calendar 18 Aug 14:30
eye 45
comments 0
comments Manba: sputniknews-uz

O'zbekistonda koronavirus: 18 avgust asosiy xabarlari

image
Jamiyat
Havola olish
COVID-19 umumjahon pandemiyasi (1099)
17 0 0

Cutka davomida 425 kishida koronavirus aniqlandi, O'zbekistonda koronavirus infektsiyasi qayd etilganlar soni 36 352 nafarni tashkil qilmoqda.

TOShKENT, 18 avg — Sputnik. Sputnik O'zbekiston respublikadagi epidemiologik vaziyat to'g'risida asosiy xabarlarni to'pladi.

Bir sutka davomida 425 kishida koronavirus aniqlandi, O'zbekistonda koronavirus infektsiyasi qayd etilganlar soni 36 352 nafarni tashkil qilmoqda.

Yangi kasallanish holatlarining 222 nafari Toshkent shahrida, 26 nafari Samarqand viloyatida hamda 4 nafari Andijon viloyatida tana harorati ko'tarilganligi bois profilaktika maqsadida hamda koronavirusga chalingan bemorlar bilan muloqotda bo'lganligi sababli namuna olingan fuqarolar orasida aniqlangan.

Sog'ayish ko'rsatkichi

Bugunning o'zida 482 nafar bemor tuzalib, o'z uylariga kuzatildi. Respublika bo'ylab jami sog'ayganlar soni 32 062 nafarga yetdi. Sog'ayish ko'rsatkichi 88 foizga yetdi.

Ayni paytda 4 048 nafar bemorga belgilangan standartlar bo'yicha davo choralari ko'rilmoqda.

O'lim holatlari

Kun davomida koronavirusga chalingan 4 nafar bemor –  Yashnobod tumanida yashagan 60 yoshli D.P. (ayol) hamda Uchtepa tumanida yashagan 52 yoshli A.E. (erkak), Yunusobod tumanida yashagan 67 yoshli M.Yu. (ayol) hamda Angren shahrida yashagan 61 yoshli M.G. (ayol) vafot etdi.

O'zbekistonda jami 242 kishi pandemiya qurboni bo'ldi.

Yuz million dollarlik kredit

Osiyo infratuzilma investitsiya banki (AIIB) O'zbekistonga 100 million dollar miqdorida kredit ajratishni maʻqulladi, ushbu mablag' sog'liqni saqlash sohasida shoshilinch yordam ko'rsatish va COVID-19 chaqiruvlariga javob berish uchun ishlatiladi.

Loyiha Osiyo Taraqqiyot Banki tomonidan moliyalashtirilib, O'zbekistonning COVID-19’ni diagnostika qilish, test  o'tkazish va davolashga qaratilgan. O'zbekiston aholisiga, ayniqsa kasal bo'lgan yoki xavf ostida bo'lgan odamlarga, xususan qariya va surunkali kasalliklarga chalinganlarga yordam ko'rsatiladi.

Maktab va bog'chalar ochilishiga tayyorgarlik

O'zbekistonda maktab va bog'chalar ochilishiga tayyorgarlik ko'rilmoqda. Maktabgacha taʻlim vazirligi va Xalq taʻlimi vazirligi bilan hamkorlikda taʻlim muassasalarida amal qiluvchi sanitariya meʻyorlari ishlab chiqilmoqda. Meʻyorlar Adliya vazirligi tomonidan huquqiy ekspertizadan o'tkaziladi hamda barcha tomonidan bajarilishi birdek majburiyligi belgilab qo'yiladi. Shundan keyin maktabgacha taʻlim tashkilotlari va umumtaʻlim maktablariga faoliyatini boshlash uchun ruxsat berilishi aytilmoqda.

Dunyo salomatligi

Dunyo bo'ylab infektsiyani yuqtirib olgan kishilarning soni 21,8 milliondan oshdi, 774 ming kishi vafot etdi, 13,8 million kishi tuzaldi. Eng ko'p holatlar AQShda (5,4 mln), Braziliyada (3,4 mln), Hindistonda (2,7 mln).

Mavzu:
COVID-19 umumjahon pandemiyasi (1099)

Asosiy mavzular


Doʻstlaringiz bilan ulashing

20 Mar 12:53
 
45
0
xs.uz

Mamlakatdan noqonuniy olib chiqilayotgan katta miqdordagi valyuta toʻxtatib qolindi

Davlat xavfsizlik xizmati va bojxona idoralari tomonidan Toshkent viloyati, Toshkent tumani hududida joylashgan 'Navoiy' chegara-bojxona postida tezkor tadbir oʻtkazildi. Ushbu tadbir davomida mamlakatdan noqonuniy tarzda yirik miqdordagi xorijiy valyutani olib chiqish holati fosh etildi.Tekshiruv davomida qoʻshni davlat tomon harakatlanayotgan 'Lacetti' rusumli avtomashina toʻxtatildi. Mashinani koʻzdan kechirish jarayonida unda yoʻlovchi sifatida ketayotgan, Toshkent tumanida yashovchi 19

20 Mar 12:54
 
59
0
xs.uz

Oʻzbekiston Respublikasi Bosh prokurori mamlakat aholisiga murojaat bilan chiqdi

Oʻzbekiston Respublikasi Bosh prokurori mamlakat aholisiga murojaat bilan chiqib, jinoyatchilikning oldini olish va huquqbuzarliklarga qarshi kurashish chora-tadbirlari kuchaytirilishini maʼlum qildi. Unda har bir mahalla va xonadonga tushib, huquqbuzarlik omillarini aniqlash va ularga qarshi profilaktik ishlarni kuchaytirishga alohida eʼtibor qaratiladi.Murojaatda jinoyatga moyil shaxslar bilan toʻgʻridan-toʻgʻri uchrashuvlar oʻtkazish va 'fuqarobay' ish tizimini joriy etish rejalashtir

20 Mar 12:54
 
45
0
xs.uz

Prezident Kichik biznes uyushmasini tashkil qilish tashabbusini qoʻllab-quvvatladi

Prezidentning kichik va oʻrta biznes vakillari bilan uchrashuvida kichik biznesdagi kelgusi qadamlarni belgilab beradigan besh yillik strategiya ishlab chiqilgani taʼkidlandi.Buni xalqaro moliya tashkilotlari ham qoʻllab-quvvatlab, yangi biznes yoʻnalishlari boʻyicha ilgʻor tajriba, innovatsiya, texnologiya va xalqaro standartlarni joriy qilishda koʻmaklashishga, buning uchun hozirni oʻzida 470 million dollar resurs ajratishga tayyor.Jumladan, Osiyo taraqqiyot banki 'Moliyaviy ommaboplik

20 Mar 12:54
 
52
0
xs.uz

Tadbirkor ayollarga garovsiz kredit ajratiladi

Oʻzbekistonda ayollar tadbirkorligini rivojlantirish va ularni qoʻllab-quvvatlash boʻyicha yangi dasturlar joriy etilmoqda. Prezidentning 2025-yil 14-martdagi 'Oila va xotin-qizlarni qoʻllab-quvvatlash tizimini yana-da takomillashtirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida'gi qaroriga koʻra, ayollar bandligini oshirish, taʼlim olish imkoniyatlarini kengaytirish va ularning tadbirkorlik faoliyatini qoʻllab-quvvatlash boʻyicha qator maqsadli chora-tadbirlar amalga oshiriladi.Qarorga muvofiq, 202