calendar 07 Aug 15:30
eye 66
comments 0
comments Manba: sputniknews-uz

O'zbekistonda koronavirus: 7 avgust asosiy xabarlari

image
Jamiyat
Havola olish
COVID-19 umumjahon pandemiyasi (1064)
26 0 0

Bir sutka davomida 522 kishida koronavirus aniqlandi, O'zbekistonda koronavirus infektsiyasi qayd etilganlar soni 29 057 nafarni tashkil qilmoqda.

TOShKENT, 7 avg — Sputnik. Sputnik O'zbekiston respublikadagi epidemiologik vaziyat to'g'risida asosiy xabarlarni to'pladi.

Bir sutka davomida 522 kishida koronavirus aniqlandi, O'zbekistonda koronavirus infektsiyasi qayd etilganlar soni 29 057 nafarni tashkil qilmoqda.

Yangi kasallanish holatlarining 197 nafari Toshkent shahrida, 23 nafari Toshkent viloyatida, 15 nafari Xorazm viloyatida hamda 13 nafari Andijon viloyatida koronavirusga chalingan bemorlar bilan muloqotda bo'lganligi sababli namuna olingan fuqarolar orasida aniqlangan.

Davolanish ko'rsatkichi

Bugunning o'zida 472 nafar bemor tuzalib, o'z uylariga kuzatildi. Respublika bo'ylab jami sog'ayganlar soni 20 059 nafarga yetdi.

Ayni paytda 8 817 nafar bemorga belgilangan standartlar bo'yicha davo choralari ko'rilmoqda. Ulardan 728 nafari og'ir, 217 nafari esa o'ta og'ir ahvolda.

O'lim holatlari

Kun davomida koronavirusga chalingan 4 nafar bemor – Toshkent shahar  Olmazor tumanida yashagan 39 yoshli B.S. (erkak) hamda Uchtepa tumanida yashagan 68 yoshli L.K. (ayol), Mirzo Ulug'bek tumanida yashagan 71 yoshli N.I. (ayol), Qibray tumanida yashagan 69 yoshli S.B. (erkak) vafot etdi.

O'zbekistonda jami 181 kishi pandemiya qurboni bo'ldi.

Fuqarolarni olib kelish

Rossiya-Qozog'iston chegarasida to'plangan 1850 nafar fuqaro qaytariladi.

6 avgust kuni Orenburg viloyatining "Buzuluk" stantsiyasidan 920 nafar fuqaro birinchi poyezd O'zbekistonga jo'nab ketdi. Ikkinchisi 7-avgust kuni Samara viloyatining "Kinel" stantsiyasidan 930 nafar fuqaro bilan jo'naydi. Rossiya-Qozog'iston chegarasida to'plangan jami 1850 nafar O'zbekiston fuqarolari qaytariladi.

7 avgust holatiga ko'ra Orenburg va Samara viloyatlarida Rossiya-Qozog'iston davlatlararo chegarasi yaqinida O'zbekiston fuqarolarining to'planishi kuzatilmayapti.

Keniyaga sayohat

Keniya hukumati 5 avgustdan boshlab o'zbekistonlik turistlarga o'z hududiga majburiy karantinsiz kirishga ruxsat berdi. Nayrobi aeroporti saytida karantin bekor qilinayotgan 126ta davlatdan iborat ro'yxat eʻlon qilingan. O'zbekiston ro'yxatda 124 o'rinda joylashgan.

Keniyaga boradigan turistlar koronavirus yo'qligi qayd etilgan ingliz tilidagi maʻlumotnomaga ega bo'lishlari lozim. Bunday maʻlumotnoma parvozdan 96 soat oldin olinishi lozim.

Test sinovlari

OTMlarga kirish imtihonlari 2 sentyabrdan boshlab, 2 hafta davomida o'tkaziladi. Test sinovlari ochiq stadionlarda, kuniga 2 smenada tashkil etiladi. Natijalarni eʻlon qilishda o'zgarish bo'lmaydi. Xuddi har yilgidek test sinovlari o'tkazilgan kunining ertasiga abituriyentning shaxsiy sahifasida eʻlon qilinadi.

