Velosportchilarimiz Osiyo chempionatining birinchi kunidayoq shohsupaga koʻtarilishdi

Ayni kunlarda Tailandda velosportning shosse yoʻnalishi boʻyicha Osiyo chempionati davom etmoqda.

Musobaqaning ilk kunidan oʻrin olgan aralash jamoaviy estafeta bahslarida sportchilarimiz kumush va bronza medallarni qoʻlga kiritishdi.

30 km masofaga kechgan kattalar oʻrtasidagi poygada Olga Zabelinskaya, Yanina Kuskova, Yevgeniya Golotina, Aleksey Fomovskiy, Dmitriy Bocharov, Begzod Rahimboyevdan iborat jamoamiz kumush, Asal Rizayeva, Sevinch Yoʻldosheva, Mohinabonu Elmurodova, Farruh Bobosherov, Diyor Tohirov hamda Kamoliddin Bahriddinovdan iborat yoshlar jamoamiz esa bronza medaliga sazovor boʻlishdi.

Aralash jamoaviy estafeta, kattalar:

1. Qozogʻiston;

2. Oʻzbekiston;

3. Xitoy.

Yoshlar:

1. Qozogʻiston;

2. Tailand;

3. Oʻzbekiston.