
Foto: “Xalq soʻzi”
Namangan viloyatining mazkur tumanida bundan ikki yil avval davlatimiz rahbarining “Oʻzbekiston Respublikasida korrupsiyaga qarshi kurashish tizimini takomillashtirish boʻyicha chora-tadbirlar toʻgʻrisida”gi qarori ijrosi doirasida korrupsiyasiz hudud loyihasini amalga oshirishga kirishilgan edi.
Hozirgi kunda shu maqsadda ishlab chiqilgan “yoʻl xaritasi” izchillik bilan roʻyobga chiqarilayotir. Xususan, fuqarolarning huquqiy madaniyati va ongini oshirish, aholi oʻrtasida manfur illatga qarshi murosasiz muhitni shakllantirish uchun davlat muassasalari, xoʻjalik yurituvchi subyektlar, barcha mahalla fuqarolar yigʻinlarida koʻrgazmali targʻibot vositalari oʻrnatildi. Shuningdek, joylarda muntazam ravishda suhbat va uchrashuvlar tashkil etilmoqda. Mahalliy hokimiyat huzurida tuzilgan 11 kishidan iborat jamoatchilik kengashi aʼzolari tomonidan boshqaruv va huquq-tartibot idoralari masʼullarining hisobotlari eshitib borilyapti.
Aytish mumkinki, dolzarb masala boʻyicha amalga oshirilayotgan ishlar samaradorligi asta-sekin koʻzga tashlanib boryapti. Loyiha ijrosiga kirishilgan dastlabki paytda tumanda korrupsiya bilan bogʻliq 18 ta holat qayd etilgan boʻlsa, joriy yilning oʻtgan davrida koʻrsatkich uchtani tashkil etdi. Taʼlim, sogʻliqni saqlash va boshqa qator muassasalar xodimlari faoliyati ustidan nazorat oʻrnatilib, korrupsiyaga moyilligi aniqlangan uch nafar mutasaddi rahbar bilan mehnat shartnomasi bekor qilindi.
— Jirkanch illat bilan bogʻliq jinoyatning bittasi ham ortiqcha, — dedi kecha mazkur mavzu boʻyicha oʻtkazilgan matbuot anjumanida soʻz olgan tuman hokimi Anvarjon Tojimirzayev. — Unga butunlay chek qoʻyish uchun davlat idoralari faoliyatining oshkora va shaffofligini toʻla taʼminlash, xizmatlarda inson omilini kamaytirish, tartib-taomillarni soddalashtirish, innovatsion usullardan keng foydalanishga yanada koʻproq eʼtibor qaratishimiz zarur.
Darhaqiqat, tumanda davlat xizmatchilari ish joyi va fuqarolarni qabul qilish xonalariga kuzatuv moslamalarining oʻrnatilishi, davlat xaridlarining shaffofligiga erishish, joylarda elektron xizmatning joriy etilishi natijadorlikni taʼminlayapti. Masalan, mahallalardagi 28 nafar profilaktika inspektorlariga zamonaviy planshetlar ajratilgan. Endilikda ularning har biri bodi kameralardan foydalanishiga harakat qilinmoqda.
Viloyatdagi ommaviy axborot vositalari vakillari, jurnalist va blogerlar ishtirokidagi matbuot anjumanida yuqorida tilga olingan “yoʻl xaritasi” ijrosining borishi tahlil etilib, tumandagi sektor rahbarlarining mavzu boʻyicha hisobotlari eshitildi.
Qudratilla NAJMIDDINOV, “Xalq soʻzi”.
O‘zbekiston Prezidenti maslahatchi Suma Chakrabarti bilan uchrashuv o‘tkazdi
Maslahatchining joriy yilgi faoliyatining asosiy yo'nalishlari ko'rib chiqildi.Mamlakatimiz investitsiyaviy salohiyatini xalqaro maydonda yanada ilgari surish, O'zbekistonning Jahon savdo tashkilotiga a'zo bo'lish jarayonini yakunlash bo'yicha amaliy choralar ko'rish, xorijdagi yetakchi ta'lim muassasalarida davlat xizmatchilarining malakasini oshirish masalalariga alohida e'tibor qaratildi.Bo'lajak O'zbekiston investitsiya salohiyati 'roud-shousi' va Toshkent xalqaro investitsiya forumini yetak
Intellektual mulk sohasida yangi koʻkrak nishoni taʼsis qilinadi
Unga koʻra, koʻkrak nishoni bilan mamlakatda intellektual mulk sohasini rivojlantirishga, intellektual mulk obyektlarining huquqiy himoyasini taʼminlashga va aholida intellektual faoliyat natijalariga hurmat hissini shakllantirishga munosib hissa qoʻshgan fuqarolar taqdirlanadi.Nishon bilan chet el fuqarolari va fuqaroligi boʻlmagan shaxslar ham taqdirlanishi mumkin.Taqdirlashga oid takliflar tashkiliy-huquqiy shaklidan qatʼiy nazar, davlat va nodavlat notijorat tashkilotlari, tadbirkorlik
Toshkentda beton toʻsiqqa urilgan BYD yonib ketdi
Qayd etilishicha, hodisa kecha, 3-aprel kuni soat 23:45 larda Yunusobod tumani TXAY koʻchasida yuz bergan. BYD rusumli transport vositasini boshqarib kelayotgan haydovchi rul boshqaruvini yoʻqotib, yoʻlni ajratib turuvchi beton toʻsiqqa urilgan, toʻqnashuv oqibatida transport vositasida yongʻin kelib chiqqan.YHXBga koʻra, alanga tuman FVB xodimlari tomonidan bartaraf etilgan. Hodisa tufayli jarohat olgan haydovchiga shifokorlar tomonidan tibbiy yordam koʻrsatilgan.'Mazkur hodisa yuzasida
Shavkat Mirziyoyev: Bizning vazifamiz – kelajak avlodlar barqaror, xavfsiz va farovon dunyoda yashashi uchun barcha chora-tadbirlarni koʻrish
O'zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyev 4-aprel kuni Samarqand xalqaro iqlim forumining yalpi sessiyasida nutq so'zladi.Forum ishida Yevropa kengashi Prezidenti Antoniu Koshta, Yevropa komissiyasi Prezidenti Ursula fon der Lyayen, Qozog'iston Respublikasi Prezidenti Qasim-Jomart Toqayev, Qirg'iz Respublikasi Prezidenti Sadir Japarov, Tojikiston Respublikasi Prezidenti Emomali Rahmon, Turkmaniston Prezidenti Serdar Berdimuhamedov, Yevropa tiklanish va taraqqiyot banki rahbari Odil