Yaponiya bosh vaziri shov-shuvli suratlar tarqalishi ortidan oʻgʻlini ishdan boʻshatdi


Foto: Reuters
Yaponiya bosh vaziri Fumio Kisida oʻgʻlini qarorgohdagi ziyofatdan olingan suratlar uchun ishdan boʻshatdi.
Yaponiya bosh vaziri Fumio Kisida otasining rasmiy qarorgohidagi ziyofatdan bahsli suratlarni ommaviy axborot vositalarida chop etishi ortidan oʻgʻlini kotiblik lavozimidan boʻshatdi. Bu haqda “The Japan Times“ nashri xabar bermoqda.
Oʻtgan haftada qarorgohdagi ramziy joylarda suratga olingan Setaro Kisida va uning qarindoshlarining suratlari OAVda tarqaldi. Ular orasida imperator tomonidan tasdiqlanganidan keyin vazirlar mahkamasi aʼzolarining rasman suratga olinadigan asosiy zinapoyada tushilgan surat ham bor. Hukumat avvaliga bosh vazir oʻgʻlining xatti-harakati uchun tanbeh berganini taʼkidladi.
Biroq Kisida oʻgʻlining qilmishi siyosiy kotibga toʻgʻri kelmasligini aytib, uni ishdan boʻshatdi.
“Men oʻz vazifamni xalq ovoziga diqqat bilan quloq solib, kechiktirib boʻlmaydigan masalalarni hal qilishga intilaman”, deya izoh berdi u oʻz qaroriga.
“Vaqt u tomonda emas” — AQSHda Zelenskiy haqida jiddiy bayonot berildi
Kiyev imkon qadar tezroq tinchlik kelishuviga rozi boʻlishi kerak. Bu fikrlarni AQSH armiyasining sobiq polkovnigi Daniel Devis aytib oʻtdi.'Agar Rossiya keng koʻlamli harbiy amaliyotlar oʻtkazmoqchi boʻlsa, u allaqachon Kiyevni yer bilan yakson qilgan boʻlardi, shuning uchun kelishuvni hoziroq, juda kech boʻlmasdan, tuzish kerak', deydi u.Devisning qayd etishicha, Ukraina prezidenti Vladimir Zelenskiy hududiy imtiyozlarni inkor etishda davom etmoqda, ularni keyinroq qaytarishga harakat q
ҒАРОЙИБУ АЖОЙИБ
Дунё бўйича ҳар 100 нафар ўлган кишининг 2 нафари қарилик, қолган 98 нафари эса турли тасодифлар оқибатида бевақт ҳалок бўлади.* * * Мисрда қайнатилган карам тансиқ таом сифатида зиёфат сўнгида дастурхонга тортилади.* *
Tramp AQSH Taʼlim vazirligini yopishga qaratilgan farmonni imzolaydi
AQSH prezidenti Donald Tramp uzoq kutilgan ijro etuvchi farmonni imzolashi kutilmoqda. Ushbu farmon mamlakat Taʼlim vazirligini yopishga qaratilgan boʻlib, bu uning saylovoldi kampaniyasidagi asosiy vaʼdalaridan biri hisoblanadi. Farmon matni bilan tanishgan 'Reuters' agentligining xabar berishicha, ushbu qaror demokratlar tomonidan keskin norozilik bilan kutib olingan.Trampning farmoni hali imzolanmagan boʻlsada, bir guruh demokrat shtatlar bosh prokurorlari ushbu qarorni bekor qilish va Ta
Kolumbiyada xavfli kasallik tarqalishi sababli favqulodda holat eʼlon qilindi
Kolumbiyada sariq isitma avj olgani sababli favqulodda holat eʼlon qilindi. Bu haqda mamlakat sogʻliqni saqlash vaziri Gilermo Alfonso Jaramillo 'Senal Colombia' telekanali orqali maʼlum qildi.'Prezident Gustavo Petro boshchiligidagi hukumat mamlakatda sogʻliqni saqlash boʻyicha favqulodda holat eʼlon qildi', dedi u oʻz chiqishida.Vazirning taʼkidlashicha, Kolumbiyada 74 ta infeksiya holati aniqlangan, ulardan 34 tasi oʻlim bilan yakunlangan.