Oʻzbekistonga 76,8 ming tonna banan import qilingan

Statistika agentligining dastlabki maʼlumotlariga koʻra, Oʻzbekistonga 2023-yilning yanvar-iyul oylarida xorijdan qiymati 54,5 mln AQSH dollariga teng boʻlgan 67,1 ming tonna banan import qilingan.

Banan importi hajmi 2022-yilning mos davri bilan solishtirilganda 9,5 ming tonnaga oshgan.

Oʻzbekiston 2023-yilning 7 oyida eng koʻp banan import qilgan davlatlar:

— Ekvador – 76,4 ming tonna

— Turkiya – 200 tonna

— Qozogʻiston – 142 tonna.