Gimnastikachilarimiz Varnada oltin va kumush medallarni qoʻlga kiritishdi


Bolgariyaning Varna shahrida sport gimnastikasi boʻyicha Jahon “Chellenj” kubogining birinchi bosqichi nihoyasiga yetdi. Unda ishtirok etgan Oʻzbekiston terma jamoasi 1 tadan oltin va kumush medallariga sazovor boʻldi.
Hamyurtlarimizdan Tokio-2020 Olimpiadasi ishtirokchisi Rasuljon Abdurahimov brusdagi mashqda 14.233 ball bilan oltin medal sohibiga aylandi. Sport otidagi mashqda 14.500 ball jamgʻargan Abdulla Azimov esa shohsupaning ikkinchi pogʻonasidan joy oldi.
CHEMPIONATDA VAKILLARIMIZ MUNOSIB O‘RIN OLISHDI
Buxoroda o‘tkazilgan sportning sambo va jangovar sambo turlari bo‘yicha erkaklar va ayollar o‘rtasidagi O‘zbekiston chempionatida viloyat Ichki ishlar boshqarmasi xodimlari ham munosib ishtirok etishdi. 21 ta vazn toifasida Qoraqalpog‘iston Respublikasi, Toshkent shahar va viloyatlardan tashrif buyurgan 365 nafar sportchilar orasida Buxoro viloyati IIB TVBSO xodimlari quyidagi natijalarni qo‘lga kiritishdi. Jumladan, sportning sambo turida 88 kg vazn toifasida serjant Xudoyor Ibroimo
VAZIR KUBOGIGA START BERILDI
Buxoro shahridagi “Garden plaza” mehmonxonasining konferensiyalar zalida sportning futbol turi bo‘yicha Ichki ishlar organlari xodimlari o‘rtasida “Ichki ishlar vazir kubogi” turniriga qur’a tashlash marosimi o‘tkazildi. Mazkur musobaqada Farg‘ona viloyati IIB, Surxondaryo viloyati IIB, Transport va turizm obyektlarida xavfsizlikni ta’minlash departamenti xodimlari hamda Buxoro viloyati IIB terma jamoalari a‘zolari ishtirok etdi. Shundan so‘ng, viloyat futbol akademi
Sambo bo‘yicha Osiyo-Okeaniya chempionatining tantanali ochilish marosimi o‘tkazildi
Ochilish tadbirida Xalqaro sambo federatsiyasi, Osiyo-Okeaniya sambo ittifoqi, O'zbekiston Milliy Olimpiya qo'mitasi hamda mamlakat sambo federatsiyasi rahbariyati ishtirok etdi. Rasmiylar o'z chiqishlarida ushbu chempionat nafaqat mintaqada, balki jahon miqyosida ham katta ahamiyatga ega ekanini ta'kidlashdi. Shuningdek, O'zbekistonda noolimpiya sport turlari, xususan samboning rivojiga katta e'tibor qaratilayotgani qayd etildi.Marosimdan so'ng musobaqaning final blokiga start berildi va bellas
TAJRIBA VA MAHORAT USTUNLIGI
Yaqinda sportning mini futbol turi bo‘yicha “IIV Malaka oshirish instituti boshlig‘i kubogi” uchun musobaqa tashkil etildi. Unda Toshkent davlat texnika universiteti talabalari, Olmaliq shahridagi bir qator ta'lim muassasalari yoshlari hamda mazkur institut tinglovchilaridan iborat jamoalar ishtirok etishdi. Qiziqarli bahslarga boy tarzda o‘tgan bellashuvlarning yakuniy natijalariga ko‘ra, tajriba va mahorat bobida raqiblaridan ustun kelgan IIV Malaka oshirish institutining