Prezident Xalq qabulxonalari deputatlar bilan hamkorlikni yo'lga qo'ydi

Bu tizimga muvofiq, O'zbekiston Respublikasi Prezidentining Virtual qabulxonasi va Xalq qabulxonalariga kelib tushgan murojaatlar asosida deputatlar o'zlari saylangan okrugdagi mavjud muammolar haqida maʻlumotlarga ega bo'lib borishmoqda.
Xususan, aholi muammolarini o'rganish, yoshlar bandligini taʻminlash, kam taʻminlangan ijtimoiy himoyaga muhtoj aholi qatlamlariga yordam ko'rsatish, tegishli tashkilotlar tomonidan murojaatlarning ko'rib chiqilishi hamda ular yuzasidan qabul qilingan qarorlar ijrosini joyiga chiqqan holda o'rganish jarayonlarida deputatlar ishtirokini taʻminlash yaxshi natija bermoqda.
Bu ishlarni amalga oshirish uchun barcha deputatlar va Xalq qabulxonasi xodimlaridan iborat internet guruhi tashkil qilindi. Mazkur guruh orqali deputatlar har bir murojaatdan elektron tarzda xabardor qilinyaptilar. Xabarda murojaatchi, uning yashash manzili va telefon raqami, ariza mazmuni hamda ijrochi tashkilot to'g'risida maʻlumotlar bor. Mazkur xabar bo'yicha tushgan dalillar asosida deputatlar ijrochi tashkilot bilan hamkorlikda o'z vakolatlari doirasida murojaatni hal qilish, o'rganish jarayonlarida ishtirok etishyapti.
Misol uchun, Vobkent tumanida yashovchi fuqaro H.Fatullayevning uy-joyini taʻmirlashda amaliy yordam so'ram Prezident Xalq qabulxonasi qilgan murojaati tuman Xalq qabulxonasi mudiri M. Mustafoyev, Xalq deputatlari tumani kengashi deputatlari O'.Boboqulov hamda M.Halimovlar hamkorligida o'rganilib, H.Fatullayevga qurilish materiallari olib berilib, hashar yo'li bilan uy-joylarini taʻmirlab berish choralari ko'rildi. Hovli – joyi saranjom qilinib, tomorqa yerlariga ekin ekilishi tashkillashtirildi. Murojaatchiga tomarqa yeridan maqsadli foydalanish, yer daromad manbai uni har bir qarichidan unumli foydalanish zarurligi to'g'risida tushuncha va zaruriy maslaxatlar berildi.
Bunday misollarni ko'plab keltirish mumkin. Umuman, Xalq qabulxonalariga kelib tushgan 6 mingga yaqin murojaatning 70 foizi Xalq deputatlari viloyat, tuman va shahar Kengashlari deputatlari, sektor rahbarlari hamda tegishli tashkilotlar bilan hamkorlikda qanoatlantirildi.
Yana bir yaxshi tajriba xususida.Xalq deputatlari viloyat, tuman va shahar Kengashlari sessiyasida har bir deputatga o'n nafardan ishsiz yoshlar biriktirilib, yil davomida ularni ishga joylashtirish topshirildi. Shu tariqa deputatlar yoshlarni otaliqqa olib, ularga yo'l-yo'riq ko'rsatmoqdalar,ishsizlarning doimiy daromad manbaiga ega bo'lishlarida ko'maklashmoqdalar.
Bugungi sinovli kunlarda deputatlar xayr-saxovat ishlari bilan ham shug'ullanmoqda.Shu bilan birga ishsiz qolgan aholini o'ylab, qo'shimcha ish o'rinlari yaratmoqda. Xalq deputatlari Buxoro shahar Kengashi deputati, «Shohrud» hissadorlik jamiyati rahbari Nodir Hamdamov ana shunday insonlardan biri. U yana bir ezgu ishga qo'l urdi. «Saxovatlimiz, ish o'rni yaratamiz!» aktsiyasi doirasida ish o'rnini yo'qotgan 25 nafar kishining bandligini taʻminladi.
U bunga ayni sinovli kunlarda antiseptik vositalar ishlab chiqarishni yo'lga qo'yish orqali erishdi. Deputat yaqin kelajakda kamida 50 nafar kishini doimiy ish bilan taʻminlash niyatida.