Test sinovlari uchun 155 stadiondan 40 ga yaqin stadion jalb etilishi rejalashtirilgan. Stadionning soyalik darajalari va boshqa sharoitlarga eʻtibor qaratilgan. Soyabonlar qo'yilishi malasiga ham eʻtibor qaratiladi. Ota-onalar uchun kutish joylari, shifokorlarga sharoit yaratish kabi tashkiliy masalalar hal qilinmoqda.

Dunyo salomatligi

Dunyo bo'ylab infektsiyani yuqtirib olgan kishilarning soni 19,1 milliondan oshdi, 715 ming kishi vafot etdi, 11,6 kishi tuzaldi. Eng ko'p holatlar AQShda (4,9 mln), Braziliyada (2,9 mln), Hindistonda (2,0 mln).

 

Mavzu:
COVID-19 umumjahon pandemiyasi (1064)

Asosiy mavzular


Doʻstlaringiz bilan ulashing

31 May 08:49
 
41
0
xs.uz

Shavkat Mirziyoyev amaliy tashrif bilan Qozog‘istonga bordi

O'zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyev amaliy tashrif bilan Qozog'istonga keldi.Ostona xalqaro aeroportida davlatimiz rahbarini Qozog'iston Bosh vaziri Oljas Bektenov va boshqa rasmiy shaxslar kutib oldi.Bugun O'zbekiston yetakchisi 'Markaziy Osiyo - Italiya' sammiti tadbirlarida ishtirok etadi.

17 May 21:46
 
80
0
xs.uz

Toshkentda noqonuniy elektron tamaki mahsulotlarini ishlab chiqarish va sotish bilan shugʻullangan shaxslarning faoliyati fosh etildi

Bosh prokuratura huzuridagi Departamentning Toshkent shahardagi boshqarmasi tomonidan oʻtkazilgan tezkor tadbirda 'B.S.' MCHJga qarashli savdo shoxobchalarida hech qanday ruxsatnomalarsiz turli nomdagi tamaki va elektron tamaki mahsulotlari savdoga qoʻyilgani aniqlangan.Ushbu nuqtalardan umumiy qiymati qariyb 12 milliard soʻmlik mahsulotlar, jumladan, 56 mingdan ortiq elektron tamaki, 25 mingdan ziyod suyuqliklar, 10 mingdan ortiq tamaki chekish uskunalari va minglab kalyan vositalari daliliy

31 May 08:49
 
43
0
xs.uz

Sogʻliqni saqlash tizimini tashkil etishning yangi modeli joriy etiladi

Shavkat Mirziyoyev 'Respublikada sogʻliqni saqlash tizimini va aholiga tibbiy xizmat koʻrsatish tamoyillarini takomillashtirish orqali sohani isloh qilishni izchil davom ettirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida'gi farmonni imzoladi. Bu haqda 'Huquqiy axborot' xabar berdi.Farmonga koʻra, aholiga tibbiy xizmat koʻrsatishning zamonaviy, samarali va xalqchil tizimini joriy etish maqsadida sogʻliqni saqlash sohasini tubdan takomillashtirish koʻzda tutilgan. Farmonda belgilangan asosiy maqsadlard

31 May 08:49
 
44
0
xs.uz

Bolalarga koʻrsatilayotgan tibbiy yordam sifatini yaxshilash boʻyicha koʻrilayotgan choralar yuzasidan parlament soʻrovi yuboriladi

Yalpi majlisda bolalarga koʻrsatilayotgan tibbiy yordam sifatini yaxshilash boʻyicha koʻrilayotgan choralar yuzasidan Sogʻliqni saqlash vazirligiga parlament soʻrovi yuborish masalasi koʻrib chiqildi.Qayd etish joizki, soʻnggi yillarda mamlakatimizda bolalarga koʻrsatilayotgan tibbiy yordam sifatini yaxshilash, bu borada ilgʻor xorijiy tajribadan hamda zamonaviy diagnostika va davolash texnologiyalaridan foydalanish, shuningdek, hududiy tibbiyot muassasalari imkoniyatlarini yanada kenga