Toshkentda 6ta mashina ishtirokida YTH sodir bo‘ldi

Foto: YHXB
Toshkent shahrining Yunusobod tumanida 6 ta avtomobil ishtirokida yo‘l-transport hodisasi sodir bo‘ldi. Bu haqda Toshkent shahar IIBB YHXB axborot xizmati xabar berdi
Xabarda ma’lum qilinishicha, joriy yilning 29 may kuni soat 12:30 larda Yunusobod tumani Moyqo‘rg‘on ko‘chasida yo‘l-transport hodisasi kuzatilgan.
To‘qnashuv «Malibu-2», BYD SONG, «VAZ-2105», «Lacetti», «Nexia-3» rusumli yengil mashinalar va «ZIL» rusumli yuk mashinasi ishtirokida ro‘y bergan.
YTH natijasida tan jarohati olganlar yo‘q.
Holat yuzasidan Toshkent shahar IIBB YHXB mas’ul xodimlari tomonidan surishtiruv harakatlari olib borilmoqda.