Oliy Majlis Senati aʻzosi, «Parvoz Xumo Ravnaq Trans» masʻuliyati cheklangan jamiyat rahbari Nurmuxamed Achilov ham mana shunday saxovatpesha tadbirkorlarimizdan. U viloyatimizning chegara hududi bo'lmish Olot tumanida yashovchi ijtimoiy himoyaga muhtoj 1849 ta oilani o'z otalig'iga oldi. Ushbu oilalarning jismoniy mehnatga qobiliyatli bo'lgan vakillarini ish bilan taʻminlanmoqda. Aniqrog'i, «Parvoz Xumo Ravnaq Trans» MChJga qarashli bog'ning qator orasiga sabzavot va poliz ekinlarini ekish orqali ham oziq-ovqat mahsulotlari taqchilligining oldi olinmoqda, ham ijtimoiy himoyaga muhtoj oila vakillari daromad manbaiga ega bo'lishmoqda. Shu oilalarning mehnat qilish imkoniyati cheklangan vakillarini esa oziq-ovqat mahsulotlari bilan taʻminlash masʻuliyatini Nurmuhamed Achilov o'z yelkasiga olgan.
Bir so'z bilan aytganda, Xalq qabulxonasining siyosiy partiyalar hamda deputatlar bilan yaqin hamkorligi, murojaatlarni hal etishdagi yangicha yondashuv odamlar tashvishini yengillatishga, ularning o'z hayotlaridan rozi bo'lib yashashlariga xizmat qilmoqda.
Erkin Qudratov,
O'zbekiston Respublikasi Prezidentining
Buxoro viloyatidagi Xalq qabulxonasi mudiri
Prezident Buloqboshida mahalliy mahsulotlar sifatini koʻzdan kechirdi
Mamlakatimizda xomashyoni qayta ishlab, qo'shilgan qiymat yaratishga alohida ahamiyat qaratilmoqda. Mazkur korxona ham mato to'qish, bo'yash va tayyor trikotaj ishlab chiqarish yo'nalishidagi yirik loyihalardan biri.Bu yerda yiliga 4 million 200 dona, 50 turdagi mahsulotlar tayyorlanadi.''Mingga yaqin fuqaro ish bilan ta'minlangan.''Xodimlar malakasini oshirish ham e'tiborda. Buning uchun dizaynerlik markazi tashkil etilgan.Turkiya, Germaniya va Xitoydan keltirilgan ilg'or uskunalar ish unumdorl
Davlat rahbari sanepidxizmat foliyatidagi kamchiliklarga toʻxtaldi
Taʼkidlanganidek, sut va goʻsht mahsulotlari ishlab chiqaruvchi korxonalar oʻzining mahsulotiga Sanepidqoʻm xulosasini olish tizimidan norozi.Masalan, yiliga 100 million dollarlik bolalar ozuqasi import boʻlmoqda. Lekin zamonaviy uskuna keltirib, zavod qurgan tadbirkor Sanepidqoʻm xulosasi yoʻqligi uchun ishlab chiqarishni boshlay olmayapti. Xulosa berish uchun esa standart yoʻq.Qoʻmita rahbariyati 'bu mahsulotga bizda standart yoʻq', deb kutib oʻtirmasdan, oʻzi tashabbus qilib, tadb
Shavkat Mirziyoyev: Tushumni koʻpaytirish soliq stavkasini oshirish hisobidan boʻlmasligi kerak
Joylarda yer soligʻi va ijara toʻlovlariga oshiruvchi koeffitsiyent belgilayotganda uning biznesga taʼsirini oʻrganish, tadbirkorlarning imkoniyati va moliyaviy ahvolidan kelib chiqib, qaror qabul qilish muhimligini taʼkidladi.'Tushumni koʻpaytirish soliq stavkasini oshirish hisobidan boʻlmasligi kerak. Aksincha, tadbirkorga yordam berib, soliq bazasini kengaytirsak, tushum koʻpayadi, tadbirkorlar ham rozi boʻladi', dedi Prezident.Endilikda tadbirkorlarga ushbu soliqlarni yilda ikkiga b
Andijonda yuk mashinasi yonib ketdi
Andijon viloyatida 'Zil' rusumli yuk transport vositasi yonib chiqdi. Bu haqda viloyat IIB JXX Yoʻl harakati xavfsizligi xizmati'xabar berdi.Qayd etilishicha, hodisa kecha, 19-mart kuni soat 22:00 lar atrofida Asaka tumani 'Navoiy' MFY hududidan oʻtgan A-373 xalqaro ahamiyatga ega avtomobil yoʻlida sodir boʻlgan.1994-yilda tugʻilgan haydovchi U.Sh. oʻzining boshqaruvida boʻlgan 'Zil-130' rusumli yuk transport vositasini 'A-373 Toshkent-Oʻsh yoʻlining Shahrixon' yoʻnalishi boʻylab bosh