calendar 31 Aug 06:10
eye 75
comments 0
comments Manba: daryo

Messi “Barselona”dan ketmasidan 10-raqamga da’vogar paydo bo‘ldi

image

“Barselona” hujumchisi Martin Breytueyt Lionel Messi jamoani tark etsa, o‘z raqamini o‘zgartirishi mumkin.

Foto: Eurosport

20 Minutos nashri xabariga ko‘ra, Messi “Barselona”ni tark etsa, daniyalik futbolchi 10-raqamni olishni xohlamoqda.

Breytueyt qishda klubga o‘tganida u rahbariyat bilan ushbu masalani muhokama qilgan va Messi ketganidan keyin yoki u faoliyatini yakunlagan taqdirda ushbu raqam ostida o‘ynashni istashini bildirgan.

E’tiborga molik jihati shundaki, Breytueytning ham jamoadagi kelajagi hamon noaniq bo‘lib qolmoqda. Bosh murabbiy Ronald Kuman unga mashg‘ulotlardagi harakatlariga baho berib, keyinchalik uning klubda qolish, qolmasligi to‘g‘risida qaror qabul qilmoqchi.

Ma’lumot uchun, 2019/20 yilgi mavsumda hujumchi La Ligada 11 uchrashuv o‘tkazib, 1 tadan gol va golli uzatmaga mualliflik qildi.

Yanada ko‘proq futbol va sport yangiliklaridan boxabar bo‘lishni istasangiz, “Daryo”ning Telegram’dagi rasmiy sport kanali — @Daryo_Sport24’ga obuna bo‘ling!


Doʻstlaringiz bilan ulashing

13 May 14:39
 
76
0
xs.uz

Baydarka va kanoeda eshkak eshish: O‘zbekiston terma jamoasida — 6 ta medal

Unda O'zbekiston terma jamoasi uchtadan kumush (S2 1000 metr: Muhammadali Mirismanov, Diyorbek Mamatqulov, S1 500 metr: Muhammadali Mirismanov, K1 500 metr: Arina Tanatmisheva) hamda bronza (S2 500 metr: Kamoliddin Rahmatullayev, Azimjon Sotiboldiyev, K1 1000 metr: Oleksandr Zarubin, S2x 500 metr (miks): Kamoliddin Rahmatullayev, Zarina Rustamova) medallariga sazovor bo'ldi.

15 Jun 10:46
 
250
0
xs.uz

Mahmud Murodov Pragadagi turnirda Patrik Kinslni magʻlub etdi

Chexiya poytaxti Pragada oʻtkazilgan 'Oktagon 72' turnirida aralash yakkakurashlar (MMA) boʻyicha navbatdagi yirik musobaqa boʻlib oʻtdi. Turnir doirasida oʻzbekistonlik mashhur jangchi Mahmud Murodov asosiy janglardan biri ' 'co-main event' doirasida oktagonga koʻtarildi. U mezbon jangchi Patrik Kinslga qarshi oʻrta vazn toifasida kuch sinashdi. Ushbu bahs 'Oktagon' promoushenining vaqtinchalik chempionlik kamarini qoʻlga kiritish uchun muhim ahamiyatga ega edi.Jang toʻliq besh raund d

13 Jun 00:40
 
94
0
xs.uz

“Bayram bayramga ulandi”: Oʻzbekiston milliy terma jamoasi JCH-2026 saralash bosqichining soʻnggi tur oʻyinida Qatarni tor-mor qildi

JCH-2026 saralash bocqichi soʻnggi tur bahslari doirasidagi Oʻzbekiston ' Qatar uchrashuvi oʻz yakuniga yetdi. Ushbu uchrashuvda terma jamoamiz mundial yoʻllanmasini naqd qilgan jamoa sifatida maydonga chiqdi.Oʻyinning birinchi boʻlimi dastlabki daqiqalaridanoq hamyurtlarimiz ustunlikni oʻz tomoniga ogʻdira olishdi. Ketma-ket hujumlar natijasida, 28 daqiqaga kelib Azizbek Turgʻunboyev ikki nafar Qatar terma jamoasi himoyachilarini dogʻda qoldirgan holda chiroyli zarbasi bilan hisobni o

13 Jun 00:40
 
318
0
xs.uz

Krishtianu Ronaldu “Barselona” futbolchisi haqida: “U fenomen va buyuk kelajak kutayapti”

Portugaliya terma jamoasi sardori Krishtianu Ronaldu yosh ispaniyalik isteʼdod Lamin Yamal haqida oʻz fikrlarini bildirdi. Uning taʼkidlashicha, Yamal kelajakda ham jamoaviy, ham shaxsiy sovrinlarga ega boʻladigan fenomen futbolchi hisoblanadi.'Lamin kelgusida bir nechta jamoaviy va shaxsiy mukofotlar sohibi boʻladi. U fenomen. Uni ajoyib martaba kutmoqda. Millatlar ligasini bir necha bor yutishi mumkin', ' dedi Ronaldu. Shu bilan birga, u Lamin Yamalga hali 17 yosh ekanini inobatga olib, u