calendar 06 Jun 11:21
eye 75
comments 0
comments Manba: xs

1832-1838-yillarda Xiva xoni Olloqulixon davrida qurilgan Toshhovli saroyi konservatsiya va restavratsiya qilindi

image

Xivadagi Toshhovli saroyi 1832-1838-yillarda Xiva xoni Olloqulixonning amri bilan qurilgan. Bu saroy Xivadagi ikkinchi Ark, xonning qasri sifatida barpo etilgan. Toshhovli saroyi haram, mehmonxona, arzxona hovlilaridan iborat. Haramda xonning oilasi yashagan boʻlsa, mehmonxonada xorijdan kelgan elchilar qabul qilingan, arzxonada fuqaroning arz-dodi tinglangan. Xiva shahrining 2500-yillik yubileyi oʻtkazilishi munosabati bilan 1997-yilda Toshhovlida qisman taʼmirlash, tiklash ishlari olib borilgan.

Yaqinda Toshhovli saroyini konservatsiya va restavratsiya qilish loyihasi AQSH Davlat departamentining Madaniy merosni asrab-avaylash jamgʻarmasi (AFCP) koʻmagida amalga oshirildi. Mahalliy usta kulollar tomonidan saroyning bezakli koshinlari qayta tiklandi. Ushbu tarixiy obidada aks ettirilgan badiiy elementlar aynan Xivaga xos boʻlib, ular boshqa joyda uchramaydi.

Toshhovli saroyida konservatsiya va restavratsiya ishlari tugashi munosabati bilan AQSHning Oʻzbekistondagi favqulodda va muxtor elchisi Jonatan Xenik qadimiy Ichanqalʼa majmuasida boʻldi, xorazmlik mohir kulollar, yogʻoch va marmar oʻymakor ustalari hamda xattotlar mehnatining mahsuli boʻlgan, xalqimizning koʻp asrlik madaniyati va anʼanalarini oʻzida aks ettirgan tarixiy obidalarga yuksak baho berdi.

                                                      Odilbek Odamboyev,

                                                              “Xalq soʻzi”.


Doʻstlaringiz bilan ulashing

08 Jun 02:26
 
27
0
xs.uz

Shavkat Mirziyoyev va Eron Islom Respublikasi Prezidenti Masʼud Pezeshkiyon bilan telefon orqali gaplashdi

Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyev va Eron Islom Respublikasi Prezidenti Masʼud Pezeshkiyon 5-iyun kuni boʻlib oʻtgan telefon orqali muloqotda bir-birini va doʻst xalqlarimizni muqaddas Qurbon hayiti ' Iyd al-Adho bilan samimiy qutlab, tinchlik-osoyishtalik, farovonlik va ravnaq tiladilar.Oʻzbekiston bilan Eron oʻrtasidagi koʻp qirrali munosabatlarni yanada rivojlantirishning dolzarb masalalari koʻrib chiqildi.Hukumatlar, vazirlik va idoralar darajasidagi faol muloqo

15 Jun 10:46
 
36
0
xs.uz

Qashqadaryoda soxta profilaktika inspektori qoʻlga olindi

Maʼlum boʻlishicha, Qarshi shahrida yashovchi shaxs oʻzini hududiy profilaktika inspektori deb tanishtirib, fuqaroga uning ustidan ariza tushganligi hamda qoʻlida turli foto va videotasvirlar borligini aytib uni boʻlimga chaqirgan.Ayol borolmasligini maʼlum qilgach ushbu shaxs ayoldan ishini hal qilib berishi uchun 500 dollar talab qilgan.Uning soʻzlariga ishongan ayol shaxsiy maʼlumotlari oshkor boʻlmasligi uchun soxta profilaktika inspektorining plastik kartasiga pullarni oʻtkazib be

17 May 21:46
 
56
0
xs.uz

Shavkat Mirziyoyev Qasim-Jomart Toqayevni tavallud kuni bilan samimiy tabrikladi

Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyev 17-may kuni boʻlib oʻtgan telefon orqali muloqotda Qozogʻiston Respublikasi Prezidenti Qasim-Jomart Toqayevni tavallud kuni bilan samimiy tabriklab, qardosh Qozogʻiston xalqining farovonligi va ravnaqi yoʻlidagi masʼuliyatli davlatchilik faoliyatida katta muvaffaqiyatlar tiladi.Oʻzbekiston bilan Qozogʻiston oʻrtasidagi yaxshi qoʻshnichilik, strategik sheriklik va ittifoqchilik munosabatlarini yanada rivojlantirish va mustahkamlash

13 Jun 00:36
 
26
0
xs.uz

Rossiya Ichki ishlar vaziri foyda keltirmaydigan migrantlarni davlatdan chiqarib yuborishga chaqirdi

Rossiya Ichki ishlar vaziri Vladimir Kolokolsev Rossiya uchun 'foydasiz' boʻlgan migrantlar mamlakatni tark etishi lozimligini aytdi. Bu haqda 'RBK' xabar qildi.'Koʻchalarda va turar joy sektorida noqonuniy migrantlar boʻlmasligi kerak. Ishini yoʻqotganlar, OTMdan haydalganlar, daktiloskopiyadan oʻtmaganlar, til oʻrganmayotganlar, Rossiya jamiyatiga foyda keltirmayotganlar mamlakatimizni tark etishi kerak', degan vazir.IIV rahbari masʼullarni migrantlar oʻrtasidagi jinoyatchilikka qarshi