Isroil mudofaa kuchlari bugun G'azo sektorida jangovar harakatlarni qayta boshladi. Bu haqda Isroil mudofaa kuchlari (TsAXAL) matbuot xizmati xabar berib, HAMAS sulhni buzgan va Isroil hududiga o't ochgani haqida maʻlum qiladi.
"HAMAS operativ pauzani buzdi va bundan tashqari, Isroil hududiga qarata o't ochdi. TsAXAL G'azo sektorida HAMAS terror tashkilotiga qarshi jangovar harakatlarni qayta boshladi", deyiladi xabarda.
Avvalroq The Wall Street Journal nashri Misr rasmiy manbalariga tayanib, Isroil va HAMAS G'azodagi gumanitar sulhni sakkizinchi kunga uzaytirishga kelishib olgani haqida xabar bergan edi.
Shu bilan birga, Isroil o'z maqsadi o'zgarishsiz – HAMASni yo'q qilish ekanini maʻlum qiladi.
Bir kun avval G'azodan yana 8 mahbus keldi. Har bir ozod qilingan garov uchun Isroil uch falastinlik mahbusni qamoqdan ozod qiladi.
Falastin Sog'liqni saqlash vazirligi xabar berishicha, bugun ertalab Isroilning G'azoga bergan zarbalari oqibatida olti kishi halok bo'lgan, o'nlab odamlar yaralangan. Videoda Isroilning bergan zarbalari oqibatlari aks etgan.
G'azo sektorida jangovar harakatlar qayta boshlanganiga qaramay mahbuslarni almashish bo'yicha muzokaralar davom etmoqda, deb xabar bermoqda CNN.
ХУРМОНИНГ ХОСИЯТЛАРИ
• Энергия манбаидир. Хурмо таркибидаги катта миқдордаги глюкоза, фруктоза ва сахароза организмга куч беради. Табиий шароитда етиштирилган хурмо тамадди қилиш кундузги ҳолсизликни бартараф этади.• Мия учун озуқадир. Фенол бирикмалари ва табиий антиоксидантларга э
Argentina prezidenti dunyoda yangi yetakchi paydo boʻlganini maʼlum qildi
Argentina prezidenti Xavyer Miley Rossiyani yangi dunyo tartibining yetakchilaridan biri deb atadi. Bu haqda u 'Neura Media' YouTube kanaliga bergan intervyusida aytib oʻtdi.'Biz hozir dunyo tiklanayotganini koʻryapmiz. Ikkinchi jahon urushidan keyin mavjud boʻlgan dunyo tartibi endi oʻlik. Amerikada AQSH, Yevroosiyoda Rossiya, Osiyoning Rossiya yetakchilik qilmaydigan qismida esa Xitoy yetakchilik qiladi', ' deydi u.Shu bilan birga, Miley Yevropani 'uygʻonish' (inglizcha 'woke' soʻzidan o
Janubiy Koreyadagi oʻrmon yongʻinlari tufayli toʻrt kishi halok boʻldi, minglab insonlar evakuatsiya qilinmoqda (+video)
21-mart, juma kuni Seuldan 250 kilometr janubi-sharqda joylashgan Sancheong okrugida boshlangan yongʻin kuchli shamol oqibatida boshqa hududlarga tarqalgan. Natijada toʻrt nafar inson halok boʻldi. Bu haqida 'Yonhap' agentligi xabar berdi.Soʻnggi maʼlumotlarga koʻra, yongʻin sabab olti kishi kuyish jarohati bilan shifoxonaga yotqizilgan. Minglab insonlar yashab turgan hududidan evakuatsiya qilingan.'Oʻrmon yongʻinlari quruq ob-havo hamda kuchli shamol tufayli tezda boshqa hududlarga tar
Gʻazodagi havo hujumida HAMAS harakatining yuqori martabali rasmiysi halok boʻldi
Isroilning Gʻazo janubidagi Xon Yunis shahriga uyushtirgan havo hujumi oqibatida HAMASning siyosiy yetakchilaridan biri Saloh al-Bardavil halok boʻldi. Bu haqida 'BBC' nashri xabar berdi.Mahalliy aholi vakillarining soʻzlariga koʻra, Isroil tomonidan uyushtirilgan havo hujumi natijasida XAMASning eng yuqori martabali siyosiy yetakchisi hisoblangan Al-Bardavil hamda uning rafiqasi halok boʻlgan. Hozircha mazkur hujum oqibatlari haqida Isroil rasmiylari hech qanday izoh bermagan.Maʼlum boʻl