calendar 10 Sep 07:31
eye 52
comments 0
comments Manba: sputniknews-uz

O'zbekistonda COVID-19 bilan kasallanganlar 45 mingdan oshdi

image
Jamiyat
Havola olish
COVID-19 umumjahon pandemiyasi (1128)
38 0 0

Tun davomida yana 230 kishida koronavirus aniqlandi. Ularning aksariyati Toshkentda shahrida. Shuningdek, koronavirusga chalingan ikki kishi vafot etdi.

TOShKENT, 10 sen — Sputnik. O'zbekistonda o'tgan tun davomida yana 230 kishida koronavirus aniqlandi va kasallanganlarning umumiy soni 45 160 nafarga yetdi. Bu haqda Sog'liqni saqlash vazirligi xabar qilmoqda.

Yangi kasallanganlarning 150 nafari Toshkent shahrida, 36 nafari Toshkent viloyatida, 16 nafari Samarqand viloyatida, 9 nafari Namangan viloyatida, 8 nafari Xorazm viloyatida, 5 nafari Buxoro viloyatida, yana 5 nafari Surxondaryo viloyatida, hamda 1 nafari Qoraqalpog'iston Respublikasida fuqarolar orasida aniqlangan.

Shu bilan birga, Zangiota tumanida yashagan 79 yoshli S.J. (ayol) hamda Olmazor tumanida yashagan 70 yoshli B.U. (erkak), jami 2 nafar koronavirusga chalingan bemor vafot etdi. Qurbonlar soni 368 kishini tashkil etmoqda.

Shu paytga qadar 42 212 nafar koronavirus infektsiyasiga chalingan fuqarolar (93 foiz) sog'aygan.

Hozirda mamlakatda 2 580 nafar bemor davolanmoqda. Ulardan 427 nafari og'ir, 224 nafari esa o'ta og'ir ahvolda.

Mavzu:
COVID-19 umumjahon pandemiyasi (1128)
Teglar:
koronavirus, O'zbekiston

Asosiy mavzular


Doʻstlaringiz bilan ulashing

16 Apr 15:12
 
43
0
xs.uz

“Andijon turmasi” shahar chekkasiga koʻchiriladi

Andijon shahri markazidagi 'Andijon turmasi' nomi bilan tanilgan 3-son tergov hibsxonasi koʻchiriladi. Bu haqda viloyatda Prezident Shavkat Mirziyoyev raisligida oʻtayotgan yigʻilishda'maʼlum qilindi.Yigʻilishda qurilish va infratuzilma masalalari muhokama qilinar ekan, Xonobod-Andijon magistral suv quvurining 1-tarmogʻidan suv oqimi kamligi sababli 6 ta tumandagi 510 ming aholiga suv yetkazib berishda muammolar borligi koʻrsatib oʻtildi.Shu bois, ushbu quvurning 2-tarmogʻini qurish zar

20 Mar 12:54
 
51
0
xs.uz

Oʻzbekistonda Imom Moturidiy tavalludining 1155-yilligi keng nishonlanadi

O'zbekiston Respublikasi Prezidentining qaroriBuyuk vatandoshimiz, islomiy ilmlar rivojiga ulkan hissa qo'shgan benazir alloma, kalom ilmining sultoni Imom Abu Mansur 'Moturidiyning (keyingi o'rinlarda ' Imom Moturidiy) ibratli hayot yo'li va boy ilmiy-ma'naviy merosini har tomonlama chuqur o'rganishni rag'batlantirish, moturidiylik ta'limotiga xos bag'rikenglik va'mo'tadillik tamoyillarini xalqimiz va jahon jamoatchiligi o'rtasida keng targ'ib etish, yoshlarni Vatanga muhabbat, milliy va umumin

20 Mar 12:53
 
56
0
xs.uz

Mamlakatdan noqonuniy olib chiqilayotgan katta miqdordagi valyuta toʻxtatib qolindi

Davlat xavfsizlik xizmati va bojxona idoralari tomonidan Toshkent viloyati, Toshkent tumani hududida joylashgan 'Navoiy' chegara-bojxona postida tezkor tadbir oʻtkazildi. Ushbu tadbir davomida mamlakatdan noqonuniy tarzda yirik miqdordagi xorijiy valyutani olib chiqish holati fosh etildi.Tekshiruv davomida qoʻshni davlat tomon harakatlanayotgan 'Lacetti' rusumli avtomashina toʻxtatildi. Mashinani koʻzdan kechirish jarayonida unda yoʻlovchi sifatida ketayotgan, Toshkent tumanida yashovchi 19

22 Mar 08:54
 
64
0
xs.uz

Oʻzbekistonning Jiddadagi yangi bosh konsuli tayinlandi

Oʻzbekistonning Jidda shahridagi yangi tayinlangan bosh konsuli Sirojiddin Shamsutdinov Saudiya Arabistoni Tashqi ishlar vazirligi Jidda boʻlimi bosh direktori birinchi oʻrinbosari Ahmad Muhammad Qutb bilan uchrashdi, deb'xabar bermoqda''Dunyo' AA. Qayd etilishicha, muloqot chogʻida Oʻzbekiston va Saudiya Arabistoni oʻrtasidagi aloqalarning bugungi holati va istiqbollari xususida fikr almashilgan.Ahmad Muhammad Qutb Oʻzbekiston va Saudiya Arabistoni rahbarlari oʻrtasida oʻrnatilgan y