Maʻnaviyat va maʻrifat darsi: Millatlararo totuvlik va diniy bag'rikenglik – hamjihatlik asosi

Maʻnaviyat va maʻrifat darsi
Tarixdan maʻlumki, xalqimiz asrlar davomida turli xalqlar bilan o'zaro savdo, iqtisodiy va madaniy aloqalar olib borgan. Bunday munosabatlar o'z-o'zidan aholining turmush tarzi, madaniyati, adabiyotiga ijobiy taʻsir ko'rsatgan. Xususan, Amir Temur va temuriylar hukmronligi davrida o'lkamizda diplomatik munosabatlar yuksak darajada rivojlangan. Sohibqiron bobomizning Frantsiya, Angliya, Ispaniya, Vizantiya, Misr, Xitoy, Hindiston, Usmoniylar imperiyasi kabi ko'plab davlatlarning hukmdorlari bilan olib borgan diplomatik aloqalari va yozishmalari buni yaqqol tasdiqlaydi. Amir Temur saroyiga dunyoning turli mamlakatlaridan, jumladan, Evropa davlatlaridan o'nlab elchilar kelgan. O'sha davr manbalarida salkam o'n yil ichida Amir Temur nomidan Xitoyga 9 marta elchi yuborilgani qayd etiladi.
Yaqin o'tmishga nazar solsak, xalqimizning mehmondo'stlik, bag'rikenglik fazilatlari yanada yaqqolroq namoyon bo'ladi. O'z yurtidan majburan ko'chirilgan, badarg'a qilingan necha elat va millat vakillariga xalqimiz bag'rini ochganiga, mehr ko'rsatganiga, eng og'ir damda ularga yordam qo'lini cho'zib, bir burda nonini baham ko'rganiga guvoh bo'lamiz. Koreyslar, nemislar, turklar, polyaklar, greklar, qrimtatarlar bu bag'rikeng zaminda o'zining ikkinchi vatanini topgani ayni haqiqatdir.
Mamlakatimizda O'zbekiston fuqarolarining teng huquqliligi davlat tomonidan kafolatlangan. «O'zbekiston xalqi» tushunchasi yurtimizda yashab, yagona maqsad yo'lida mehnat qilayotgan turli millat va elat vakillari o'rtasida o'zaro hurmat, do'stlik va hamjihatlik tuyg'ularini mustahkamlashning huquqiy-maʻnaviy asosi bo'lib xizmat qilmoqda.
Yurtimizda yashab kelayotgan barcha millat va elatlar ravnaqi uchun teng sharoit va imkoniyatlar yaratish, millatlararo munosabatlarni uyg'unlashtirish istiqlol yillarida davlatimiz milliy siyosatining eng muhim va ustuvor yo'nalishlaridan biriga aylandi. Ayniqsa, O'zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Millatlararo munosabatlar va xorijiy mamlakatlar bilan do'stlik aloqalari qo'mitasi tashkil etilgach, mamlakatimizda millatlararo do'stlik va birdamlik munosabatlarini mustahkamlash, barcha millatlarning rivojlanishi, o'z qadriyatlarini saqlab qolishi uchun teng sharoitlar yaratib berish, milliy madaniy markazlar faoliyatini kuchaytirish kabi dolzarb vazifalarni amalga oshirish borasidagi xayrli ishlar butunlay yangi bosqichga ko'tarildi.
Amalga oshirilayotgan ezgu saʻy-harakatlar natijasida bugun yurtimizda 130 dan ortiq millat va elat, 16 ta diniy konfessiya vakillari hamjihatlikda, bir oila farzandidek yashab, mamlakat taraqqiyotiga munosib hissa qo'shib kelmoqda. Qolaversa, respublikamizda taʻlim 7 tilda – o'zbek, qoraqalpoq, rus, tojik, qozoq, qirg'iz va turkman tillarida olib boriladi. Shuningdek, yurtimizda 143 ta milliy madaniy markaz faoliyat yuritadi. Aksariyat madaniy markazlarda «Yakshanba maktablari» tashkil etilgan. Ularda yoshlarga ona tili va davlat tili, urf-odat va anʻanalar, madaniyat va sanʻat yo'nalishlarida bilim berib boriladi.
Quvonarlisi, respublikamizdagi barcha milliy madaniy markazlar davlat miqyosidagi umumxalq bayramlari, tadbirlarida faol ishtirok etib keladi. Mustaqillik bayramiga bag'ishlab o'tkaziladigan «O'zbekiston — umumiy uyimiz», «Vatan bitta, Vatan yagona», «Bizning kuchimiz — birlik va hamjihatlikda» kabi festivallar millatlararo do'stlik rishtalarining yanada mustahkamlanishiga xizmat qilmoqda.
