga omad tilayman.

Oybek Bozorov haqida bizga hyech kim taklif bilan chiqmadi. Uning biz bilan uzoq yillik shartnomasi bor",- deydi Ro'ziqul Berdiyev.

Doʻstlaringiz bilan ulashing

08 Jun 02:27
 
37
0
xs.uz

Oʻzbekiston tarixida ilk bor mundial yoʻllanmasini qoʻlga kiritgan milliy terma jamoamiz Toshkentga qaytib keldi — Fotoreportaj

Gʻolib futbolchilarimiz yurtimizga qaytib keldiKuni kecha futbol boʻyicha jahon chempionati 3-saralash bosqichining 9-turida muhim natijani qayd etgan Oʻzbekiston milliy terma jamoasi Islom Karimov nomidagi Toshkent xalqaro aeroportida hukumat aʼzolari, sportimiz mutasaddilari, murabbiylar, keng jamoatchilik vakillari hamda soha fidoyilari tomonidan tantanali tarzda kutib olindi.Yuzlari yorugʻ, xalqimiz ishonchini oqlagan futbolchilarimiz birin-ketin koʻrinish berib, aeroportdan chiqib kel

13 May 14:39
 
63
0
xs.uz

Vazn toifasidan qatʼi nazar eng kuchli 10 nafar bokschilar kimlar ekanligini bilasizmi?

Amerikaning mashhur ESPN sport nashri bokschilar oʻrtasida vazn toifasidan qatʼi nazar tuzilgan eng kuchli 10 nafar sportchi roʻyxatini eʼlon qildi. Nashrga koʻra, reytingning birinchi oʻrnini ukrainalik bokschi Aleksandr Usik egalladi. Bu bilan u nafaqat ogʻir vazn toifasida, balki umumiy kuchli sportchilar orasida ham yetakchi sifatida eʼtirof etildi.Aleksandr Usik shu kungacha 23 ta jang oʻtkazib, ularning barchasida gʻalaba qozongan. Ikkinchi oʻrinni yaponiyalik Naoya Inoue egalla

13 May 14:39
 
132
0
xs.uz

Mbappe bir masalada “Real Madrid” tarixidagi eng zoʻri boʻldi

Fransiyalik hujumchi Kilian Mbappe 'El-Klasiko'da 'Barselona' darvozasiga kiritgan xet-trigi bilan 'Real Madrid' tarixiga kirdi. U joriy mavsumda 'Real' safida debyut qilgan futbolchilar orasida eng koʻp gol urgan oʻyinchiga aylandi ' 53 oʻyinda 39 ta gol. Bu natija bilan u 32-yil avval oʻrnatilgan Ivan Zamoranoning 37 gollik rekordini yangiladi.Katalonlarga qarshi boʻlib oʻtgan oʻyinda Mbappe 'Real'ning yagona toʻpurariga aylandi. U avval penaltidan gol urdi, soʻngra raqibning yuqori c

31 May 08:50
 
114
0
xs.uz

Farg‘ona voleybol bo‘yicha html5-dom-document-internal-entity1-quot-endMillatlar ligasihtml5-dom-document-internal-entity1-quot-end musobaqasiga mezbonlik qiladi

Bugun Farg'ona xalqaro aeroportida ushbu nufuzli musobaqaning ilk mehmonlari ' Eron va Qozog'iston terma jamoalari tantanali tarzda kutib olindi.Ularni viloyat hokimi o'rinbosari Sh.Polvonov, sport boshqarmasi boshlig'i N.Hakimov hamda keng jamoatchilik vakillari, sport ishqibozlari samimiy qarshi oldilar.