calendar 06 Dec 10:22
eye 95
comments 0
comments Manba: xs

Oliy Majlis Senati hamda BAA Federal milliy kengashi hamkorligi amaliy mazmun bilan boyitiladi

image

Foto: Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlis Senati matbuot xizmati

BMT iqlim oʻzgarishi boʻyicha konferensiyasi doirasidagi parlament sessiyasida ishtirok etish uchun Birlashgan Arab Amirliklarining Dubay shahrida boʻlib turgan Oliy Majlis Senati Raisi Tanzila Norboyeva boshchiligidagi delegatsiya 5-dekabr kuni BAA Federal milliy kengashi Raisi Saqr Gʻobash bilan muzokara oʻtkazdi.

Keyingi yillarda Oʻzbekiston va BAA oʻrtasida koʻp qirrali hamkorlik munosabatlari rivojlanib, yangi bosqichga koʻtarildi. Ikki davlat parlamentlari oʻrtasidagi aloqalar ham izchillik kasb etib bormoqda.

Uchrashuvda ikki davlat hamkorligining keng doirasi, jumladan siyosiy, savdo iqtisodiy, iqlim oʻzgarishi oqibatlarini bartaraf etish sohalarida va ayniqsa, parlamentlararo muloqotni kengaytirish masalalari muhokama qilindi.

Keyingi yillarda mamlakatlarimiz oʻrtasida oʻzaro tovar ayirboshlash 4 barobarga oʻsib, 2023-yil yanvar-sentyabr oylarida oʻzaro savdo 475,7 mln dollarni tashkil etdi. Ushbu koʻrsatkich oʻtgan yilning mos davriga nisbatan 40 foizga oshgan.

Yurtimizda faoliyat yuritayotgan BAA sarmoyalari ishtirokidagi korxonalar soni 5 yilda 2,5 barobarga oshdi. “Yashil” energetika, qishloq xoʻjaligi, transport va logistika, turizm infratuzilmasi kabi yoʻnalishlarni qamrab olgan investitsiya loyihalari portfeli 4 mlrd. dollardan ziyodni tashkil qilmoqda.

Tomonlar mamlakatlarimizda ushbu koʻrsatkichlarni bir necha barobarga oshirish imkoniyati mavjud ekanini, bu borada parlamentlar ham faollik koʻrsatishi lozimligini taʼkidladi.

Parlamentlararo hamkorlik mamlakatlarimiz oʻrtasidagi barcha darajadagi aloqalarni rivojlantirishda muhim mexanizmlardan biri hisoblanadi. Shu maʼnoda Oʻzbekiston va BAA parlamentlari oʻrtasidagi munosabatlar izchilligini taʼminlash, xususan, qonun ijodkorligi va parlament nazorati yoʻnalishlarida hamkorlikni yoʻlga qoʻyish yuzasidan fikr almashildi.

Oliy darajada erishilgan kelishuvlar asosida qabul qilingan “yoʻl xaritalari”da belgilangan vazifalar ijrosi ustidan tizimli parlament nazoratini oʻrnatish, “xalq diplomatiyasi”ning muhim jihati hisoblangan “doʻstlik guruhlari” faoliyatini jonlantirish lozimligi qayd etildi.

BMT, Parlamentlararo ittifoq, Islom Hamkorlik Tashkiloti va boshqa koʻp tomonlama tuzilmalar doirasida hamkorlikni davom ettirishga kelishib olindi.

Oliy Majlis Senati Raisi BAA Federal milliy kengashi Raisiga 2024-yilda Oʻzbekistonga tashrif buyurishni taklif qildi.


Doʻstlaringiz bilan ulashing

16 Apr 09:11
 
22
0
xs.uz

“Tamaddunlar kesishgan makon” nomli yangi hujjatli filmni suratga olish rejalashtirilmoqda

Islom sivilizatsiyasi markazi ekspozitsiyasini boyitish, unda turli hududlar tarixi, madaniyati va sivilizatsiyaviy merosini kengroq yoritish maqsadida 'Tamaddunlar kesishgan makon' nomli hujjatli filmni tayyorlash ko'zda tutilmoqda.Markaz axborot xizmati xabariga ko'ra, ushbu loyiha doirasida Xorazm vohasi tarixi, boy madaniyati va bu hududda shakllangan sivilizatsiyaviy jarayonlar chuqur o'rganiladi. Tadqiqotlar asosida hujjatli film ssenariysi yozilib, unda qadimiy Xorazmning islomiy ilm-fan,

15 Apr 07:06
 
34
0
xs.uz

Shavkat Mirziyoyev turizm va bunyodkorlik loyihalari taqdimoti bilan tanishdi

Prezident Shavkat Mirziyoyev 14-aprel kuni turizm va bunyodkorlik loyihalari taqdimoti bilan tanishdi.Shu yil 9-aprelda bo'lib o'tgan videoselektor yig'ilishida davlatimiz rahbari yurtimizning boy tarixi va madaniyati, ajoyib tabiatidan foydalanib, sayyohlarni hozirgidan 2-3 karra ko'paytirish mumkinligini ta'kidlagan edi.Shunday xushmanzara joylardan biri ' Bo'stonliqdagi 'Chorvoq darvozasi' majmuasi. Prezidentimiz o'tgani yili dekabrda uning qurilishini borib ko'rgan edi, yaqinda loyihaning bi

16 Apr 09:12
 
40
0
xs.uz

Andijon viloyati iqtisodiyotini rivojlantirish rejalari taqdimot qilindi

Prezident Shavkat Mirziyoyev Andijon viloyatida 2025-yilda erishilishi rejalashtirilgan asosiy maqsadlarga oid taqdimot bilan tanishdi.Joriy yilning birinchi choragida investitsiya loyihalari samarasida hamda tijorat banklari ishtirokida 77 ming nafar fuqaro ish bilan ta'minlangan.Umuman, 2025-yilda 5 milliard 700 million''dollarlik 166 ta investitsiya loyihasi amalga oshiriladi. Bu orqali 31 mingta ish o'rni ochiladi. 31 turdagi yangi mahsulot olish yo'lga qo'yilib, 1,5 milliard dollarlik ekspo

24 Mar 13:25
 
86
0
xs.uz

Andijonda “Matiz” ikki bolani urib yubordi

Andijon viloyati Asaka tumanida 'Matiz' ikki nafar bolani urib yubordi. Viloyat Yoʻl harakati xavfsizligi boshqarmasi hodisa yuzasidan'maʼlumot berdi.Qayd etilishicha, voqea Asaka tumani Yuksalish MFY hududidan oʻtgan D-105E Asaka'Humo avtomobil yoʻlining 2-kilometrida sodir boʻlgan. Aniqlanishicha, 44 yoshli A.O. oʻzining 'Matiz' rusumli transport vositasini boshqarib ketayotgan vaqtida, yoʻlning belgilanmagan qismidan kesib oʻtayotgan ikki nafar bolani urib yuborgan.YTH oqibatida tan j