Senat Raisi Toshkent shahrida ijtimoiy obyektlar va tadbirkorlar faoliyati bilan tanishdi, mahallalarda aholi bilan uchrashdi


Shu kunlarda Oliy Majlis Senati aʼzolari hududlarda bo‘lib, aholi bilan bevosita muloqotlar o‘tkazishmoqda. Xususan, Oliy Majlis Senati Raisi Tanzila Narbayeva Toshkent shahrining Shayhontohur hamda Uchtepa tumanlari mahallalari, ijtimoiy-iqtisodiy obyektlarlarda bo‘lib, aholi vakillari, tibbiyot xodimlari, tadbirkorlik subyektlari bilan uchrashdi.
Dastlabki manzil, poytaxtimizning Shayhontohur tumanida yaqinda yangidan qurib foydalanishga topishirilgan 41-sonli oilaviy poliklinika bo‘ldi. Ushbu tibbiyot muassasasi tumandagi beshta mahallada istiqomat qiluvchi 30 ming nafardan ortiq aholiga xizmat ko‘rsatadi. 3 qavatli binoda sifatli tibbiy xizmat ko‘rsatish uchun barcha sharoitlar yaratilgan, tibbiyot xonalari zamonaviy tibbiy uskuna va jihozlar bilan taʼminlangan.
Oilaviy poliklinikada o‘tgan suhbat chog‘ida aholi sog‘lig‘ini saqlash borasida tumanda amalga oshirilayotgan ishlar, tibbiyotning birlamchi bo‘g‘inini aholiga yana-da yaqinlashtirish, bunda patronaj xizmatlariga ko‘proq etibor qaratish, mazkur jarayonga xalq deputatlari mahalliy kengashlarini ham jalb etish yuzasidan fikr-mulohazalar bildirib o‘tildi.
Bugun ko‘plab iqtisodiy-ijtimoiy masalalar yechimida tadbirkorlarning o‘rni muhim. Ular hududlarning rivojlanishi, aholini ish bilan taʼminlashda yetakchi kuchga aylanib bormoqda. T. Narbayeva Uchtepa tumani “Katta Cho‘ponota” mahallasida joylashgan qandolatchilik korxonasi faoliyati bilan tanishdi, uning taʼsischilari va xodimlari bilan suhbat qildi.
Bundan bir necha yillar avval o‘z xonadonida turli xil pishiriqlar tayyorlab, aholi dasturxoniga yetkazib bergan oila, biznesni rivojlantirish maqsadida dastlab qandolat do‘koni ochishadi. Oilaviy biznes 2022 yilda tadbirkorlarni qo‘llab-quvvatlashga qaratilgan islohotlar natijasida maydoni 15 ming kvadrat metr bo‘lgan yangi, zamonaviy qandolatchilik fabrikasi darajasiga yetdi. 30 ta ishlab chiqarish sexlarida 500 xildan ortiq tayyor mahsulot tayyorlanayotgan korxonada 1900 nafar kishi mehnat qilmoqda, ularning 60 foizi xotin-qizlarni tashkil etadi.
Muloqot davomida xodimlarga munosib mehnat sharoitlarini yaratish, ularni ijtimoiy qo‘llab-quvvatlash, korxona hududi yaqinidagi mahallalarda “Yoshlar daftari”, “Ayollar daftari”ga kiritilgan fuqarolarni ish bilan taʼminlash masalalariga eʼtibor qaratildi.
Tumanidagi “Sharq yulduzi” mahallasida esa nuroniylar, faollar va xotin-qizlar vakillari bilan samimiy ruhda o‘tgan uchrashuvda mahalla beshligi faoliyati, yoshlarga berilayotgan eʼtibor, mahallalar infratuzilmasini yaxshilash, tadbirkorlikni rivojlantirish kabi masalalar bo‘yicha fikr almashildi. Xususan, bugungi kunda asosiy eʼtibor mahallaga qaratilayotganligi, mahalladagi muammolarni mustaqil hal etish uchun “mahalla byudjeti” joriy etilganligi, ijtimoiy daftarlar orqali aholi muammolari bartaraf etilayotganligi va bu ishlar davom ettirilishi ham aytib o‘tildi.
Tadbirkor ayollarga garovsiz kredit ajratiladi
Oʻzbekistonda ayollar tadbirkorligini rivojlantirish va ularni qoʻllab-quvvatlash boʻyicha yangi dasturlar joriy etilmoqda. Prezidentning 2025-yil 14-martdagi 'Oila va xotin-qizlarni qoʻllab-quvvatlash tizimini yana-da takomillashtirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida'gi qaroriga koʻra, ayollar bandligini oshirish, taʼlim olish imkoniyatlarini kengaytirish va ularning tadbirkorlik faoliyatini qoʻllab-quvvatlash boʻyicha qator maqsadli chora-tadbirlar amalga oshiriladi.Qarorga muvofiq, 202
Turkiy davlatlar tashkilotiga aʼzo mamlakatlar raqamli iqtisodiyot sohasida hamkorlik qiladi
Ushbu bitim 2024-yil 6-noyabr kuni Bishkek shahrida imzolangan boʻlib, u Turkiy davlatlar oʻrtasida innovatsion texnologiyalar, raqamli texnologiyalarni rivojlantirish va axborot almashish sohalarida hamkorlikni kengaytirishni nazarda tutadi.Bitimni amalga oshirish boʻyicha masʼul organ etib Istiqbolli loyihalar milliy agentligi belgilandi. Shuningdek, Vazirlar Mahkamasi hamda tegishli vazirlik va idoralar rahbarlari ushbu xalqaro shartnoma kuchga kirgandan soʻng, uning bajarilishi ustidan
15-aprel kuni qaysi hududlarda yomgʻir yogʻishi maʼlum qilindi
Toshkent'shahrida havo biroz bulutli boʻladi, yogʻingarchilik kutilmaydi. Shamol sharqdan 3-8 m/s tezlikda esadi, kechga yaqin 10-12 m/s gacha kuchayishi mumkin. Harorat kechasi 13-15 daraja, kunduzi 26-28 daraja issiq boʻladi.Qoraqalpogʻiston'Respublikasi va'Xorazm'viloyatida havo biroz bulutli boʻladi, yogʻingarchilik kutilmaydi, faqat kechga yaqin biroz qisqa muddatli yomgʻir yogʻishi, momaqaldiroq boʻlishi mumkin. Sharqiy shamol yoʻnalishini oʻzgartirib, gʻarbdan 7-12 m/s tezlikd
Oʻzbekistonda yangi unvon taʼsis etildi
Qonunga koʻra, 'Oʻzbekiston Respublikasida xizmat koʻrsatgan ekolog' faxriy unvoni mamlakatda ekologiya va atrof-muhitni muhofaza qilish sohasini rivojlantirish, tabiatni asrab-avaylash, biologik xilma-xillikni saqlash, iqlim oʻzgarishi oqibatlarini yumshatish, tabiiy resurslardan oqilona foydalanish va ularni qayta tiklash borasida salmoqli natijalarga erishgan ekofaollarga beriladi.Shuningdek, ekologik jihatdan toza va innovatsion texnologiyalarni ishlab chiqishda hamda amaliyotga joriy et