calendar 05 Aug 17:42
eye 44
comments 0
comments Manba: ishonch

Yashil maydon atrofidagi koronavirus

image

Bugun dunyoni xavotirga solgan koronavirus pandemiyasining millionlar o'yini hisoblanmish futbolga taʻsir qanday bo'ldi?
Quyida shu haqda so'z yuritamiz.

"BIOLOGIK BOMBA"

Maʻlumki, shu yilning 10-11 mart kunlari Evropa yashil maydonlarida Chempionlar ligasining nimchorak final javob uchrashuvlari o'tkazildi. Tibbiyot mutaxassislarining fikricha, "Atalanta" (Italiya) —"Valensiya" (Ispaniya) hamda "Liverpul" (Angliya)—"Atletiko" (Ispaniya) bahslarida stadionlarning liq to'lishi, muxlislarning turli jamoat transporti vositalarida mazkur shaharlarga ommaviy tarzda o'yinlar tomoshasi uchun kelganri amalda "biologik bomba" vazifasini o'tagan. Yaʻni, aynan shu o'yinlarda ko'plab futbolchi va muxlislar "koronavirus" infektsiyasini yuqtirib olgan.
Albatta, bugun Evropa chempionlar ligasi, "kuchli beshlik" chempionatlari, qo'yingki, aksariyat futbol musobaqalari vaqtincha to'xtatib qo'yilgan bo'lsa-da, Italiya, Ispaniya vaAngliyada koronavirus bilan kasallanishning jadal surʻatda o'sishiga futbol o'yinlari ham o'zi istamagan holda " hissa"sini qo'shgani ayni haqiqat.

QAYSI DAVLATLARDA FUTBOL O'YNALMOQDA?

Evropa qitʻasida birgina Belarus davlatida milliy birinchilik o'yinlari davom etmoqda. O'zbek o'g'loni Jasur Yaxshiboyevning " Energetik BGU" safida BATE darvozasiga ikkita to'p kiritib, jamoasinining 3:1 hisobidagi g'alabasiga katta hissa qo'shdi. Ayni paytda uning jamoasi ikki turdan 6 ochko jamg'arib, peshqadamlar safida.
Shunisi qiziqki, kuchli chempionatlar davom etmayotgani uchun dunyoning o'ndan ortiq davlatida Belarus chempionati o'yinlari olib ko'rsatilmoqda va muxlislar ushbu o'rtamiyona chempionatning o'yinlarini miriqib tomosha qilishayotir.
Bundan tashqari, Afrika qitʻasining Angola davlatida ham futbol o'ynalyapti. Chunki bu yerda chempionat tugashiga 5 ta tur qolgan.
Burundi davlatida ham chempion to'rt turdan so'ng maʻlum bo'ladi.
Myanma Osiyo qitʻasida joylashgan. Yana Xitoyga qo'shni. Biroq shunga qaramay Myanmada o'yinlar liq to'la stadionda davom ettirilmoqda.
Singapurda esa 600 kishining koronavirus bilan kasallangani haqida maʻlumotlar bor. Bu boy davlatda ham chempionat o'yinlari bo'sh stadionlarda o'tkazilyapti. To'g'ri, o'yindan oldin futbolchilar tibbiy ko'rikdan o'tkazilyapti, boshqa chora-tadbirlar ham bor. Ammo bu omillar tavakkal qilishga arzirmikan?
Amerika qitʻasining Nikaragua davlatida ham chempionat bardavom bo'lyapti. Aslida ushbu kichik o'lkada koronavirus bilan kasallanish bundan bir oy muqaddam kuzatilgan bo'lsa-da, mahalliy hokimiyat hali keskin choralar ko'rgani yo'q.

