calendar 30 Nov 04:55
eye 114
comments 0
comments Manba: zarnews

12 milliard so'm isteʻmolchilar foydasiga qayta hisob-kitob qilingan

image

Samarqandda Raqobatni rivojlantirish va isteʻmolchilar huquqlarini himoya qilish qo'mitasi, isteʻmolchilar huquqlarini himoya qilish jamiyatlari viloyat hududiy birlashmasi masʻullari hamda sohada faoliyat yurituvchi nodavlat notijorat tashkilotlari xodimlari ishtirokida seminar o'tkazildi.

Unda isteʻmolchilar huquqlarini himoya qilish, bozorlar va savdo shoxobchalarida sotilayotgan oziq-ovqat mahsulotlari xavfsizligini taʻminlash, sifatsiz mahsulotlarning sotilishiga yo'l qo'yilmaslik hamda jamoatchilik nazoratini kuchaytirish masalalari haqida so'z yuritildi.

- Joylarda isteʻmolchilar tomonidan murojaatlar soni ko'payib bormoqda, - deydi Raqobatni rivojlantirish va isteʻmolchilar huquqlarini himoya qilish qo'mitasi bo'lim boshlig'i Farrux Mamadaminov. – Jumladan, joriy yilning o'tgan to'qqiz oyi davomida birgina Smarqand viloyatida isteʻmolchilar huquqlarini himoya qilish jamiyatlariga mingdan ortiq murojaat kelib tushgan. Ushbu murojaatlar birlashma va uning tuman (shahar) jamiyatlari tomonidan o'rganilib, isteʻmolchilar manfaatiga yetkazilgan 12 millirad so'm zarar qayta hisob-kitob qilingan va tegishli tartibda undirib berish choralari ko'rilgan.
Yig'ilish davomida isteʻmolchilar huquqlarini himoya qilishga doir chora-tadbirlar ijrosi, amalga oshirilgan ishlar, murojaatlar va ularning yechimi muhokama qilindi.

Dilmurod Do'stmurodov.


Doʻstlaringiz bilan ulashing

16 Apr 09:12
 
30
0
xs.uz

YI Rossiya bilan gaz yetkazib berish boʻyicha tuzilgan barcha shartnomalarni bekor qilmoqchi

Yevropa Ittifoqi (YI) Rossiya bilan gaz shartnomalarini jarima toʻlamasdan bekor qilish yoʻllarini qidirmoqda, deb yozdi 'Financial Times' gazetasi oʻz manbalarga tayanib.'Bryussel Yevropa kompaniyalariga Moskvaga katta jarimalar toʻlamasdan, Rossiya gazini yetkazib berish boʻyicha uzoq muddatli shartnomalarni buzishga imkon beradigan qonuniy variantlarni oʻrganmoqda', ' deyiladi nashrda.Gazetaning qayd etishicha, bu masala Rossiya energetika resurslaridan voz kechish boʻyicha yoʻl xarit

20 Mar 12:55
 
86
0
xs.uz

Isroilning Gʻazoga bergan zarbalari oqibatida yana 71 nafar ayollar va bolalar halok boʻldi

Bugun, 20-mart kuni tongda Isroil Gʻazoning shimoliy hamda janubiy hududlariga zarbalar bergan. Mazkur hujum oqibatida 71 nafar falastinlik, jumladan, ayollar va bolalar halok boʻldi, deb xabar qilmoqda 'Al Jazeera' nashri.Maʼlumotlarga koʻra, Isroil hukumati tomonidan berilgan soʻnggi zarbalar oqibatida vafot etgan falastinliklar soni 436 nafarga yetgan. Shulardan 183 nafari yosh bolalar ekanligi taʼkidlanmoqda.18-mart, seshanba oqshomida Isroil bosh vaziri Binyamin Netanyaxu Gʻazo sekto

21 Apr 08:34
 
324
0
xs.uz

Global isish jahon yalpi ichki mahsulotini 40 foizga qisqartiradi

Yaqinda oʻtkazilgan tadqiqot, agar 2100-yilga borib Yer sharidagi haroratning issiqlik darajasi Selsiy shkalasi boʻyicha 4 gradusga (sanoatlashishdan oldingi davrga nisbatan) koʻtarilsa, dunyo iqtisodiyoti uchun jiddiy oqibatlar yuzaga kelishidan ogohlantiradi.Jahon yalpi ichki mahsuloti 40 foizga pasayishi kutilmoqda, bu avvalgi 11 foiz baholanganidan ancha yuqori. Chunki koʻpgina iqlim prognozlari savdo va resurslar orqali mamlakatlar oʻrtasidagi oʻzaro aloqalarni hisobga olmaydigan maha

04 Apr 16:20
 
41
0
xs.uz

Ilon Mask AQSH hukumatini tark etishi maʼlum qilindi

Amerikalik milliarder Ilon Mask prezident Donald Trampning muvaqqat maslahatchisi sifatidagi 130 kunlik vakolat muddati tugagach, AQSH hukumatidagi lavozimini tark etishi mumkin. Bu haqda 'Bloomberg' agentligi oʻz manbalarga tayanib yozmoqda.'Ilon Mask prezident Donald Trampning muvaqqat maslahatchisi sifatidagi 130 kunlik muddati tugaganidan soʻng Hukumat samaradorligi boshqarmasi rahbari lavozimini tark etishi kutilmoqda... Agar bu kunlar Tramp inauguratsiyasidan boshlab ketma-ket hisoblansa