Osiyo oʻyinlari: Ikki nafar kurashchimiz yarim finalda

Kurash boʻyicha Oʻzbekiston terma jamoasi aʼzolarining muvaffaqiyatli ishtiroki davom etadi.

Bugun ikki nafar hamyurtimiz yarim final yoʻllanmasiga ega chiqdi.

Toshkent vaqti bilan soat 11:00 da boshlanadigan bahslarda Umid Esanov -81 kg, Malika Qahhorova esa -70 kg vazn toifasida final yoʻllanmasi uchun kurashadi.