
Qoraqalpogʻiston Respublikasi Taxtakoʻpir tumani “Beltov” ovul fuqarolar yigʻini hududida “Orol baliqlaridan 99 tur taomlar” hamda “Abboz ovozi — Qarateran ohanglari” festivallari boʻlib oʻtdi.
Tadbirda davomida baxshichilik yoʻnalishida hamda baliqdan turli xil taomlar tayyorlash boʻyicha yuzga yaqin ishtirokchilar oʻzlarining mahoratini namoyish etdilar.
Dastlab “Abboz ovozi — Qarateran ohanglari” folklor festivalida baxshi va jirovlar ijro etgan dastonlar hakamlar tomonidan baholandi.
Unga koʻra, baxshichilik yoʻnalishida 1-oʻrinni Gulchinor Qudaybekrgenova va Tolibay Berdimuratovlar egallagan boʻlsa, qissaxonlik yoʻnalishida 1-oʻrin Qdirbay Jumanyazov va Kumisay Sultanbayevalarga nasib etdi. Shuningdek, jirovlar bellashuvida Karim Xabibnazarov 1-oʻringa munosib topildi.
Festivalda tashkilotchilar tomonidan birinchi oʻrinni egallaganlarga 5 million soʻm, ikkinchi oʻringa 3 million va 3-oʻrinni qoʻlga kiritgan baxshi jirovlar 1 million soʻmdan pul mukofotlari bilan taqdirlandilar.
Tadbirning ikkinchi kunida “Orol baliqlaridan 99 tur taomlar” tanlovining gʻoliblari ham aniqlandi.
Erta tongdan kechgacha davom qilgan tanlovida xalqaro darajadagi oshpazlar 60 nafardan ortiq oshpaz va ularning yordamchilari tomonidan tayyorlangan baliq taomlari va ularni dasturxonga tortish mahoratlarini baholab bordilar.
— Bu galgi baliq taomlaridan taom tayyorlash boʻyicha oʻtkazilgan tanlovda oshpazlarga sharoit yaratish va shartlarni shaffof tanlash juda yaxshi tashkil qilingan, — deydi nukuslik oshpaz Madina Davletmuratova. — Har bir ishtirokchi hakamlar tomonidan tayyorlangan biletlarni tanlab ularda berilgan 5 ta taomni tayyorlashga kirishdik. Jarayonlarni hakamlar jamoasi kuzatib borishdi. Kezi kelganda ishtirokchilarga eʼtirozlarini bildirishdi, mahorat darslarini ham oʻtkazishdi. Festival davomida boshqa viloyatlardan kelgan oshpazlar bilan ham fikr almashib, mahoratimizni oshirdik. Oʻylaymanki, Qoraqalpogʻistonda bu kabi tadbirlarning oʻtkazilishi hududning gastronomik turizm salohiyatini yanada oshirishga xizmat qiladi.
“Beltov”da oʻtkazilgan “Orol baliqlaridan 99 tur taomlar” festivalining oshpazlar bellashuvida Nukus shahridan ishtirok etgan oshpaz Madina Davletmuratova 1-oʻrinni egalladi. Ikkinchi oʻrin moʻynoqlik Ulbosыn Seytbayevaga nasib qildi. Navoiy viloyatidan tashrif buyurgan Shahzod Xusenov hamda ellikqalʼalik Elyor Atajanovlar 3-oʻrinni egallashdi.
Festival gʻoliblari va faol ishtirokchilar tadbir tashkilotchilari tomonidan diplom, esdalik sovgʻalari va pul mukofotlari bilan taqdirlandilar.
Maʼlumot uchun, “Beltov”da oʻtkazilgan “Orol baliqlaridan 99 tur taomlar” hamda “Abboz ovozi — Qarateran ohanglari” festivallari Qoraqalpogʻiston Respublikasi Turizm va madaniy meros vazirligi tashabbusi bilan Qoraqalpogʻiston Respublikasi Vazirlar Kengashi, Toshkent davlat iqtisodiyot universiteti, “Oʻzbekbaliqsanoat” uyushmasi, Madaniyat vazirligi, Taxtakoʻpir tumani hokimligi hamda qator tashkilotlar tomonidan tashkil etildi.
Gʻayrat OTAJONOV, “Xalq soʻzi”.
Dunyodagi bugungi iqtisodiy tebranishlar sharoitida har bir hokim favqulodda masʼuliyat olishi lozim — Shavkat Mirziyoyev
Prezident Shavkat Mirziyoyev Andijon viloyatini kompleks rivojlantirish boʻyicha ustuvor vazifalar yuzasidan yigʻilish oʻtkazmoqda.Davlatimiz rahbari bugungi kunda Andijonda havas qilsa arzigulik oʻzgarishlar boʻlayotganini qayd etdi.'Kecha viloyatdagi ishlar bilan tanishdim, oddiy odamlar bilan gaplashdim. Ishonch bilan aytishim mumkinki, bu zaminda Yangi Oʻzbekiston shukuhi har bir mahalla, har bir xonadonga kirib ulgurgan.Bu ' islohotlarimizning eng katta natijasi, desak, toʻgʻri boʻ
Oʻzbekistonning Jiddadagi yangi bosh konsuli tayinlandi
Oʻzbekistonning Jidda shahridagi yangi tayinlangan bosh konsuli Sirojiddin Shamsutdinov Saudiya Arabistoni Tashqi ishlar vazirligi Jidda boʻlimi bosh direktori birinchi oʻrinbosari Ahmad Muhammad Qutb bilan uchrashdi, deb'xabar bermoqda''Dunyo' AA. Qayd etilishicha, muloqot chogʻida Oʻzbekiston va Saudiya Arabistoni oʻrtasidagi aloqalarning bugungi holati va istiqbollari xususida fikr almashilgan.Ahmad Muhammad Qutb Oʻzbekiston va Saudiya Arabistoni rahbarlari oʻrtasida oʻrnatilgan y
Qadriyatlarga hamohang ayyom
Jahongir BOYMURODOV/'Xalq soʻzi'. Qashqadaryo viloyatining barcha shahar-u qishloqlarida Navroʻz bayrami 'Qadriyatlarining boqiy boʻlsin, Navroʻz!' degan bosh gʻoya asosida, umumxalq sayllari sifatida keng nishonlanmoqda. Viloyatning asosiy bayram tantanalari Qarshi shahridagi Alisher Navoiy nomli istirohat bogʻida tashkil etildi.Taʼkidlash joiz, Navroʻz bayramining zamirida xalqimizning ulkan tarixi, milliy qadriyatlari, urf-odatlari, marosimlari, udum va anʼanalari mujassam. Qariyb 30
Oʻzbekiston va Ozarbayjon yetakchilari telefon orqali muloqot qildi
O'zbekiston bilan Ozarbayjon o'rtasidagi do'stlik, strategik sheriklik va ittifoqchilik munosabatlarini yanada kengaytirish va mustahkamlashning eng dolzarb masalalari batafsil muhokama qilindi.O'tgan yil avgust oyida Ozarbayjon Prezidentining O'zbekistonga davlat tashrifida erishilgan kelishuvlarga muvofiq amaliy hamkorlik bo'yicha rejalarni amalga oshirishga alohida e'tibor qaratildi.Iqtisodiy hamkorlik yili doirasida birgalikda samarali ishlar olib borilayotgani alohida mamnuniyat bilan qayd