calendar 07 Jun 13:24
eye 108
comments 0
comments Manba: xs

Bulungʻur va Baxmal tumanlarini bogʻlovchi zamonaviy koʻprikning foydalanishga topshirilishi Samarqand va Jizzax viloyati ahlining uzogʻini yaqin qildi

image

Foto: “Xalq soʻzi”

Samarqand viloyatining Bulungʻur tumanidagi “Erganakli” va “Avliyo Parpi” mahallalarida yangi koʻprik barpo etildi.

Kuni kecha foydalanishga topshirilgan ushbu yangi koʻprik nafaqat Bulungʻurning Erganakli mahallasi ahli, balki Jizzax viloyatining Baxmal tumani Gʻubur mahallasida yashovchilarning ham xursandchiligiga sabab boʻldi. Chunki ikki viloyatni bogʻlagan ushbu koʻprikni hududda yashovchilar oʻnlab yillar davomida kutishgan edi.

Oldingisi oʻtgan asrning 70 yillarida qurilgan boʻlib, umuman yaroqsiz holga kelib qolgandi. Sel-toshqinlar sabab yaroqsiz boʻlgan koʻprik bir necha marotaba taʼmirlandi. Ammo tabiat injiqliklaridan soʻng har gal yana yana avariya holatiga kelib qolaverardi.

— Men 65 yoshga kirgan boʻlsam, bu koʻprikni esimni taniganimdan buyon bilaman. Qishda loy, yozda chang, kichik aravadan boshqa narsa oʻtolmas edi, — deydi “Erganakli” MFY hududida yashovchi oqsoqol Ilhom Uralov. —Mana bugun zamonimizga mos boʻlgan koʻprik xalqimiz xizmatiga topshirildi. Samarqand va Jizzax viloyatlarini bogʻlovchi koʻprik qisqa muddatda sifatli qilib qurib bitkazildi. Bu ikki viloyatda yashayotgan elning katta xursandchiligiga sabab boʻldi.

Temirbeton qorishmali koʻprik qurilishiga 2 mlrd. soʻmdan ziyod byudjet mablagʻi sarflandi. Uning uzunligi 36 metrni, eni 9 metrni tashkil etadi.

Tumanning Avliyo Parpi mahallasida ham yangi koʻprik bunyod etildi.Uning uzunligi 26 va eni 6 metr boʻlib, Tuya tortar kanali ustidan oʻtadi.

Ushbu koʻprik ham byudjet mablagʻlari hisobidan qurilib, qator aholi yashash punktlaridagi muammolarga yechim boʻldi. Xususan, endilikda mazkur koʻprik mahallaning Hotam, Eshon va Quvvat qishloqlari aholisini bir-biriga bogʻlab, uzogʻini yaqin qilishga xizmat qilmoqda.

Ayni vaqtda tumanda mavjud 70 dona koʻprikdan 63 tasi qoniqarli holatda boʻlib, qoniqarsiz 7 ta koʻprikni bosqichma-bosqich taʼmirlash yuzasidan yuqori turuvchi tashkilotlarga takliflar kiritilgan.

Dastur asosida bugungi kunda “Fozil Yoʻldosh” massividagi “Bulungʻurariq” arigʻi ustidan oʻtuvchi koʻprik ham zamon talablariga muvofiq barpo etilmoqda. Uni rekonstruksiya qilish Samarqand koʻpriklardan foydalanish unitar korxonasi tomonidan loyihalashtirilgan. Dastlabki hisob-kitoblarga koʻra, koʻprikni taʼmirlash uchun 1 milliard 900 million soʻm mablagʻ talab etiladi. Hozirda respublika byudjetidan zarur mablagʻ ajratilib, qurilish ishlari boshlab yuborilgan.

Abdulaziz YOʻLDOSHEV,

(“Xalq soʻzi”).


Doʻstlaringiz bilan ulashing

21 Apr 08:34
 
308
0
xs.uz

Davlat rahbari sanepidxizmat foliyatidagi kamchiliklarga toʻxtaldi

Taʼkidlanganidek, sut va goʻsht mahsulotlari ishlab chiqaruvchi korxonalar oʻzining mahsulotiga Sanepidqoʻm xulosasini olish tizimidan norozi.Masalan, yiliga 100 million dollarlik bolalar ozuqasi import boʻlmoqda. Lekin zamonaviy uskuna keltirib, zavod qurgan tadbirkor Sanepidqoʻm xulosasi yoʻqligi uchun ishlab chiqarishni boshlay olmayapti. Xulosa berish uchun esa standart yoʻq.Qoʻmita rahbariyati 'bu mahsulotga bizda standart yoʻq', deb kutib oʻtirmasdan, oʻzi tashabbus qilib, tadb

20 Mar 12:54
 
58
0
xs.uz

Tadbirkor ayollar kengashi tashkil etiladi

Oʻzbekistonda ayollar tadbirkorligini rivojlantirish va ularni qoʻllab-quvvatlash boʻyicha muhim qaror qabul qilindi. Prezidentning 2025-yil 14-martdagi 'Oila va xotin-qizlarni qoʻllab-quvvatlash tizimini yanada takomillashtirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida'gi qaroriga koʻra, mamlakatda 'Tadbirkor ayollar' platformasi va bir qator dasturlar'ishga tushiriladi.Qarorga koʻra, yetakchi ishbilarmon ayollardan iborat 'Tadbirkor ayollar kengashi' tashkil etiladi. Ushbu kengash ayollar biznesig

24 Mar 13:25
 
77
0
xs.uz

24-mart kuni ayrim hududlarda kuchli yomgʻir yogʻishi mumkin

Toshkent'shahrida havo biroz bulutli boʻladi, yomgʻir yogʻadi. Sharqiy shamol yoʻnalishini oʻzgartirib, gʻarbdan 3-8 m/s tezlikda esadi, 10-12 m/s gacha kuchayishi mumkin. Harorat kechasi 12-14 daraja iliq, kunduzi 15-17 daraja iliq boʻladi.Qoraqalpogʻiston'Respublikasi,'Xorazm'viloyatida havo biroz bulutli boʻladi, kechasi va ertalab baʼzi joylarda yomgʻir yogʻadi. Shamol gʻarbdan 7-12 m/s tezlikda esadi. Harorat kechasi 5-10 daraja iliq, kunduzi 10-15 daraja iliq boʻladi.Buxoro'v

23 Mar 16:43
 
66
0
xs.uz

Namanganga Xitoydan 30 ta zamonaviy avtobus olib kelindi

Namangan shahriga Xitoyning 'Zhongtong Bus' kompaniyasida ishlab chiqarilgan 30 ta zamonaviy avtobus olib kelindi. Bu haqda Transport vazirligi'xabar berdi.Qayd etilishicha, mazkur avtobuslar shaharda jamoat transporti tizimini takomillashtirish maqsadida 'Turon-95 MBI' MChJ tomonidan olib kelingan.'Yangi avtobuslar tez kunlarda shahar koʻchalarida harakatlana boshlaydi', deyiladi xabarda.Maʼlumot uchun, Namangan shahriga oʻtgan yili 'Ekspress dolina' MChJ tomonidan 36 ta avtobus keltirilgan