calendar 01 Sep 13:30
eye 66
comments 0
comments Manba: sputniknews-uz

Chernogoriya muxolifati rahbari Rossiyaga qarshi sanktsiyalarni xato deb atadi

image
Dunyoda
Havola olish
69 0 0

So'nggi saylovlarda g'olib chiqqan Chernogoriya muxolifati rahbari "Tarixiy va iqtisodiy aloqalar tufayli Rossiya yaxshiroq munosabatga loyiq" dedi.

TOShKENT, 1 sen - Sputnik. Chernogoriya tomonidan Rossiyaga qarshi sanktsiyalarni qo'llab-quvvatlash, bu xato bo'lgan, dedi "Chernogoriya kelajagi uchun" eng yirik muxolifat koalitsiyasi yetakchisi Zdravko Krivokapich RIA Novostiga.

"Biz kichik davlatmiz, qanchalik xohlamaylik, global darajada hyech qanday taʻsirga ega emasmiz. Aytishadiku, kimdir o't o'radi, kimdir suv tashiydi. (tahr. serb maqoli, maʻnosi: katta, kuchli erkaklar o't o'radi, yosh bolalar yoki ayollar ularga suv olib keladi). Shuning uchun, bizdek kichik mamlakat birinchilardan bo'lib sanktsiya kiritishi mumkin emas", - dedi muxolift yetakchisi. 

Krivokapich aytishiga ko'ra, sanktsiyalar birinchi navbatda Serbiyaning o'zi uchun iqtisodiy yo'qotishlarga olib keladi. 

Uning so'zlariga ko'ra, COVID-19 tufayli Chernogoriya o'z chegaralarini Rossiya, Serbiya, Bosniya va Gertsegovina fuqarolari uchun bir oyga yopishi - xato bo'lgan. Aynan ushbu uch davlatlar fuqarolari Chernogoriyaga tashrif buyuradigan eng ko'p sonli turistlardir.

"Eslatib o'taman, biz Plantaze vinolarini eksport qilar edik, bizga kelayotgan turistlarning aksariyati esa serbiyaliklar, Bosniya va gertsogovinaliklar hamda rossiyaliklar edi", - dedi siyosatchi. 

Oldingi chiqishlarida Krivokapich "Rossiya tarixiy aloqalari hamda Serbiya iqtisodiyotiga qo'shgan hissasi tufayli - yaxshiroq munosabatga loyiq" degan edi.  

Eslatib o'tamiz, 30 avgust kuni Chernogoriyada saylovlar bo'lib o'tdi. Dastlabki xabarlarga ko'ra, muxolifat so'nggi 30 yil ichida ilk bor hukumat boshida bo'lgan Sotsial-demokratik partiyadan va prezident Milo Jukanovichdan ko'ra ko'proq ovoz olishga muvaffaq bo'ldi. Dushanba kuni bo'lib o'tgan saylovlar kuzatuvchilar tomonidan qonuniy deb topildi.

Shundan so'ng "Chernogoriya kelajagi uchun" koalitsiyasi yetakchisi Zdravko Krivokapich, URA muxolifat harakati Dritan Abazovich va "Demokratov" yetakchisi Aleks Bechich uchrashuv o'tkazishdi va bo'lajak hukumat doirasida qanday hamkorlik qilishga kelishib olishdi.

 

Asosiy mavzular


Doʻstlaringiz bilan ulashing

16 Apr 09:12
 
46
0
xs.uz

AQSHda Putinning yozda Ukrainada gʻalaba qozonish rejalari oshkor qilindi

Rossiya prezidenti Vladimir Putin Ukrainada 2025-yil yozida muzokaralarga taʼsir koʻrsatishi mumkin boʻlgan jabhada gʻalaba qozonishini kutmoqda. Bu haqda CNN xabar bermoqda.Nashr mualliflarining yozishicha, Kreml AQSH prezidenti Donald Trampning amaldagi maʼmuriyatining qatʼiyatsizligini yaxshi biladi.Shu bilan birga, Putin 'Tramp oxir-oqibatda tishsiz va uni vaziyatni yumshatishdan bosh tortgani uchun samarali jazolamasligini tushunadi', deyiladi maqolada.Nashrning yozishicha, Putin Tram

22 Mar 08:54
 
53
0
xs.uz

“Shimoliy Gʻazo uchun tong otishi qiyin boʻldi, bemorlar kasalxonaga sigʻmayapti”: Gʻazodagi shifoxona rahbari murojaat bilan chiqdi

Bugun, 20-mart kuni Isroil Gʻazoning shimoliy hamda janubiy hududlariga zarbalar berishi oqibatida 71 nafar falastinlik, jumladan, ayollar va bolalar halok boʻlgan edi.Gʻazo shimolida joylashgan Indoneziya kasalxonasi direktori Marvan al-Sultonning taʼkidlashicha, shifoxona Isroilning ketma-ket hujumlari oqibatida jarohatlangan bemorlar bilan toʻlib-toshgan. Bu haqida 'Al Jazeera' nashri xabar berdi.Soʻnggi maʼlumotlarga koʻra, Isroilning 17-20-mart kunlari oraligʻida Gʻazoga qilgan qu

15 Apr 07:06
 
42
0
xs.uz

“Bir necha soniyaga kech qolganimizda biz ham oʻlgan boʻlardik”: Isroil Gʻazodagi xonadon hamda kasalxonani bombardimon qildi

Isroil harbiylari Xon-Yunis shahridagi xonadonni bombardimon qilishi oqibatida besh nafar falastinlik halok boʻldi. Bu haqida 'Al Jazeera' nashri xabar berdi.Maʼlumotlariga koʻra, mazkur hujum oqibatida besh nafar falastinlik halok boʻlgan hamda bir necha kishi turli darajadagi tan jarohatlari olib, kasalxonaga yotqizilgan. Guvohlarning taʼkidlashicha, Isroil askarlari asosan hududdagi turar-joy binolarini yoʻq qilishga harakat qilgan.Shuningdek, 13-aprel, yakshanba kuni Isroil harbiylari

20 Mar 12:50
 
56
0
postda.uz

ҒАРОЙИБУ АЖОЙИБ

         Дунё бўйича ҳар 100 нафар ўлган кишининг 2 нафари қарилик, қолган 98 нафари эса турли тасодифлар оқибатида бевақт ҳалок бўлади.* * *         Мисрда қайнатилган карам тансиқ таом сифатида зиёфат сўнгида дастурхонга тортилади.* *