O'zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyev va Turkmaniston Prezidenti Serdar Berdimuhamedovning telefon orqali muloqoti bo'lib o'tdi

Davlatimiz rahbari Turkmaniston Prezidentini tavallud kuni bilan samimiy qutlab, unga katta muvaffaqiyatlar, qardosh turkman xalqiga farovonlik va ravnaq tiladi.
Ikki tomonlama munosabatlar va mintaqaviy hamkorlikning dolzarb masalalari ko'rib chiqildi.
Konstruktiv siyosiy muloqot va samarali idoralararo aloqalar rivojlanib borayotgani mamnuniyat bilan qayd etildi. O'zaro savdo hajmi oshib bormoqda, "Xorazm-Toshovuz" chegaraoldi savdo zonasini tashkil etish loyihasi birgalikda amalga oshirilmoqda. Energetika va transport sohalaridagi kooperatsiya mustahkamlanmoqda. Oktyabr oyida poytaxtimizda Turkmaniston madaniyati kunlari o'tkaziladi.
O'zbekiston va Turkmaniston Prezidentlari Markaziy Osiyoda o'zaro manfaatli hamkorlikni, shu jumladan amaldagi ko'p tomonlama formatlar doirasida kengaytirish masalalari yuzasidan fikr almashdilar.
Telefon muloqoti yakunida davlatimiz rahbari Turkmaniston Prezidenti va xalqini bo'lajak Mustaqillik kuni bilan dildan tabrikladi.
Dollar kursi bir necha kunlik koʻtarilishdan soʻng biroz pastladi
Unga koʻra, dollarning rasmiy kursi'14,82 soʻmga'tushdi va'12 965,34 soʻmni'tashkil qildi.Yevro kursi ham'81,50 soʻmga'pastladi va'14 525,07 soʻm'etib belgilandi.Rossiya rubli ham'0,29 soʻmga'tushib,'161,34 soʻmni'tashkil etdi.
Oʻzbekistonda toʻrt oyda 29 mingdan ortiq yangi korxona tashkil etildi
2025-yilning yanvar'aprel oylarida Oʻzbekistonda jami 29 ming 134 ta yangi korxona va tashkilot (fermer va dehqon xoʻjaliklarisiz) tashkil etilgan. Bu oʻtgan yilning shu davriga nisbatan 5,2 foizga koʻp boʻlib, mamlakatda tadbirkorlik va iqtisodiy faollik darajasining ortib borayotganini koʻrsatmoqda.Yangi tashkil etilgan korxonalar soni boʻyicha Toshkent shahri yetakchilik qilmoqda. Mazkur davr mobaynida poytaxtda 6 ming 363 ta yangi korxona roʻyxatdan oʻtgan. Bu umumiy koʻrsatkichnin
Oʻzbekiston investorlarni chorlamoqda
Oʻzbekistonga xalqaro hamjamiyatning qiziqishi kun sayin ortib boryapti.Yaqinda poytaxtimizda boʻlib oʻtgan IV Toshkent xalqaro investitsiya forumi mamlakat iqtisodiyoti uchun yangi imkoniyatlar eshigini ochdi. Ochigʻini aytganda, global xavfsizlik va barqaror rivojlanishga jiddiy tahdidlar tobora kuchayib, geosiyosiy jarayonlar koʻz oʻngimizda shiddat bilan oʻzgarayotgan, jahonda qurollanish poygasi yana avj olgan bir pallada investitsiyalarni jalb etish oson ish emas. Vaholanki, iqtisod
Shavkat Mirziyoyev va Bolgariya Prezidenti Rumen Radev Ikki tomonlama hamkorlikni kengaytirish toʻgʻrisida qoʻshma deklaratsiyani imzoladilar
Toshkent shahrida boʻlib oʻtgan muzokaralar yakunida Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyev va Bolgariya Respublikasi Prezidenti Rumen Radev Ikki tomonlama hamkorlikni kengaytirish toʻgʻrisida qoʻshma deklaratsiyani imzoladilar.Yetakchilar huzurida ikki tomonlama hujjatlar, jumladan, Tashqi ishlar vazirliklari oʻrtasida 2026-2027-yillarga moʻljallangan hamkorlik dasturi hamda Toshkent va Sofiya shaharlari oʻrtasida sheriklik munosabatlarini oʻrnatish toʻgʻrisidagi bit