Dunyoda joriy yilda qariyb 400 nafar jurnalist Covid-19 qurboni boʻldi


Joriy yil boshidan buyon dunyoning 47 mamlakatidan kamida 366 jurnalist koronavirusdan vafot etgan. Bu haqda Press Emblem Campaign (PEC) xalqaro jurnalistlar tashkiloti bosh kotibi Blez Lempen Inson huquqlari boʻyicha kengashning Jenevada boʻlib oʻtgan 45-sessiyasida maʼlum qildi, deb yozadi Anadolu agentligi.
Qayd etilishicha, soʻnggi paytlarda pandemiya tufayli ommaviy axborot vositalari xodimlari orasida, ayniqsa, Hindistonda qurbonlar soni keskin koʻpayib boryapti.
Lempen Kengashga aʼzo 47 davlatni jurnalistlar sogʻligʻini muhofaza qilish boʻyicha chora-tadbirlar koʻrishga chaqirgan.
PEC maʼlumotlariga koʻra, 1 iyuldan sentyabrgacha koronavirusdan halok boʻlgan jurnalistlar soni yil boshidagiga nisbatan ikki barobar oshgan.
Masalan, tojdor virus Lotin Amerikasi mamlakatlarida 205 nafar, Osiyoda 90 nafar, Yevropada 28 nafar, Afrikada 22 nafar, Shimoliy Amerikada 21 nafar jurnalistni hayotdan olib ketgan.
Bu borada antirekord Peru(82 nafar)ga tegishli boʻlsa, undan keyingi oʻrinlarda Ekvador(40), Hindiston(36), Bangladesh(31), Meksika(26), AQSH(20), Braziliya(19) va Pokiston(10) kabi davlatlar boryapti.
PEC yil boshidan buyon yana 54 nafar jurnalist turli sabablarga koʻra oʻldirilganini maʼlum qilgan. Shunday qilib dunyo OAVning yoʻqotishlari joriy yilda 400 tadan oshib ketdi.
Xalqaro jurnalistlar tashkiloti ommaviy axborot vositalari xodimlari qarindoshlari va yaqinlariga taʼziya bildirgan.
Rossiyadagi koʻp qavatli uylardan biridagi kvartirada toʻrt nafar oʻzbekistonlik jonsiz holatda topildi
Joriy yilning 13-aprel kuni Rossiyaning Kaliningrad shahri Gagarin koʻchasidagi koʻp qavatli uyda 4 nafar oʻzbekistonlik fuqaro jonsiz holatda topilgan.Maʼlumotlarga koʻra, ularning oʻlimida jinoyat alomatlari aniqlamagan va taxminan 11-13-aprel oraligʻida vafot etishgan. Oʻlimga is gazidan zaharlanish sabab boʻlgan. Fuqarolar xonadonni salkam bir oy avval ijaraga olgan. Ular Kaliningradga Oʻzbekistondan ishlash uchun borgan.Qoʻshnilar vafot etgan shaxslar haqida ijobiy fikr bildirgan
AQSHda Putinning yozda Ukrainada gʻalaba qozonish rejalari oshkor qilindi
Rossiya prezidenti Vladimir Putin Ukrainada 2025-yil yozida muzokaralarga taʼsir koʻrsatishi mumkin boʻlgan jabhada gʻalaba qozonishini kutmoqda. Bu haqda CNN xabar bermoqda.Nashr mualliflarining yozishicha, Kreml AQSH prezidenti Donald Trampning amaldagi maʼmuriyatining qatʼiyatsizligini yaxshi biladi.Shu bilan birga, Putin 'Tramp oxir-oqibatda tishsiz va uni vaziyatni yumshatishdan bosh tortgani uchun samarali jazolamasligini tushunadi', deyiladi maqolada.Nashrning yozishicha, Putin Tram
Rossiyadagi YTHda bir nafar oʻzbekistonlik halok boʻldi, 5 kishi jarohatlandi
Qayd etilishicha, hodisa 16-aprel kuni soat 01:10 da Saratov viloyati Dergachevskiy tumanining Tambov-Penza-Saratov-Pristannoye-Yershov-Ozinki trassasida sodir boʻlgan. Ichida Oʻzbekiston fuqarolari boʻlgan 'Lada Largus' avtomashinasi va trassada turgan, 'Autogalantas' yuk mashinasi ishtirokida yoʻl-transport hodisasi yuz bergan.Rossiya IIV Davlat yoʻl harakati xavfsizligi inspeksiyasi Saratov viloyati boshqarmasi'xabariga koʻra, toʻqnashuv oqibatida yengil avtomobilda yongʻin kelib chiq
ХУРМОНИНГ ХОСИЯТЛАРИ
• Энергия манбаидир. Хурмо таркибидаги катта миқдордаги глюкоза, фруктоза ва сахароза организмга куч беради. Табиий шароитда етиштирилган хурмо тамадди қилиш кундузги ҳолсизликни бартараф этади.• Мия учун озуқадир. Фенол бирикмалари ва табиий антиоксидантларга э