calendar 11 Aug 12:30
eye 49
comments 0
comments Manba: qalampir

Toshkentda 2 kishi koronavirusdan vafot etdi

image
image

Bugun, 11 avgust soat 17:00 holatiga ko'ra, O'zbekistonda koronavirus infektsiyasi qayd etilganlar soni 202 nafarga oshib, 31 747 nafarni tashkil etmoqda. Bu haqda Sog'liqni saqlash vazirligi xabar berdi.

Yangi kasallanish holatlarining: 
•  136 nafari Toshkent shahrida;
•  46 nafari Toshkent viloyatida;
•  13 nafari Andijon viloyatida; 
•  7 nafari Buxoro viloyatida tana harorati ko'tarilganligi uchun profilaktika maqsadida hamda koronavirusga chalingan bemorlar bilan muloqotda bo'lganligi sababli namuna olingan fuqarolar orasida aniqlangan.

Vazirlik xabariga ko'ra,  Mirzo Ulug'bek tumanida yashagan 63 yoshli Sh.Y. (ayol) hamda Shayxontohur tumanida yashagan 57 yoshli X.Q. (erkak), jami 2 nafar koronavirusga chalingan bemor vafot etdi.

Eʻtiborli jihati, bugun ayni paytga qadar Toshkent shahrida 526 nafar, Toshkent viloyatida 136 nafar, Andijon viloyatida 17 nafar, Namangan, Buxoro va Qashqadaryo viloyatlarida 10 nafardan, Farg'ona viloyatida 3 nafar, jami 712 nafar bemor tuzaldi. Shunday qilib, O'zbkeistonda 23 704 (+712) nafar koronavirus infektsiyasiga chalingan fuqarolar (74 foiz) sog'aygan.

Hozirda Respublika 7 839 nafar bemorga shifokorlar tomonidan belgilangan standartlar bo'yicha davo choralari ko'rilmoqda.

Ahrorbek Hayrullayev


Doʻstlaringiz bilan ulashing

16 Apr 09:11
 
26
0
xs.uz

Orolbo‘yi hududini obodonlashtirish maqsadida 3 ming tupdan ortiq daraxt ko‘chatlari ajratildi

Mazkur tashabbus Qoraqalpog'iston Respublikasining Amudaryo viloyatida o'rmon va bog' ko'chatlarini kengaytirish, Orolbo'yi hududining ekologik barqarorligini mustahkamlash va iqlim o'zgarishining salbiy oqibatlarini kamaytirishga qaratilgan.Ta'kidlash joizki, jadallashtirilgan sanoatlashtirish, urbanizatsiya va iqlim o'zgarishi sharoitida aholi punktlarini ko'kalamzorlashtirish va yashil hududlar ulushini oshirish bo'yicha tizimli chora-tadbirlarni amalga oshirish zarur. Tabiiy resurslarni barq

16 Apr 09:11
 
25
0
xs.uz

“Tamaddunlar kesishgan makon” nomli yangi hujjatli filmni suratga olish rejalashtirilmoqda

Islom sivilizatsiyasi markazi ekspozitsiyasini boyitish, unda turli hududlar tarixi, madaniyati va sivilizatsiyaviy merosini kengroq yoritish maqsadida 'Tamaddunlar kesishgan makon' nomli hujjatli filmni tayyorlash ko'zda tutilmoqda.Markaz axborot xizmati xabariga ko'ra, ushbu loyiha doirasida Xorazm vohasi tarixi, boy madaniyati va bu hududda shakllangan sivilizatsiyaviy jarayonlar chuqur o'rganiladi. Tadqiqotlar asosida hujjatli film ssenariysi yozilib, unda qadimiy Xorazmning islomiy ilm-fan,

22 Mar 08:54
 
58
0
xs.uz

html5-dom-document-internal-entity1-quot-endYangi O‘zbekistonhtml5-dom-document-internal-entity1-quot-end bog‘ida Navro‘z umumxalq bayramidan fotoreportaj

Prezident Shavkat Mirziyoyev ishtirokida 'Yangi O'zbekiston' bog'ida Navro'z umumxalq bayrami shodiyonasi bo'lib o'tdi. Unda davlatimiz rahbari nutq so'zlab, xalqimizni ayyom bilan tabrikladi.Tadbirni yoritishda ishtirok etgan 'Xalq so'zi' muxbiri fotoreportaj tayyorladi.Foto: Xasan Paydoyev / 'Xalq so'zi'

18 Apr 11:07
 
27
0
xs.uz

Toshkentda qimmatbaho elektromobil yonib ketdi

Toshkent shahar Mirzo Ulugʻbek tumanida elektromobil yonib ketdi. Bu haqda poytaxt Favqulodda vaziyatlar boshqarmasi'xabar berdi.Qayd etilishicha, hodisa kecha, 17-aprel kuni soat 23:51 da Mirzo Ulugʻbek tumani Yalangʻoch mavzesida yuz bergan. Elektromobil yonayotgani toʻgʻrisida shahar FVBga kelib tushgan xabarga koʻra, yongʻin-qutqaruv texnikalari aytilgan manzilga soat 23:56 da yetib borib, yongʻinni soat 23:59 da toʻliq oʻchirgan.Taʼkidlanishicha, yongʻin oqibatida halok boʻlgan