Hanjou-2022: Muzaffarbek Toʻraboyev Osiyo oʻyinlari chempioni!

Foto: «Xalq so‘zi»
Oʻzbekiston delegatsiyasi gʻaznasi yana bir oltin medal bilan boyidi.
Bayroqdorimiz Muzaffarbek Toʻraboyev dzyudo boʻyicha -100 kg vazn toifasida chempionlikni qoʻlga kiritib, ushbu Osiyo oʻyinlaridagi beshinchi oltin medalimizni keltirdi.

Hamyurtimiz qiziqarli kechgan final bahsida moʻgʻulistonlik Gonchigsuren Batxuyagni magʻlubiyatga uchratdi.