Xalq qabulxonalari fuqarolarning eng ishonchli manziliga aylandi


Foto: Xalq soʻzi
Mamlakatimizda davlatimiz rahbarining tashabbusi bilan xalq bilan muloqot tizimiga yangicha asos solinishi hamyurtlarimizning uzoq yillardan buyon hal boʻlmay kelayotgan muammolarining ijobiy yechimini taʼminlash va xalq turmush sharoitining tubdan yaxshilanishiga sabab boʻldi. Ayniqsa, Prezident virtual hamda Xalq qabulxonalari fuqarolarning eng ishonchli manziliga aylandi. Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti nomiga Izboskan tuman Xalq qabulxonasi orqali tumanda istiqomat qiluvchi jismoniy va yuridik shaxslar tomonidan joriy yilning 11 oyi mobaynida 1116 ta masalalardagi murojaatlar kelib tushganligi ham bunga misoldir. Soʻrovlarning 90 foizi ijobiy hal etilib, qolgan qismi yuzasidan huquqiy munosabat bildirilganligi esa murojaatlarga boʻlgan eʼtiborning yorqin ifodasidir.
Tan olish kerak, avvallari, hamyurtlarimiz shaxsiy murojaatlari bilan yuzlanib, oʻzlarining ijtimoiy-iqtisodiy muammolarini yechishda amaliy yordam soʻrardilar. Hududlarda infratuzilma va aholi turmush sharoitini yaxshilash borasidagi ishlar natijasida bugun ularning soʻrovlari koʻlami ham kengayib, endilikda koʻproq jamoatchilik fikrini aks ettirmoqda. Yaʼni endi ular oʻzlarining emas, oʻzgalarning tashvishlarini aritish istagidalar. Misol uchun, “Oʻrta qishloq” MFYda istiqomat qiluvchi Husanboy ota Orifjonovni olaylik.
— “Anorzor” mahallasi hududidan oqib oʻtuvchi “Tentaksoy” daryosi ustidagi koʻprik 1968-yilda katta sel kelishi tufayli yuvilib ketgandi, — deydi otaxon murojaat chogʻida. — Natijada undan foydalanish ayanchli ahvolga kelib qoldi. Ikki qishloqni bir-biriga bogʻlab turuvchi bu koʻprikdan shu tariqa uzoq yillar davomida foydalanilmadi. Bu borada yordam soʻrab bormagan idoramiz qolmagan. Afsuski, natija boʻlmadi. Vaholanki, u har ikki qishloqda yashovchi 500 mingdan ziyod aholiga qulaylik yaratib turgandi.
Nihoyat, soʻnggi yillardagi islohotlar samarasi tufayli amaliy ishlarga kirishildi. Qisqa muddat ichida uzunligi 73 metr va eni 10 metr boʻlgan yangi koʻprik barpo etildi. Buning uchun 6 mlrd. 734 mln. soʻmlik loyiha ishlari bajarildi. Endi u bir qancha kilometrlab masofalarni yaqinlashtiribgina qolmay, nafaqat, aholi uchun, balki transport vositalariga ham xizmat qila boshladi.
Davlatimiz rahbarining fuqarolar davlat idoralariga emas, davlat idoralari fuqarolarga xizmat qilishi kerak, tamoyili asosidagi topshiriqlaridan tegishli xulosa chiqargan qabulxonamiz vakillari endilikda hududlarda boʻlib, sayyor qabullarni tashkil etishni kundalik vazifasiga aylantirdi. Bu esa hamyurtlarimiz uchun koʻplab imkoniyatlarni yaratdi. Zero, idoralarga borib, muammosini aytishga hamma ham botinolmaydi. Shu bois biz tashkil etgan sayyor qabullar yuzlab mahalladoshlarning soʻrovlariga ijobiy yechim topdi. Bugina emas, qabulxona tomonidan har bir xonadonda boʻlib, aholi bilan yuzma-yuz uchrashuvlar oʻtkaza oʻtkazayotganimiz nihoyatda katta samara bermoqda. Natijada hatto tilga olinmagan murojaatlar yuzasidan ham ijobiy natijalarga erishyapmiz.
