O'zbekistonda koronavirus qayd etilganlar soni 36 ming nafardan oshdi

2020 yil 18 avgust soat 10:00 holatiga ko'ra, O'zbekistonda koronavirus infektsiyasi qayd etilganlar soni 36 100 (+173) nafarni tashkil etmoqda. Bu haqda Sog'liqni saqlash vazirligi jamoatchilik bilan aloqalar bo'limi xabar berdi.
Yangi kasallanish holatlarining 162 nafari Toshkent shahrida, 9 nafari Namangan viloyatida hamda 2 nafari Farg'ona viloyatida tana harorati ko'tarilganligi bois profilaktika maqsadida hamda koronavirusga chalingan bemorlar bilan muloqotda bo'lganligi sababli namuna olingan fuqarolar orasida aniqlangan.
Shu bilan birga, Yashnobod tumanida yashagan 60 yoshli D.P. (ayol) hamda Uchtepa tumanida yashagan 52 yoshli A.E. (erkak), jami 2 nafar koronavirusga chalingan bemor vafot etdi.
Ayni paytda yurtimizda 31 580 nafar koronavirus infektsiyasiga chalingan fuqarolar (87 foiz) sog'aygan.
Hozirda mamlakatimizda 4 280 nafar bemorga shifokorlarimiz tomonidan belgilangan standartlar bo'yicha davo choralari ko'rilmoqda. Ulardan 593 nafari og'ir, 178 nafari esa o'ta og'ir ahvolda.
BAXT VA TOTUVLIK OSHYONI
– Turmush o‘rtog‘im bilan bir mahallada ulg‘ayganmiz, bir maktabda tahsil olganmiz, – deydi Mushtariybegim. – Keyin Namangan davlat universiteti qoshidagi akademik litseyni ham birin-ketin bitirdik. IIV Akademiyasiga o‘qishga kirganimda, Isomiddin aka 3-kursda o‘qirdi. Ochig‘i, uydan olisda bo‘lganingda, mahalladoshing, maktabdoshing ko‘zingga boshqacha ko‘rinib ketarkan. Oldinlari uncha gaplashmagan bo‘lsak-da, o‘qish payti hol-ahvol so‘rab, xabardor bo‘lib turar
“ҚУРАМА”ДА САЙЁР ҚАБУЛ
Миришкор тумани ИИБ бошлиғи, подполковник Ғайрат Ҳайдаров “Қурама” маҳалласида сайёр қабул ўтказди. Унда маҳалла фуқаролари томонидан турли масалаларга доир мурожаатлар тингланди. Шундан 5 та мурожаат жойида ҳал этилган бўлса, муддат талаб қилувчи мурожаатлар ижроси н
NAVBAHORDA TARG‘IBOT TADBIRLARI
Navbahor tumanida “Huquqbuzarliklar profilaktikasi kuni” munosabati bilan targ‘ibot tadbirlari tashkil etildi.Mutassaddilar tumanning “Mehnat” mahallasida issiqxona tashkil etilgan xonadonlarda bo‘lishdi. Jumladan, Navoiy viloyati IIB JXX HPB boshlig‘i, podpolkovnik F. Usmonov aholining tomorqa yerlaridan samarali foydalanish, bahorgi mavsumda daraxt ko‘chatlari va ozuqabop ekinlarni ekish, issiqxona xo‘jaligini tashkil etish bo‘yicha shart-sharoitlari bilan tanishd
Toshkent suv diplomatiyasi boʻyicha xalqaro ilmiy-amaliy konferensiyaga mezbonlik qiladi
Joriy yilning 10-aprel kuni Toshkentda 'Markaziy Osiyoda suv diplomatiyasi: barqaror rivojlanish yoʻlida ishonch, muloqot va koʻp tomonlama hamkorlik' mavzusida xalqaro ilmiy-amaliy konferensiya boʻlib oʻtadi, deb xabar bermoqda 'Dunyo' axborot agentligi.Maʼlum qilinishicha, ushbu tadbir Oʻzbekiston Prezidenti huzuridagi Strategik va mintaqalararo tadqiqotlar instituti, Oʻzbekiston Suv xoʻjaligi vazirligi va 'TIQXMMI' Milliy tadqiqot universiteti hamda 'Fridrix Ebert' nomidagi jamgʻarma