calendar 07 Jun 12:21
eye 77
comments 0
comments Manba: xs

Nodavlat notijorat tashkilotlari vakillari bilan ochiq muloqot oʻtkazildi

image

Adliya vazirligi tomonidan nodavlat notijorat tashkilotlari uchun “Nodavlat notijorat tashklotlari sohasidagi islohotlar” mavzusida davra suhbati tashkil qilindi.

Maʼlumot oʻrnida bildiriladiki hozirgi kunda Respublikamiz hududida 9 mingga yaqin nodavlat notijorat tashkilotlari mavjud boʻlib, ular tadbirkorlik va fermerlik, ekologiya, sport, nogironlar huquqini himoya qilish, yoshlar, xotin-qizlar, sogʻliqni saqlash, taʼlim, texnika, fan va ilmiy tadqiqot va boshqa yoʻnalishlarda faoliyat yuritadi.

Davra suhbatida 50 dan ortiq respublika darajasidagi nodavlat notijorat tashkilotlari rahbarlari ishtirok etdi.

Shuningdek, 100dan ortiq mahalliy darajadagi nodavlat notijorat tashkilotlari rahbarlari masofaviy tarzda ishtirok etdilar.

Davra suhbati nodavlat notijorat tashkilotlari uchun erkin fikr almashish maydonini yaratishga qaratilgan boʻlib, unda soʻnggi yillarda nodavlat notijorat tashkilotlari faoliyatini qoʻllab-quvvatlash boʻyicha amalga oshirilgan islohotlar, ijtimoiy sheriklik va jamoatchilik nazorati boʻyicha yaratilgan yangi imkoniyatlar keng yoritildi hamda sohada mavjud tizimli muammo va kamchiliklar muhokama qilindi.

Adliya vazirligi vakillari tomonidan Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2021-yil 4-martdagi PF–6181-son Farmoni bilan tasdiqlangan “2021–2025-yillarda fuqarolik jamiyatini rivojlantirish konsepsiyasi” doirasida soʻnggi 2 yilda amalga oshirilgan ishlar yuzasidan batafsil axborot berildi.

Xususan, vazirlik vakillari tomonidan Konsepsiya doirasida davlat tomonidan nodavlat notijorat tashkilotlariga yaratilgan imkoniyatlar sababli ularing faoliyati samaradorligi va moliyaviy barqarorligini taʼminlashiga xizmat qilgani taʼkidlandi.

Misol uchun, davlat tomonidan yaratilgan imkoniyalar natijasida nodavlat notijorat tashkilotlariga tashqi manbalardan 2021-yilda – 46 mln. AQSH dollari miqdorida pul mablagʻlari kelib tushgan boʻlsa, 2022-yilda bu koʻrsatkich – 54 mln AQSH dollarini tashkil etgan.

Oliy Majlis huzuridagi Nodavlat notijorat tashkilotlarini va fuqarolik jamiyatining boshqa institutlarini qoʻllab-quvvatlash jamoat fondi tomonidan fuqarolik jamiyati institutlariga davlat granti, subsidiya va ijtimoiy buyurtmalar shaklida 2021-yilda
75 mlrd soʻm ajratilgan boʻlsa, ushbu koʻrsatkich 2022-yilda 97 mlrd soʻmni tashkil qilgan.

Bundan tashqari, Konsepsiya doirasida fuqarolik jamiyati institutlari faoliyatini takomillashtirishga qaratilgan jami
12 ta normativ-huquqiy hujjat, shundan 4 ta qonun, 1 ta Oliy Majlis palatalari qoʻshma qarori, 2 ta Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining qarori, 5 ta Vazirlar Mahkamasi qarorlari loyihalari ishlab chiqilganligi qayd etildi.

Shu bilan birga, kuni kecha Vazirlar Mahkamasining 192-son qarori bilan tasdiqlangan Fuqarolik jamiyatini rivojlantirish konsepsiyasini 2023 va 2024-yillarda amalga oshirish boʻyicha
“Yoʻl xaritasida” nodavlat notijorat tashkilotlari faoliyatini yanada qoʻllab-quvvatlashga qaratilgan chora-tadbirlar boʻyicha maʼlumot berildi.