Tahlillarga nazar tashlaydigan boʻlsak, Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti nomiga Izboskan tumanida yashovchi jismoniy va yuridik shaxslar tomonidan yoʻllangan murojaatlarning aksariyat qismini mehnat munosabatlari, ish bilan taʼminlash, soliq tizimi, kadastr sohasiga oid muammolar tashkil etmoqda. Xulosa qilish mumkinki, hududda ushbu yoʻnalishlarda bajarilishi muhim boʻlgan vazifalar mavjud. Bu esa kelgusi faoliyatimizni tashkil etishda asosiy yoʻnalish etib belgilanadi.
Oybek MELIBOYEV,
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining
Andijon viloyati Izboskan tumanidagi
Xalq qabulxonasi mudiri.
Idoralarning mahsulotga xulosa berish vakolatlari aniq belgilab beriladi
Prezident sertifikatlashtirish va standartlashtirish tizimini yanada takomillashtirish chora-tadbirlarini'belgilab berdi.Alohida farmon bilan Texnik tartibga solish agentligi, Sanepidqoʻm, Veterinariya qoʻmitasi, Karantin agentligi kabi idoralarning mahsulotga xulosa berish vakolatlari aniq belgilab beriladi.Bunda takrorlanuvchi va ustma-ust tartiblar bosqichma-bosqich bekor qilinadi. Masalan:Boshqa tizimlar ham xuddi shu tartibda qayta koʻrib chiqiladi.Shuningdek, xavf darajasi yuqori boʻlg
Shavkat Mirziyoyev: Tushumni koʻpaytirish soliq stavkasini oshirish hisobidan boʻlmasligi kerak
Joylarda yer soligʻi va ijara toʻlovlariga oshiruvchi koeffitsiyent belgilayotganda uning biznesga taʼsirini oʻrganish, tadbirkorlarning imkoniyati va moliyaviy ahvolidan kelib chiqib, qaror qabul qilish muhimligini taʼkidladi.'Tushumni koʻpaytirish soliq stavkasini oshirish hisobidan boʻlmasligi kerak. Aksincha, tadbirkorga yordam berib, soliq bazasini kengaytirsak, tushum koʻpayadi, tadbirkorlar ham rozi boʻladi', dedi Prezident.Endilikda tadbirkorlarga ushbu soliqlarni yilda ikkiga b
“Tarbiya” fani dasturlarini takomillashtirish masalalari muhokama qilindi
Bugun Oliy Majlis Senatining Fan, ta'lim va sog'liqni saqlash masalalari qo'mitasi hamda Qonunchilik palatasining Fan, ta'lim, madaniyat, sport va yoshlar masalalari qo'mitasining qo'shma majlisi bo'lib o'tdi. Unda senatorlar, deputatlar, mahalliy Kengashlar doimiy komissiyalari a'zolari, tegishli vazirlik va idoralar mutasaddilari hamda ommaviy axborot vositalari vakillari ishtirok etdi.Majlisda Prezident Shavkat Mirziyoyev raisligida o'tkazilgan Korrupsiyaga qarshi kurashish bo'yicha milliy ke
Salomatlikka oid so‘nggi uskuna va texnologiyalar namoyishi
O'zbekiston Respublikasi Sog'liqni saqlash vazirligi, Farmatsevtika tarmog'ini rivojlantirish agentligi, Iteca Exhibitions xalqaro ko'rgazma kompaniyasi va boshqa tegishli tashkilotlar hamkorligida tashkil etilgan ushbu ko'rgazmada yigirmadan ziyod davlatlardan 400 dan ortiq kompaniyalar hamda brendlar ishtirok etyapti.Ular orasida AQSH, BAA, Belarus, Buyuk Britaniya, Germaniya, Indoneziya, Ispaniya, Rossiya, Singapur, Turkiya, Ukraina, Xitoy, Qozog'iston kabi davlatlarning vakillari ham eng so'