
Foto: “Xalq soʻzi”
Joriy yilda tuman markazida “Dehqonobod tekstil” korxonasining ish boshlashi Mavluda Mengliyeva uchun ham ayni muddao boʻldi. U hududdagi koʻplab xotin-qizlar qatorida ushbu korxonaga ishga qabul qilindi. Bugun Mavluda Mengliyeva va chevar hamkasblari zamonaviy korxonada mehnat qilishmoqda. Ular tikkan turli kiyim-kechaklar esa dunyo bozorida oʻz oʻrniga ega.
Taʼkidlab oʻtish joiz, “Dehqonobod tekstil” korxonasi 2023-yilda tumanda roʻyobga chiqarilgan eng yirik loyihalardan biri hisoblanadi. Ushbu zamonaviy korxonada turkiya texnologiyasi asosida yiliga qariyb 1,5 million dona erkaklar, ayollar va bolalar kiyim-kechaklari tayyorlanadi. Bu faoliyat ortidan esa hududdagi 500 nafar xotin-qizning doimiy ish bilan taʼminlanishi koʻzda tutilgan.
— Korxonamiz “Zarafshon tekstil” korxonasi negizida barpo etilgan, — deydi “Dehqonobod tekstil” korxonasi bosh texnologi Nejme Degermani. “Zarafshon tekistil” korxonasi mamlakatimizdagi eng yirik tekstil korxonalaridan biri hisoblanadi. Shu vaqtga qadar ushbu korxona 10 ta hududda oʻz filiallarini ishga tushirgan edi. “Dehqonobod tekstil” korxonasi esa bu borada oʻn ikkinchisi boʻldi.
Turkiyalik mutaxassisning qoʻshimcha qilishicha, ayni vaqtda korxonada oyiga 170 ming donaga yaqin ayollar va erkaklar futbolkalari tayyorlanmoqda. Ularning asosiy qismi yevropa davlatlariga eksport qilinayotgan boʻlsa, qolgani ichki bozorga yoʻnaltirilyapti. Bu faoliyat ortidan esa 375 nafar kishining doimiy ish bilan bandligi taʼminlangan.
— Bundan tashqari, yana 175 nafar chevar uchun tikuv mashinalarini olib kelib oʻrnatdik, — deydi u. – Shu bois yana ishchilarni qabul qilyapmiz. Shuni ham aytishim joizki, boshqa hududlardagi filiallarimizda ham ishlab koʻrganman, ammo dehqonobodlik xotin-qizlar tikuvchilikka juda usta ekan. Ular ikki-uch kuni ichida ishni toʻliq oʻzlashtirib, darhol faoliyatga kirishib ketmoqda. Bu yerda xodimlar tanlashda umuman muammo kuzatilmadi.
Jahongir BOYMURODOV, “Xalq soʻzi”.
Shavkat Mirziyoyev Gurbanguli Berdimuhamedov bilan telefon orqali muloqot qildi
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyev 19-mart kuni Turkman xalqining milliy yetakchisi, Turkmaniston Xalq Maslahati Raisi Gurbanguli Berdimuhamedov bilan telefon orqali muloqot qildi. Ikki tomonlama munosabatlar va mintaqaviy hamkorlikning dolzarb masalalari koʻrib chiqildi.Suhbat avvalida davlat rahbarlari yaqinlashib kelayotgan bahor ayyomi - Navroʻz munosabati bilan bir-birlarini samimiy qutlab, mustahkam sogʻlik, farovonlik va muvaffaqiyatlar, birodar Oʻzbekiston va Tur
Har qanday shaxsni uning roziligisiz tasvirga olish taqiqlanishi mumkin
Adliya vazirligi tomonidan ishlab chiqilgan loyihada qayd etilishicha, qonun insonlarning tasvirga boʻlgan huquqini mustahkamlash hamda milliy huquqni qoʻllash amaliyoti va 30 ga yaqin xorijiy davlatlar tajribasi tahlil qilingan holda, aholi fikrini oʻrganish uchun muhokama portaliga joylashtirilgan.Loyihaga koʻra, endilikda umumiy qoida tariqasida, endilikda har qanday kishini rasm yoki videoga olish hamda ushbu tasvirdan foydalanish uchun uning roziligi talab qilinadi.Shu bilan birga, loyi
Turkiy davlatlar tashkilotiga aʼzo mamlakatlar raqamli iqtisodiyot sohasida hamkorlik qiladi
Ushbu bitim 2024-yil 6-noyabr kuni Bishkek shahrida imzolangan boʻlib, u Turkiy davlatlar oʻrtasida innovatsion texnologiyalar, raqamli texnologiyalarni rivojlantirish va axborot almashish sohalarida hamkorlikni kengaytirishni nazarda tutadi.Bitimni amalga oshirish boʻyicha masʼul organ etib Istiqbolli loyihalar milliy agentligi belgilandi. Shuningdek, Vazirlar Mahkamasi hamda tegishli vazirlik va idoralar rahbarlari ushbu xalqaro shartnoma kuchga kirgandan soʻng, uning bajarilishi ustidan
Oʻzbekistonda Imom Moturidiy tavalludining 1155-yilligi keng nishonlanadi
O'zbekiston Respublikasi Prezidentining qaroriBuyuk vatandoshimiz, islomiy ilmlar rivojiga ulkan hissa qo'shgan benazir alloma, kalom ilmining sultoni Imom Abu Mansur 'Moturidiyning (keyingi o'rinlarda ' Imom Moturidiy) ibratli hayot yo'li va boy ilmiy-ma'naviy merosini har tomonlama chuqur o'rganishni rag'batlantirish, moturidiylik ta'limotiga xos bag'rikenglik va'mo'tadillik tamoyillarini xalqimiz va jahon jamoatchiligi o'rtasida keng targ'ib etish, yoshlarni Vatanga muhabbat, milliy va umumin