calendar 01 Jun 20:21
eye 52
comments 0
comments Manba: xs

Siemens Energy bilan yangi qoʻshma tashabbuslar ishlab chiqilmoqda

image

Joriy yilning 31-may kuni investitsiyalar, sanoat va savdo vaziri oʻrinbosari Sarvar Xamidov Siemens Energy kompaniyasining Yevropa mintaqasi boʻyicha prezidenti Ariyel Porat bilan muzokaralar oʻtkazdi.

Uchrashuvda ikki tomonlama hamkorlikni kengaytirish masalalari muhokama qilindi. Jumladan, umumiy qiymati 3,4 milliard yevro boʻlgan qoʻshma loyihalarni amalga oshirish masalalari koʻrib chiqildi. Ular qatorida Surxondaryo viloyatida bugʻ-gaz elektr stansiyasini, “Navoiyazot” aksiyadorlik jamiyati negizida fotoelektr va issiqlik elektr stansiyalarini qurish loyihalari ham bor.

Bundan tashqari, uchrashuvda raqamlashtirish, metallurgiya, elektrotexnika, vodorod energetikasi, neft-gaz sanoatini rivojlantirish boʻyicha hamkorlik istiqbollari belgilab olindi.

Muzokaralar yakunlariga koʻra, aniq investitsiya loyihalari, ularni amalga oshirish boʻyicha bosqichma-bosqich mexanizmlari va muddatlarini oʻz ichiga olgan qoʻshma “Yoʻl xaritasi”ni tasdiqlashga kelishildi.


Doʻstlaringiz bilan ulashing

18 Apr 11:08
 
43
0
xs.uz

Rossiyadagi YTHda bir nafar oʻzbekistonlik halok boʻldi, 5 kishi jarohatlandi

Qayd etilishicha, hodisa 16-aprel kuni soat 01:10 da Saratov viloyati Dergachevskiy tumanining Tambov-Penza-Saratov-Pristannoye-Yershov-Ozinki trassasida sodir boʻlgan. Ichida Oʻzbekiston fuqarolari boʻlgan 'Lada Largus' avtomashinasi va trassada turgan, 'Autogalantas' yuk mashinasi ishtirokida yoʻl-transport hodisasi yuz bergan.Rossiya IIV Davlat yoʻl harakati xavfsizligi inspeksiyasi Saratov viloyati boshqarmasi'xabariga koʻra, toʻqnashuv oqibatida yengil avtomobilda yongʻin kelib chiq

20 Mar 12:50
 
43
0
postda.uz

ХУРМОНИНГ ХОСИЯТЛАРИ

• Энергия манбаидир. Хурмо таркибидаги катта миқдордаги глюкоза, фруктоза ва сахароза организмга куч беради. Табиий шароитда етиштирилган хурмо тамадди қилиш кундузги ҳолсизликни бартараф этади.• Мия учун озуқадир. Фенол бирикмалари ва табиий антиоксидантларга э

12 Apr 21:15
 
38
0
xs.uz

Isroil hukumati Gʻazodagi yirik suv inshootlarini ishdan chiqardi

Isroil hukumati Gʻazoning suv inshootlari obyektlariga zarar yetkazib, mahalliy aholini ogʻir ahvolga solib qoʻymoqda, deb xabar berdi 'Al Jazeera' nashri.Maʼlum boʻlishicha, Isroil kuchlari Gʻazo shahrining sharqidagi va markaziy gubernatorlikdagi ikkita yirik suv quvurlariga ataylab zarar yetkazgan. Shuningdek, Deyr al-Balah hududidagi suvni tuzsizlantirish zavodini elektr quvvati bilan taʼminlovchi liniyani ham uzib qoʻygan. Natijada Gʻazo hududini ichishga yaroqli suv bilan taʼminl

15 Apr 07:06
 
35
0
xs.uz

Elektr avtomobillar global isishga qarshi kurashda samarasiz ekani maʼlum boʻldi

Yangi Zelandiyaning Oklend va Xitoyning Syamin universitetlari olimlaridan iborat xalqaro guruh elektromobillarning atrof-muhitga haqiqiy taʼsiri boʻyicha kutilmagan xulosalarni taqdim etdi.Jamoa soʻnggi 15-yil davomida 26 mamlakat maʼlumotlarini, avtomobillarning toʻliq hayoti sikli ' ishlab chiqarishdan to utilizatsiya qilishgacha boʻlgan davrni hisobga olgan holda tahlil qildi.'Maʼlum boʻlishicha, elektromobillarning joriy etilishi iqlimning antropogen oʻzgarishining asosiy omili bo