calendar 02 Dec 05:23
eye 149
comments 0
comments Manba: xs

FarDU “Yil universiteti — 2023” xalqaro nominatsiyasi gʻolibi boʻldi

image

Kanadaning Xalqaro yutuqlar tadqiqot markazi (International Achiyevements Research Center – “IARC” ) xalqaro tashkiloti tomonidan dunyo miqyosida oʻtkazilgan “Yil rektori — 2023”, “Yil universiteti — 2023” xalqaro tanlovi reytingi natijalari eʼlon qilindi. Bu haqda FarDU Axborot xizmati maʼlum qildi.

Dunyoning eng nufuzli xalqaro ekspertlari va “IARC” Hakamlar qoʻmitasi xulosasiga koʻra, Fargʻona davlat universiteti rektori, pedagogika fanlari doktori, professor Bahodirjon Shermuhammadov — boshqaruvga innovatsion yondashuv, sifatli taʼlim va zamonaviy taʼlim texnologiyalarining joriy etilishi, ilmiy-tadqiqot faoliyatini takomillashtirilishi, universitetning oʻquv-texnologik jihozlari sifat darajasi, talabalarning ijodiy va sport sohasidagi yuqori salohiyati, jamoada korporativ madaniyatni shakllantirilishi natijalari boʻyicha Xalqaro yutuqlar tadqiqot markazining (IARC “Yil rektori — 2023” tanlovi reytingda yuqori koʻrsatkichlar bilan gʻolib, deb topildi.

Shuningdek, Fargʻona davlat universiteti strategik, korporativ va individual rivojlanish darajasi boʻyicha Xalqaro yutuqlar tadqiqot markazi (IARC) reytingida “Yil universiteti — 2023” nominatsiyasi gʻolibi, deya eʼtirof etildi.

Ushbu xalqaro tadqiqot markazi direktori, doktor Maykl Finnen tomonidan yoʻllangan tabrik xatiga koʻra, FarDU rektoriga Xalqaro yutuqlar tadqiqot markazi — IARC rasmiy veb-saytining “Xalqaro tribuna” boʻlimida oʻz ilmiy maqolalarini (https://achievementscenter.com/iarc-events/academic-honor-society/international-tribune/about-international-tribune) erkin joylashtirish hamda “Yil rektori — 2023” brendidan abadiy foydalanish xalqaro huquqi berilganligi maʼlum qilingan.

Qayd etish kerakki, joriy yilgi reytingdan 3 nafar gʻolib rektorlar — Fargʻona davlat universiteti rektori Bahodirjon Shermuhammadov hamda Birlashgan Arab Amirliklari universiteti rektori, professor Galeb Ali Alhadrami Albreiki, Namibiya fan va texnologiya universiteti rektori (PhD) Erold Rold Naomab oʻrin olgan.

Ushbu xalqaro tanlovning maqsadi — oliy taʼlim muassasalarini yillar davomida erishgan xalqaro yutuqlarini jahon hamjamiyatiga keng namoyish etishga qaratilgan. Bunda mahalliy, mintaqaviy yoki xalqaro miqyosda jahon andozalari darajasidagi muassasa boʻlish uchun katta salohiyat va ijodkorlikni namoyon etgan hamda ilm-fanga salmoqli hissa qoʻshgan innovatsion oliy taʼlim muassasalari jamoatchilik tomonidan eʼtirof etiladi va taqdirlanadi.

FarDU Axborot xizmati.


Doʻstlaringiz bilan ulashing

20 Mar 12:54
 
56
0
xs.uz

Tadbirkor ayollar kengashi tashkil etiladi

Oʻzbekistonda ayollar tadbirkorligini rivojlantirish va ularni qoʻllab-quvvatlash boʻyicha muhim qaror qabul qilindi. Prezidentning 2025-yil 14-martdagi 'Oila va xotin-qizlarni qoʻllab-quvvatlash tizimini yanada takomillashtirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida'gi qaroriga koʻra, mamlakatda 'Tadbirkor ayollar' platformasi va bir qator dasturlar'ishga tushiriladi.Qarorga koʻra, yetakchi ishbilarmon ayollardan iborat 'Tadbirkor ayollar kengashi' tashkil etiladi. Ushbu kengash ayollar biznesig

24 Mar 13:25
 
69
0
xs.uz

Fargʻonada bir kunda ikkita yongʻin yuz berdi

Fargʻona viloyati Uchkoʻprik tumanida joylashgan doʻkonlardan birida yongʻin yuz berdi. Viloyat Favqulodda vaziyatlar boshqarmasi hodisa yuzasidan maʼlumot berdi.Qayd etilishicha, kecha, 23-mart kuni soat 19:42 da Uchkoʻprik tumani Navroʻzshox koʻchasida joylashgan kiyim-kechak doʻkonida yongʻin'sodir boʻlgan.FVB xodimlari voqea joyiga soat 19:44 da yetib borib, 19:47 da alangani oʻrab olgan va 19:55 da batamom oʻchirgan.Taʼkidlanishicha, hodisa oqibatida jabrlanganlar yoʻq.Shunin

22 Mar 08:54
 
56
0
xs.uz

Shavkat Mirziyoyev mahalladagi bayram saylida qatnashdi

Yurtimizning barcha joylarida Navro'z ayyomi ko'tarinki ruhda kutib olinmoqda. Prezident Shavkat Mirziyoyev 20-mart kuni Bektemir tumani Rohat mahallasiga tashrif buyurib, bayram saylida qatnashdi.Xizmat ko'rsatish va savdoga ixtisoslashgan mahallada 4 ming nafar aholi yashaydi. Bandlikni ta'minlash bo'yicha yangi tizimga muvofiq, banklar ishtirokida mahallaning ichki imkoniyatlari yuzaga chiqarilmoqda.''O'tgan yili yuzga yaqin aholi ishga joylashtirilgan, 256 nafari o'zini o'zi band qilgan, 13'

15 Apr 07:05
 
30
0
xs.uz

Kitob tumani IIBga yangi boshliq tayinlandi

Qashqadaryo viloyat Kitob tumani Ichki ishlar boʻlimiga yangi boshliq tayinlandi. Bu haqda viloyat IIB'xabar berdi.Qayd etilishicha, Kitob tumani hokimiyatida viloyat IIB boshligʻi polkovnik Abduvohid Ismoilov jinoyatlarni oldini olish, roʻy berganlarini fosh etish, fuqarolar va jamoat xavfsizligini taʼminlash borasida amalga oshirilgan ishlar, yoʻl qoʻyilgan xato va kamchiliklar hamda kelgusidagi ustuvor vazifalar muhokamasiga bagʻishlangan yigʻilish boʻlib oʻtgan.Yigʻilishda tashkil