calendar 02 Jun 07:22
eye 73
comments 0
comments Manba: xs

Uyali aloqa virtual operatorlari hamda tele- va radiokanallarga davlat bojini to‘lashda imtiyozlar beriladi

image

Foto: Hasan Paydoyev / "Xalq so'zi"

Senatning qirq birinchi yalpi majlisida “Telekommunikatsiyalar sohasida ayrim faoliyat turlarini amalga oshirganlik uchun davlat boji miqdorlari maqbullashtirilishi munosabati bilan “Davlat boji to‘g‘risida”gi O‘zbekiston Respublikasi Qonuniga o‘zgartirish va qo‘shimchalar kiritish haqida”gi Qonun ko‘rib chiqildi.

Qonun bilan uyali aloqa virtual operatorlari (provayderlar) faoliyatini kengaytirish maqsadida ular tomonidan radiotelefon (uyali) aloqa tarmoqlari xizmatlarini ko‘rsatishi natijasida undiriladigan davlat boji miqdorlari kamaytirilmoqda.

Ushbu sohada faoliyat yuritib kelayotgan tadbirkorlik sub’yektlari tomonidan bazaviy hisoblash miqdorining 25 000 baravari miqdorida davlat boji undirilishi belgilab qo‘yilmoqda.

Shu bilan birga, agar uyali aloqa virtual operatori tomonidan navbatdagi yillik davlat bojini to‘lash davridan oldingi moliya yilida ko‘rsatilgan ko‘chma radiotelefon (uyali) aloqa tarmoqlari xizmatlarining qiymati bazaviy hisoblash miqdorining 1,5 million baravaridan oshgan taqdirda, ushbu uyali aloqa virtual operatori daromadining 1 foizi miqdorida qo‘shimcha davlat boji to‘lanishi belgilanmoqda.

Ma’lumot o‘rnida aytish joizki, bugungi kunda respublikamizda o‘z telekommunikatsiya tarmog‘iga ega 5 ta mobil aloqa bazaviy operatori xizmat ko‘rsatib kelmoqda. Radiochastota resursiga ega bo‘lmagan 1 ta virtual mobil aloqa operatori  mavjud.

Senatorlarning ta’kidlashicha, Qonunning qabul qilinishi natijasida uyali aloqa virtual operatorlari faoliyatini kengaytirishga va ularning faoliyat ko‘rsatishi uchun adolatli raqobat muhiti yaratishga erishiladi.

Tahlillarga ko‘ra, hududlardagi xususiy telekanal va radiokanallar o‘z teleradio dasturlarini efirga uzatish hamda  moddiy-texnik bazalarini zamonaviy uskunalar bilan jihozlashda ayrim moliyaviy qiyinchiliklarga duch kelmoqdalar.

Shu bois Qonun bilan teleradioeshittirishlarni tarqatish (namoyish qilish) tarmoqlarini loyihalashtirganlik, qurganlik, ulardan foydalanganlik va ularning xizmatlarini ko‘rsatganlik uchun to‘lanadigan davlat boji miqdorlari 50 foizga kamaytirilmoqda.

Bunda tele- va radiokanallarning moliyaviy imkoniyatlarini yaxshilashga, ya’ni 4,1 mlrd so‘mga yaqin pul mablag‘larini xususiy teleradioeshittirish subyektlari faoliyatini rivojlantirishga erishiladi.

Qonun bilan davlat bojini undirishda yana bir qo‘shimcha imtiyoz berilib, unga ko‘ra, yillik undiriladigan davlat bojining miqdori teng ravishda yilning har choragida bo‘lingan holda to‘lash mexanizmi yaratilmoqda.

Senatorlar ushbu Qonunning qabul qilinishi tadbirkorlik subyektlariga yengillik berish bilan birga, xususiy teleradiokanallar tashkil etilishiga va teledasturlarni sifatli kontentlar bilan to‘ldirishga xizmat qilishini ta’kidlab o‘tdilar.

Qizg‘in muhokamadan so‘ng Qonun senatorlar tomonidan ma’qullandi.

Foto: Hasan Paydoyev / "Xalq so'zi"


Doʻstlaringiz bilan ulashing

23 Mar 16:44
 
68
0
xs.uz

Gʻazodagi havo hujumida HAMAS harakatining yuqori martabali rasmiysi halok boʻldi

Isroilning Gʻazo janubidagi Xon Yunis shahriga uyushtirgan havo hujumi oqibatida HAMASning siyosiy yetakchilaridan biri Saloh al-Bardavil halok boʻldi. Bu haqida 'BBC' nashri xabar berdi.Mahalliy aholi vakillarining soʻzlariga koʻra, Isroil tomonidan uyushtirilgan havo hujumi natijasida XAMASning eng yuqori martabali siyosiy yetakchisi hisoblangan Al-Bardavil hamda uning rafiqasi halok boʻlgan. Hozircha mazkur hujum oqibatlari haqida Isroil rasmiylari hech qanday izoh bermagan.Maʼlum boʻl

22 Mar 08:54
 
40
0
xs.uz

Zelenskiy Rossiya vakillari bilan uchrashishga tayyorligini maʼlum qildi

Kiyev har qanday emotsiya va his-tuygʻularni chetga surib, mojaroning yechimiga erishish uchun Rossiya vakillari bilan uchrashadi.Bu fikrlarni Ukraina prezidenti Vladimir Zelenskiy jurnalistlar bilan boʻlib oʻtgan matbuot anjumanida aytib oʻtdi.'Agar siyosiy iroda boʻlsa..., uchrashuv muammo emas. Agar bizni urushni tugatishga yaqinlashtiradigan ishlab chiqilgan variantlar mavjud boʻlsa, biz hech qanday tanaffus yoki hayajonlarsiz oldinga intilamiz', ' deydi Ukraina rahbari.Shu yilning 19-

04 Apr 16:20
 
42
0
xs.uz

AQSH hukumati davlat xizmatchilariga xitoyliklar bilan munosabatda boʻlishni taqiqladi

AQSH hukumati davlat xizmatchilari va ularning oila aʼzolariga Xitoy fuqarolari bilan ishqiy munosabatda boʻlish taqiqlamoqda. Bu haqda 'Associated Press' oʻz manbalariga tayanib xabar tarqatdi.'Yangi siyosat AQSHning Xitoydagi diplomatik vakolatxonalari, jumladan, Pekindagi elchixonasi va Guanchjou, Shanxay, Shenyan va Uxandagi konsulliklari, shuningdek, Gonkongdagi AQSH konsulligi uchun amal qiladi. Bu Xitoydan tashqaridagi AQSH davlat xizmatchilariga taalluqli emas', ' deyiladi manbada.Shu

18 Apr 11:08
 
25
0
xs.uz

Garvardga chet ellik talabalarni qabul qilish taqiqlanishi mumkin

AQSH Ichki ishlar vazirligi Garvard universitetiga chet ellik talabalarni qabul qilishni taqiqlash bilan tahdid qildi.Agar universitet 30-aprelga qadar antisemitizmga uchragan yoki boshqa talabalar yoki xodimlarga tahdid soladigan xorijlik talabalar toʻgʻrisida Ichki ishlar vazirligiga maʼlumot bermasa, xuddi shunday chora koʻrilishi mumkin. Shuningdek, idora ularga nisbatan qoʻllanilgan intizomiy choralar toʻgʻrisida maʼlumot berilishini talab qilgan.AQSH Ichki ishlar vaziri Kristi Noem