calendar 30 Sep 11:23
eye 45
comments 0
comments Manba: xs

Hududlarning ijtimoiy infratuzilmasi yaxshilanmoqda

image

Davlatimiz rahbari tashabbusi bilan chekka va olis hududlarning ijtimoiy infratuzilmasini yaxshilash va aholi turmush darajasini koʻtarishga qaratilgan “Obod koʻcha”, “Obod mahalla”, “Obod xonadon” mezonlarini joriy qilish boʻyicha kompleks chora-tadbirlar amalga oshirilmoqda.

Ana shunday manzillardan biri Xorazm viloyatidir. Dastur boʻyicha viloyatning toʻrt hududida — Bogʻot tumani “Saxovat” MFYda, Yangibozor tumani “Katli” MFYda, Xonqa tumani “Durgadik” MFYda hamda Xiva tumani “Istiqlol” MFYda keng koʻlamli bunyodkorlik ishlar olib borilmoqda.

Aholini oʻylantirib kelayotgan muammolarga oʻz vaqtida va sifatli yechim topish maqsadida Prezident maslahatchisi Gʻofurjon Mirzayev boshchiligidagi Respublika ishchi guruhi vakillari ham bevosita joylarga chiqqan xolda uyma-uy yurib oʻrganishlar olib bormoqda.

Aniqlangan kamchiliklarni bartaraf etish maqsadida qator ishlar amalga oshirildi.

Jumladan, tanlangan hududlar infratuzilmasini yaxshilash maqsadida yangi mahalla binolari, atrofida mini sport maydonchalar, tikuvchilik sexlari, bank xizmatlari markazlari, sartaroshxona va goʻzallik salonlarini qurish ishlari amalga oshirilmoqda. Mahallardagi maktab va bogʻchalar joriy va kapital taʼmirlandi.

Bundan tashqari 22 kilometrga yaqin ichki tuproq yoʻllar shagʻallashtirildi, 6 kilometrdan ziyod tabiiy gaz quvurlari kapital taʼmirdan chiqarildi, 5 kilometrga yaqin yangi suv quvurlari oʻtkazildi. Elektr energiyasi taʼminotini yaxshilash maqsadida 9 ta yangi transformator oʻrnatildi, 12 kilometr SIP kabellar tortildi hamda 200 dan ziyod yangi beton tayanch ustunlar oʻrnatildi, 300 ga yaqini joriy taʼmirdan oʻtkazildi.

Hududlarni tartibga keltirish maqsadida, 36 km. ariqlar va zovur tarmoqlari tozalanib, ishchi faoliyatga keltirildi, mahalla qabristonlari obodonlashtirildi.

Kam taʼminlangan, ijtimoiy yordamga muhtoj 584 ta oilalar xonadonlarida kapital va joriy taʼmirlash ishlari ketmoqda, tomorqalari tartibga keltirilmoqda.

Aholi sogʻligʻini muhofaza qilish maqsadida 6,3 mingga yaqin fuqaro tibbiy koʻrikdan oʻtkazildi. Natijada, 84 nafar fuqaroga ambulator sharoitda davolanishga order ajratildi, 49 nafar fuqaroga tuman tibbiyot markaziga yoʻllanma berildi, 723 fuqaroga esa bepul dori-darmonlar yetkazildi.

Oilalarni tadbirkorlikka jalb qilish hamda bandligini taʼminlash maqsadida tikuvchilik va xizmat koʻrsatish yoʻnalishida 39 nafar fuqaroga 366 mln soʻmlik subsidiya, 118 nafar fuqaroga 2,3 mlrd. soʻmlik imtiyozli kredit mablagʻlari ajratib berildi. Shu bilan birga 112 nafar fuqaro kasb-hunarga oʻqishga yoʻnaltirildi hamda 73 nafari haq toʻlanadigan jamoatchilik ishlariga jalb qilindi. Ijtimoiy ogʻir ahvoldagi 89 ta oilaga 36,1ga yer maydoni ekin ekish uchun tarqatildi.

Bundan tashqari, Respublika ishchi guruhi vakillari aholi xonadonlari hamda ijtimoiy soha obyektlarining qish mavsumiga tayyorgarligini ham oʻrgandi. FVB tomonidan yongʻin xavfsizligi talablariga rioya qilinishi va is gazidan zaharlanish holatlarini oldini olish boʻyicha profilaktik tadbirlar oʻtkazildi. Xususan, mingga yaqin xonadon moʻrilari tozalandi, oʻndan ziyod ijtimoiy obyektlar yongʻin xavfsizligi boʻyicha oʻrganib chiqilib, koʻmir saqlash omborlari tartibga keltirildi.

Respublika ishchi guruhi faoliyati davom etmoqda.


Doʻstlaringiz bilan ulashing

16 Apr 09:11
 
23
0
xs.uz

Orolbo‘yi hududini obodonlashtirish maqsadida 3 ming tupdan ortiq daraxt ko‘chatlari ajratildi

Mazkur tashabbus Qoraqalpog'iston Respublikasining Amudaryo viloyatida o'rmon va bog' ko'chatlarini kengaytirish, Orolbo'yi hududining ekologik barqarorligini mustahkamlash va iqlim o'zgarishining salbiy oqibatlarini kamaytirishga qaratilgan.Ta'kidlash joizki, jadallashtirilgan sanoatlashtirish, urbanizatsiya va iqlim o'zgarishi sharoitida aholi punktlarini ko'kalamzorlashtirish va yashil hududlar ulushini oshirish bo'yicha tizimli chora-tadbirlarni amalga oshirish zarur. Tabiiy resurslarni barq

14 Apr 06:18
 
44
0
xs.uz

Myanmada garovga olingan Oʻzbekiston, Qozogʻiston va Qirgʻiziston fuqarolari qutqarildi

Myanmada odam savdosi qurboni boʻlgan ikki nafar oʻzbekistonlik Vatanga qaytarildi. Bu haqda 'Dunyo' axborot agentligi'xabar berdi.Oʻzbekistonning Bangkok shahridagi Bosh konsulxonasi maʼlumotiga koʻra, M.S. va B.V. ismli fuqarolar Myanmada odam savdosi qurboni boʻlganini bildirib, Oʻzbekistonga qaytishda yordam soʻrab murojaat qilgan.Maʼlum boʻlishicha, ular Tailandga internet orqali yuqori maoshli ish taklif qilinganidan soʻng borgan. Biroq Tailandga yetib kelganida, noqonuniy ravis

04 Apr 16:18
 
36
0
xs.uz

“Inson uchun” – inklyuziv yugurish marafoniga start berildi

Marafonda 300 nafardan ziyod nogironligi bo'lgan shaxslar ishtirok etdi. Ular sport orqali o'z salohiyatlarini ko'rsatish, yangi do'stlar topish hamda sog'lom turmush tarzini targ'ib qilish imkoniyatiga ega bo'lishdi.'Inson uchun' marafoni ishtirokchilari quyidagi 4 yo'nalish bo'yicha, ayollar va erkaklar alohida baholanib, taqdirlandi:- ko'zi ojiz va zaif ko'ruvchilar;- kar va zaif eshituvchilar;- aqliy rivojlanishda ortda qolganlar;- harakat tayanchi shikastlanganlar va boshqalar.'Inson uchun'