KLUBLAR VA FUTBOLChILAR…

Ispaniyaning "Barselona" klubi Kataloniya aholisi uchun 30 ming dona niqob hadya qildi.
Sal avval "Manchester Siti" jamoasi uy stadioni bo'lmish "Etihad"ni kasalxonaga aylantirish uchun rozi bo'ldi. Kuni kecha Londonning "Tottenxem" klubi ham o'z stadionini Buyuk Britaniya futbol federatsiyasi ixtiyoriga berdi.
"Tottenxem" jamoasining 550 nafar ishchisi taʻtilga chiqarildi. Aprel-may oylari uchun klub xodimlarining maoshlari 20 foizga qisqartirildi.
Soha mutaxassislarining taʻkidlashicha, Evropada futbol o'yinlarining to'xtashi oqibatida klublar teletranslyatsiyalar, chiptalar sotuvi hamda reklamadan tushadigan daromaddan bebahra qolyapti. Bu esa ularga katta miqdorda zarar keltirmoqda. Agar chempionat davom ettirilmasa, bundan birgina "PSJ" futbol klubining 215 million yevro zarar ko'rishi maʻlum bo'ldi.
Shu o'rinda aytib o'tish joizki, mashhur futbolchilar koronavirus pandemiyasi davrida xayr-saxovat tadbirlaridan chetda turishmayapti. Masalan, Zlatan Ibragimovich birinchilardan bo'lib karatindagilarga moddiy ko'mak ko'rsatishga kirishdi. Keyin Ronalduning mehmonxonalari kasalxonaga aylantirilgani haqida xabarlar tarqadi. Garchi mehmonxonalar haqidagi mujdalar mish-mish bo'lib chiqqan bo'lsa-da, jahonning besh karra eng yaxshi futbolchisi har doim bemorlarga, ehtiyojmand odamlarga moddiy yordam berib kelgan va bu ishini davom ettirayotir.
Taniqli murabbiy Joze Mourinio esa shu kunlarda Londonda karantindagi fuqarolarga kuryerlik qilib, oziq-ovqat mahsulotlari yetkazib berish bilan band.
Londonning "Arsenal" klubi bosh murabbiyi Mikel Arteta, Turkiya terma jamoasi ustozi Fotih Terim, "Yuventus" futbolchilari Dibala va Rugani, "Chelsi" futbolchisi Kallum Xadson Odoi koronavirus bilan kasallanib, muxlislarini tashvishga qo'ygan edi. Ayni paytda ular sog'ayishdi va barchani uyda o'tirishga, o'zlari va yaqinlarining sog'ligiga beparvo bo'lmaslikka chaqirmoqda.
Turkiya terma jamoasining sobiq posboni Rushtu Rechber mazkur infektsiyani yuqtirib olgani uchun kasalxonaga yotqizildi. Bundan tashqari, "Valensiya" klubining bir necha futbolchisi ham shifoxonada davolanmoqda. Jamoa aʻzolari esa to'liq karantinga olingan.


BALLI, AZAMATLAR!

Futbolchilar Otabek Shukurov 100 million, Odil Ahmedov 500 million, taniqli futbolchi va murabbiy Mirjalol Qosimov 75 million so'm mablag'ni koranavirusga qarshi kurashish uchun xayriya qilishdi.Bu futbolning ezgulikka xizmat qilayotganidan dalolat.
Dunyo hamjamiyatini biroz tahlikaga solgan koronavirus pandemiyasi insoniyatning birdamligi vositasida tez orada bartaraf etiladi hamda jahon yashil maydonlariga futbol, stadionlarga esa muxlislar yana qaytadi.

Akmal ABDIEV tayyorladi.


Doʻstlaringiz bilan ulashing

20 Mar 12:50
 
61
0
postda.uz

BIZ SEN BILAN FAXRLANAMIZ

Sportga qadam qo‘ygan har bir yosh yigit-qizning bir orzusi bor: u ham bo‘lsa chempion bo‘lish, jahon arenalarida vatanimiz bayrog‘ini yuksaklarga ko‘tarish.Azizbek orzusiga yetishish uchun tinmay harakat qilmoqda. Bugungi kunda Ichki ishlar vazirligining 1-sonli Toshkent akademik litseyning 2-bosqichda tahsil olayotgan Azizbek Bahodirov 2–6-oktabr kunlari Toshkent shahrida sportning muay-tay turi bo‘yicha «O‘zbekiston kubogi» uchun kurashilgan musobaqada 67 kg vazn toifasida f

15 Apr 07:06
 
39
0
xs.uz

Do‘smatov va Bibosinov Xabarovskda yana to‘qnash kelishlari mumkin

-54 kg. vazn toifasidagi holatga e'tibor qarating.Hasanboy Do'smatov ilk davrada tojikistonlik Hasan Salohiddinov bilan bellashadi. Bokschimiz ushbu raqib to'sig'idan o'tsa, unga ukasi Faryozbek Do'smatov raqiblik qilishi kerak. Ushbu juftlik g'olibi esa yarim finalda qozog'istonlik Saken Bibosinov bilan to'qnash kelishi mumkin.

04 Apr 16:20
 
47
0
xs.uz

Murodjon Ahmadaliyevning Naoya Inoue bilan jangi qaysi sanada oʻtkazilishi maʼlum qilindi

Ikkinchi eng yengil vazn toifasida WBA Interim chempioni boʻlib turgan Murodjon Ahmadaliyev vaznning mutlaq chempioni Naoya Inouega qarshi ringga koʻtariladi, deb xabar bermoqda Oʻzbekiston professional boks federatsiyasi rasmiy Telegram kanali.Unga koʻra, ushbu jang tashkil qilinishi uchun 4-may tongida Las-Vegasda boʻlib oʻtadigan boks oqshomida Inoue amerikalik Ramon Kardenasni, Ahmadaliyev esa hozircha nomaʼlum boʻlgan raqibi ustidan gʻalaba qozonishlari talab qilinadi.'Naoya Inoue

20 Mar 12:50
 
52
0
postda.uz

Кучлар яшил майдонда синалди

Жиззах вилояти ИИБ бошлиғи кубоги учун соҳавий хизматлар ҳамда ҳудудий ички ишлар бошқарма ва бўлимлари ходимлари ўртасида мини футбол мусобақаси бўлиб ўтди. Икки кун давом этган ва 19 та жамоа қатнашган баҳсларда биринчи ўринни Жиззах шаҳар ИИБ жамоаси қўлга киритди.