Akademik eshkak eshish: Belgrad shahrida navbatdagi jahon chempionati boʻlib oʻtadi

3-10-sentyabr kunlari Serbiyaning Belgrad shahrida akademik eshkak eshish boʻyicha navbatdagi jahon chempionati boʻlib oʻtadi. Parij-2024 Olimpiadasi yoʻllanmalari oʻynaladigan mazkur dunyo birinchiligida Oʻzbekiston terma jamoasi ham ishtirok etadi.
Musobaqada sportchilarimiz 2 dasturda startga chiqishadi. Erkaklar oʻrtasida yengil vaznli sportchilar bahsida Shahzod Nurmatov va Sobirjon Safaraliyev ishtirok etsa, ayollar toifasida Anna Prakaten medallar uchun kurashadi.