Shu o'rinda taʻkidlash lozimki, so'nggi uch yilda O'zbekistonning ichki va tashqi siyosatida juda katta o'zgarishlar ko'zga tashlanmoqda. Buni jahon hamjamiyati vakillari, xalqaro ekspertlar, turli davlatlarning siyosiy arboblari ham yuksak eʻtirof bilan tilga olmoqda. O'zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyevning siyosiy irodasi bilan Markaziy Osiyo mintaqasidagi qo'shni mamlakatlar bilan do'stona aloqalar qayta tiklangani, azaliy rishtalar yangicha mazmunda davom ettirilayotgani xalqimizning xohish-istaklari va orzularini o'zida ifoda etmoqda. Shu bilan birga, Yurtboshimiz uzoq va yaqin xorijiy mamlakatlar qatori qardosh turkiy tilli davlatlar bilan hamkorlik aloqalarini yangi bosqichga ko'tarish borasida ham keng qamrovli ishlarni amalga oshirmoqda.
Bugun sayyoramizda yashayotgan turkiy xalqlarning umumiy soni 250 million kishidan oshadi. Ularning asosiy qismi oltita mustaqil respublika – O'zbekiston, Turkiya, Ozarbayjon, Qozog'iston, Qirg'iziston va Turkmanistonda istiqomat qiladi. Eʻtiborlisi, bugungi kunda mazkur davlatlar o'rtasidagi hamkorlik aloqalari yanada kuchayib bormoqda.
O'zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyev 2019 yil 14–15 oktyabr kunlari Boku shahrida bo'lib o'tgan Turkiy tilli davlatlar hamkorlik kengashining yettinchi sammitidagi nutqida xalqlarimizni o'xshash til, mushtarak maʻnaviy qadriyatlar va hamkorlik rishtalari bir-biriga bog'lab kelayotganini, hozirgi paytda kengashning siyosiy kun tartibida hyech bir muammo yoki kelishmovchilik mavjud emasligini, iqtisodiyot, investitsiya, innovatsiya, transport, kommunikatsiya, turizm, ilm-fan hamda taʻlim kabi sohalarda o'zaro hamkorlik faol rivojlanayotganini taʻkidlab o'tdi.
Maʻlumki, xalqlarning etnoxususiyatlarini eʻtiborga olmaslik, ularga hurmatsiz munosabatda bo'lish, millatlarning urf-odat va anʻanalari, qadriyatlarining kamsitilishi bugun dunyoda sodir bo'layotgan ko'plab nizolarning asosiy sababidir.
Shu bois hozirgi kunda dunyoning ko'plab mamlakatlarida etnologiya va antropologiya bo'yicha malakali mutaxassislar tayyorlanadi. Biroq yaqin vaqtgacha mamlakatimizda ayni yo'nalishda kadrlar tayyorlash tizimi mavjud emas edi. Quvonarlisi, bu yil O'zbekiston Milliy universitetining tarix fakultetida etnologiya va ijtimoiy antropologiya bo'yicha yangi yo'nalish tashkil qilindi. Hozirda mazkur fakultetda 28 nafar yosh kadr soha sirasrorlarini chuqur o'rganmoqda. Taʻkidlash kerakki, ushbu yo'nalishdagi talabalar mamlakatimiz va mintaqamizda yashayotgan turli millatlar, elatlar, urug'larning o'ziga xosliklari, hududlarning etnik qiyofasi bo'yicha bilim olishadi. Millatlararo munosabatlar sohasidagi ustuvor yo'nalishlarni anglash orqali hozirgi holat, ularning sabablari, ildizlarini o'rganib, monitoring qilib, bu boradagi muammolarni bartaraf etish bo'yicha yetuk mutaxassis bo'lib yetishadi.
Shuningdek, Yurtboshimiz tashabbusi bilan ilgari surilgan Harakatlar strategiyasining «Xavfsizlik, millatlararo totuvlik va diniy bag'rikenglikni taʻminlash, chuqur o'ylangan, o'zaro manfaatli va amaliy ruhdagi tashqi siyosat yuritish» deb nomlangan beshinchi yo'nalishida belgilangan vazifalar ijrosini taʻminlash maqsadida o'tgan yili bir qancha tadqiqotchilarning millatlararo munosabatlar sohasida olib borgan ilmiy izlanishlari qo'llab-quvvatlanib, ularni kitob holida nashr etishga yaqindan ko'mak berildi. Bundan tashqari, respublika oliy o'quv yurtlari bilan hamkorlikda «Inson, millat, til: taraqqiyot masalalari» mavzusida ilmiy-nazariy konferentsiyalar o'tkazildi.
