2023-yil sentabr oyida buyuk alloma va mutafakkir Abu Rayhon Beruniy tavalludining 1050-yilligi nishonlanmoqda

Xotira sanasi munosabati bilan Oʻzbekiston Madaniyat va sanʻatni rivojlantirish jamgʻarmasi tomonidan “Abu Rayhon Beruniy. Geografik va intellektual sayohatlar” xalqaro koʻrgazma loyihasi tayyorlandi. Koʻrgazma 2023-yil 5–8-sentabr kunlari YUNESKO bosh qarorgohida muxlislar uchun muntazir boʻldi.