calendar 06 Jun 09:20
eye 55
comments 0
comments Manba: xs

Yaylov xoʻjaliklarini rivojlantirish uyushmasi tizimining subyektlarida faoliyatni amalga oshirayotgan mavsumiy xodimlarga nisbatan vaqtinchalik soliq imtiyozlari qoʻllaniladi — Qonun loyihasi

image

Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Qonunchilik palatasining navbatdagi majlisi boshlandi.

Majlisda deputatlar ipakchilik sohasini yanada rivojlantirishga qaratilgan — “Oʻzbekiston Respublikasi Soliq kodeksining 483-moddasiga qoʻshimcha kiritish toʻgʻrisida”gi qonun loyihasini ikkinchi oʻqishda koʻrib chiqyaptilar.

Qonun loyihasi bilan Yaylov xoʻjaliklarini rivojlantirish uyushmasi tizimining subyektlarida faoliyatni amalga oshirayotgan mavsumiy xodimlarga nisbatan vaqtinchalik soliq imtiyozlari qoʻllanilishi nazarda tutilyapti. Ushbu davr mobaynida sohadagi mavsumiy ishchilar uchun ijtimoiy soliq stavkasi 1 foiz miqdorida belgilanadi.

Bundan tashqari, soliq toʻlovchilarning ipak qurti urugʻini va pillani yetishtirishdan, pillani qayta ishlashdan, tayyor ipak mahsulotlarini hamda ipakchilik tarmogʻi uchun yordamchi materiallarni ishlab chiqarishda aylanmadan olinadigan soliqni toʻlashdan ozod etilishi ham loyihasida oʻz aksini topmoqda.


Doʻstlaringiz bilan ulashing

20 Mar 12:54
 
50
0
xs.uz

Shavkat Mirziyoyev Gurbanguli Berdimuhamedov bilan telefon orqali muloqot qildi

Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyev 19-mart kuni Turkman xalqining milliy yetakchisi, Turkmaniston Xalq Maslahati Raisi Gurbanguli Berdimuhamedov bilan telefon orqali muloqot qildi. Ikki tomonlama munosabatlar va mintaqaviy hamkorlikning dolzarb masalalari koʻrib chiqildi.Suhbat avvalida davlat rahbarlari yaqinlashib kelayotgan bahor ayyomi - Navroʻz munosabati bilan bir-birlarini samimiy qutlab, mustahkam sogʻlik, farovonlik va muvaffaqiyatlar, birodar Oʻzbekiston va Tur

20 Mar 12:54
 
39
0
xs.uz

Har qanday shaxsni uning roziligisiz tasvirga olish taqiqlanishi mumkin

Adliya vazirligi tomonidan ishlab chiqilgan loyihada qayd etilishicha, qonun insonlarning tasvirga boʻlgan huquqini mustahkamlash hamda milliy huquqni qoʻllash amaliyoti va 30 ga yaqin xorijiy davlatlar tajribasi tahlil qilingan holda, aholi fikrini oʻrganish uchun muhokama portaliga joylashtirilgan.Loyihaga koʻra, endilikda umumiy qoida tariqasida, endilikda har qanday kishini rasm yoki videoga olish hamda ushbu tasvirdan foydalanish uchun uning roziligi talab qilinadi.Shu bilan birga, loyi

20 Mar 12:54
 
51
0
xs.uz

Turkiy davlatlar tashkilotiga aʼzo mamlakatlar raqamli iqtisodiyot sohasida hamkorlik qiladi

Ushbu bitim 2024-yil 6-noyabr kuni Bishkek shahrida imzolangan boʻlib, u Turkiy davlatlar oʻrtasida innovatsion texnologiyalar, raqamli texnologiyalarni rivojlantirish va axborot almashish sohalarida hamkorlikni kengaytirishni nazarda tutadi.Bitimni amalga oshirish boʻyicha masʼul organ etib Istiqbolli loyihalar milliy agentligi belgilandi. Shuningdek, Vazirlar Mahkamasi hamda tegishli vazirlik va idoralar rahbarlari ushbu xalqaro shartnoma kuchga kirgandan soʻng, uning bajarilishi ustidan

20 Mar 12:54
 
40
0
xs.uz

Oʻzbekistonda Imom Moturidiy tavalludining 1155-yilligi keng nishonlanadi

O'zbekiston Respublikasi Prezidentining qaroriBuyuk vatandoshimiz, islomiy ilmlar rivojiga ulkan hissa qo'shgan benazir alloma, kalom ilmining sultoni Imom Abu Mansur 'Moturidiyning (keyingi o'rinlarda ' Imom Moturidiy) ibratli hayot yo'li va boy ilmiy-ma'naviy merosini har tomonlama chuqur o'rganishni rag'batlantirish, moturidiylik ta'limotiga xos bag'rikenglik va'mo'tadillik tamoyillarini xalqimiz va jahon jamoatchiligi o'rtasida keng targ'ib etish, yoshlarni Vatanga muhabbat, milliy va umumin