"Chiqindilarni ommaviy yig'ish" umummilliy harakati tashkil etiladi

Farmonga ko'ra, 2024 yil 1 yanvardan davlat o'rmon fondi uchastkalari faqat "E-auksion" platformasi orqali ijaraga beriladi.
2023 yil 1 iyuldan chiqindi poligonlarini xususiylashtirish taqiqlanadi.
2023 yil 1 dekabrdan quyidagi yerlarda elektromobillarni tez quvvatlantirish stantsiyalari barpo etiladi:
- Nukus shahri, viloyatlar markazlari va viloyat bo'ysunuvida bo'lgan shaharlar hududlaridagi avtomobillarga yoqilg'i quyish shoxobchalari, sig'imi 100 avtomobildan ortiq bo'lgan avtoturargohlar hamda bozorlar hududida;
- "O'zbekiston turizm magistrali" turizm transport koridori avtomagistral yo'llarida joylashgan avtomobillarga yoqilg'i quyish shoxobchalari, savdo va ko'ngilochar markazlari hududida.
"O'zbekiston turizm magistrali" turizm transport koridorining cho'l va sahro qismida quyosh elektr stantsiyalarini qurgan holda birinchi 50 ta elektromobillarni tez quvvatlantirish stantsiyalarini barpo etish uchun har bir loyihaga 100 million so'm subsidiya sifatida ajratiladi.
2023 yil 1 iyuldan "Chiqindilarni ommaviy yig'ish" ("O'zPlogging") umummilliy harakati tashkil etiladi.
Shuningdek, farmonga ko'ra:
- "Tabiatga mehr" innovatsion va intellektual loyihalar tanlovi o'tkaziladi;
- "Tabiat madhiyasi" (musiqa va matni) uchun tanlov eʻlon qilinadi;
- "Yosh ekologlar" harakati ko'krak nishoni taʻsis etiladi;
- maktablarning Milliy o'quv dasturiga "ekosoat" darslari kiritiladi.
2024 yil 1 yanvardan Nukus shahrida:
- ichimlik suvidan foydalanish bo'yicha ko'p qavatli uylar o'rtasida "Tejamkor uy" va "Tejamkor xonadon" reyting tizimi ishga tushiriladi;
- yil yakuniga ko'ra, eng kam suv ishlatgan 20 ta xonadon hamda xonadonlarining 50 foizidan ortig'i belgilangan meʻyorlardan kam suv ishlatgan 20 ta ko'p qavatli uylar rag'batlantiriladi;
- g'olib xonadon va uylarga quyosh panellari yoki uy atrofini yoritish moslamalari bepul o'rnatib beriladi.
Mazkur tajriba 2025 yildan Toshkent shahri va barcha viloyat markazlarida ham joriy qilinadi.
2023 yil 1 iyulgacha Respublikada tashkil etiladigan ekologik aktsiyalar maxsus platformasi ishga tushiriladi.
IZLANUVCHAN INSPEKTOR
– Hududimizdagi mahalliy aholi asosan dehqonchilik, hunarmandchilik va tikuvchilik bilan shug‘ullanishadi. Yil boshidan buyon hali voyaga yetmagan 6 nafar maktab bitiruvchilari bilan suhbatlashib, ularni ishga joylashtirdik. Maqsad yoshlarning bo‘sh vaqtini mazmunli tashkil etgan holda ular o‘rtasida jinoyatchilikning oldini olishga qaratilgan, – deydi leytenant Sh. Komiljonov. Sh. Komiljonov sportga ham alohida mehr qo‘ygan bo‘lib, qo‘l jangi bilan 6 yildan
VAZIFALAR QANDAY BAJARILMOQDA?
Qarshi shahar hokimligida bo‘lib o‘tgan yig‘ilishda “qizil” toifadagi mahallalarda Prezidentning 2025-yil 3-yanvardagi “2025-yilda respublika mahallalarida xavfsiz muhitni yaratish va huquqbuzarliklarning barvaqt oldini olish tizimi samaradorligini yanada oshirish bo‘yicha chora-tadbirlar to‘g‘risida”gi qarorida belgilangan vazifalar ijrosi muhokama qilindi.Yig‘ilishda mahallalarni jinoyatdan xoli hududga aylantirish, ko‘chalarga kuzatuv kameralari o‘rnatish va ularni p
Sirdaryoda Vengriyaning “ZA-Invest Poultry” kompaniyasi bilan hamkorlikda 8 ta fabrika quriladi
Ahmadali SHERNAZAROV/'Xalq soʻzi'. Sirdaryo viloyatida Vengriyaning 'ZA-Invest Poultry' kompaniyasi bilan hamkorlikda amalga oshirilayotgan loyiha doirasida klasterning 130 gektar maydonida 8 ta parrandachilik fabrikasi, inkubator, kushxona va qayta ishlash sexlari, ozuqa ishlab chiqarish korxonasi, muzlatkich va maʼmuriy binolar quriladi. Loyiha toʻliq amalga oshirilgach yiliga 16 million dona broyler tovuq yetkazib beriladi va 120 ming tonna omuxta yem ishlab chiqariladi.Ushbu yirik loyihan
Yangi tashkil etilgan Kichik biznes uyushmasiga rahbar tayinlandi
Prezident Shavkat Mirziyoyev bugun, 19-mart kuni boʻlib oʻtgan kichik va oʻrta biznes vakillari bilan uchrashuvida Kichik biznes uyushmasini tashkil qilish tashabbusini qoʻllab-quvvatlagani haqida'xabar bergan edik.Oila va xotin-qizlar qoʻmitasiga koʻra, mazkur yigʻilishda davlat rahbari Kichik biznes uyushmasini tashkil qilish hamda unga Mirzaliyeva Kamolat Kukanbayevna rahbar etib tayinlanishi boʻyicha tadbirkorlar tomonidan ilgari surilgan tashabbusni'maʼqullagan.Maʼlumot uchun, Kam