Davra suhbati davomida nodavlat notijorat tashkilotlar bilan ularning faoliyatlari davomida yuzaga kelgan muammolar, davlat
va jamiyat boshqaruvida ijtimoiy sheriklikning ahamiyati, ushbu yoʻnalishda mavjud muammo va kamchiliklar yuzasidan fikrlar almashildi.

Davra suhbati ochiq va savol-javob tarzida oʻtkazilib, uning yakunida nodavlat notijorat tashkilotlari sohasini yanada takomillashtirish, taʼsirchan jamoatchilik nazorati tizimini yoʻlga qoʻyish, nodavlat notijorat tashkilotlari faoliyatini yanada qoʻllab-quvvtlash boʻyicha taklif va tafsiyalar ishlab chiqildi.

Shohsanam YOʻLDOSHEVA,

OʻzDJTU talabasi.


Doʻstlaringiz bilan ulashing

01 Jun 03:47
 
42
0
xs.uz

Kadastr pasportlarini berish muddatlari oʻzgartirildi

Joriy yilning 27-may kuni Vazirlar Mahkamasining 'Oʻzbekiston Respublikasining 'Oʻzboshimchalik bilan egallab olingan yer uchastkalariga hamda ularda qurilgan binolar va inshootlarga boʻlgan huquqlarni eʼtirof etish toʻgʻrisida'gi Qonunini amalga oshirish boʻyicha qoʻshimcha chora-tadbirlar haqida'gi 330-son qarori qabul qilindi. Bu haqda 'Norma''xabar berdi.Hujjat bilan Koʻchmas mulk obyektiga kadastr pasportini berish boʻyicha davlat xizmatlari koʻrsatishning maʼmuriy reglamentiga

08 Jun 02:26
 
27
0
xs.uz

Qasim-Jomart Toqayevdan Rejep Tayyip Erdogʻangacha: Xorijiy hamkorlardan Qurbon hayiti munosabati bilan Prezidenti Shavkat Mirziyoyev nomiga samimiy qutlovlar kelmoqda

Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyev nomiga maʼnaviy hayotimizda muhim oʻrin egallagan, azaldan xalqimizga xos boʻlgan mehr-oqibat, bagʻrikenglik va saxovat kabi olijanob fazilatlarni oʻzida mujassam etgan muqaddas Qurbon hayiti ' Iyd al-Adho munosabati bilan xorijiy davlatlar va hukumatlar, nufuzli xalqaro tashkilotlar va mintaqaviy tuzilmalar rahbarlaridan tabrik maktublari kelib tushmoqda.Xorijiy hamkorlar oʻz qutlovlarida Oʻzbekistonning koʻp millatli xalqiga chuqu

13 Jun 00:38
 
83
0
xs.uz

Oʻzbekiston va Rossiya yetakchilari telefon orqali muloqot qildi

O'zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyev Rossiya Federatsiyasi Prezidenti Vladimir Putin bilan telefon orqali muloqot qildi.Suhbat avvalida davlatimiz rahbari Rossiya yetakchisi va ko'p millatli xalqini yaqinlashib kelayotgan davlat bayrami - Rossiya kuni bilan samimiy tabrikladi.O'zbekiston bilan Rossiya o'rtasidagi keng qamrovli strategik sheriklik va ittifoqchilik munosabatlarini yanada mustahkamlash, oliy darajadagi uchrashuvlarda erishilgan kelishuvlarni amalga oshirish doiras

15 Jun 10:46
 
19
0
xs.uz

Elektrdan nooqilona foydalangan korxona jarimaga tortildi

'Oʻzenergoinspeksiya' Qoraqalpogʻiston Respublikasi hududiy boshqarmasi tomonidan oʻtkazilgan nazorat tadbirida Toʻrtkoʻl tumanida joylashgan 'T.' AJ tomonidan reaktiv quvvatni kompensatsiya qilmasdan, elektr energiyasidan samarasiz va nooqilona foydalanib kelayotganligi aniqlandi.Ushbu qoidabuzarlik natijasida Oʻzbekiston Respublikasining 940-sonli Qonunining 45-moddasi boʻyicha hisob-kitob qilinib, 108,5 million soʻm miqdorida moliyaviy sanksiya qoʻllanildi.Taʼkidlash joiz, reaktiv q