Prezidentimiz Oliy Majlisga yo'llagan Murojaatnomasida jamiyatimizda millatlararo totuvlik, diniy bag'rikenglik muhitini mustahkamlash borasidagi ishlar izchil davom ettirilishiga alohida to'xtalib, joriy yil 30 iyul – Xalqaro do'stlik kuni munosabati bilan yurtimizda birinchi marta «Do'stlik haftaligi»ni va «Do'stlik» xalqaro forum-festivalini o'tkazishni taklif etgan edi. Aytish lozimki, davlatimiz rahbarining ushbu taklifini shu aziz tuproqni Vatan tutgan 130 dan ortiq millat va elat vakillari katta xursandchilik bilan qarshi oldi.
Hozirgi kunda yurtimizda davom etayotgan koronavirus pandemiyasi sababli mazkur tadbirni kelgusida yuksak saviyada o'tkazish rejalashtirilgan. Haftalik doirasida o'tkaziladigan qiziqarli ko'rgazmalar, muloqotlar, ijodiy festivallar, kontsertlar, forumlar, anjumanlar mamlakatimizda millat va elatlar o'rtasidagi o'zaro do'stlik, hurmat, ishonch, mehr va saxovat tuyg'ularini yanada mustahkamlash, millatlararo totuvlikni taʻminlashga xizmat qilishi bilan muhim ahamiyat kasb etishi shubhasizdir.
G'ayratulla ShUKUROV,
O'zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi
huzuridagi Millatlararo munosabatlar va
xorijiy mamlakatlar bilan do'stlik aloqalari qo'mitasi matbuot kotibi.
«YASHIL» IQTISODIYOT – TARAQQIYOT KAFOLATI
Ma’naviyat va ma’rifat darsiButun dunyo davlatlari qatori, mamlakatimizning ham «yashil» iqtisodiyotga o‘tishi masalasi eng muhim hayotiy zaruriyat bo‘lib turibdi. Ko‘pchilik vatandoshlar «yashil» iqtisodiyotni energetika sohasini isloh qilishdan iborat deb hisoblashadi. Vaholanki, uning ichiga toza ichimlik suvi muammolari, oziq-ovqat xavfsizligi, qishloq xo‘jaligidagi innovatsiyalar, ekologik barqaror shaharlar, chiqindilarni oqilona boshqarish, o‘rmon hududlarini kengaytiris
"Bobur – umumarmiya yoshlari nigohida"
O‘zbekiston kasaba uyushmalari harakatining 120 yillik yubileyi arafasida Zahiriddin Muhammad Bobur tavalludining 542 yilligi munosabati bilan O‘zbekiston kasaba uyushmalari Federatsiyasining Namangan viloyati kengashi tashabbusi bilan, Yoshlar ittifoqi viloyat kengashi hamda Viloyat Ichki ishlar boshqarmasi hamkorligida yosh ichki ishlar xodimlari va IIV Namangan akademik litseyi o‘quvchilarining ma'naviy-ma'rifiy bilim va salohiyatini oshirish maqsadida "Bobur – umumarmiya yoshlari nig
“Yuragim ham daraxtzor kabi, nimanidir olqishlamoqda...”
21-mart ' Oʻzbekiston qahramoni, Oʻzbekiston xalq shoiri Abdulla Oripov tavallud topgan kun* * *Koʻpdan kutgan edim orziqib, mana,Bulutlar tarqaldi toʻkishib koʻz yosh.Xayolim osmonday yorishdi yana,Yorugʻ kunlarimday porladi quyosh.Shoshqin daryolarning zangordir labi,Shamollar oʻynaydi yiroq-yiroqda.Yurgil, sayr etaylik, yurgil, malagim,Dunyo tashvishlari qolsin uzoqda.Koʻryapsanmi, qanday yasharmish olam,Beparvo goʻdakday jilmayadi jim.Goʻdagim, bu chiroy qaytmaydi hecham,Qaytmagani
«ЖАСЫЛ» ЭКОНОМИКА –РАӮАЖЛАНЫӮ КЕПИЛИ
Руӯхый-ағартыӯшылық сабағыПүткил дүнья мәмлекетлери қатары, мәмлекетимиздиң де «жасыл» экономикаға өтиӯ мәселеси ең әҳмийетли турмыслық зәрүрлик болып тур. Көпшилик ӯатанласларымыз «жасыл» экономика дегенде тек ғана энергетика тараӯын реформалаӯдан ибарат деп есапла