Tehrondan Pekinga uchayotgan samolyot Toshkentga favqulodda qo'ndi

"Tehron — Pekin" yo'nalishida IRM079 reysini amalga oshirayotgan "Mahan Air" aviakompaniyasining samolyoti Toshkentga favqulodda uchib keldi.
Samolyot kecha, 28 may kuni mahalliy vaqt bilan soat 23:20 atrofida Toshkent aeroportiga kelib qo'ngan.
Qo'nishga yurak xurujiga uchragan yo'lovchi sabab bo'lgan. Yo'lovchining sog'lig'i yomonlashgani sababli ekipaj muqobil aerodromga o'tishga qaror qilgan.
Samolyot aeroportga qo'ngach, yo'lovchi tez yordam mashinasida olib ketilgan va malakali tibbiy yordam ko'rsatish uchun tibbiy muassasaga yotqizilgan.
Dollar kursi sezilarli pastlashdan soʻng yana koʻtarildi
Unga koʻra, dollarning rasmiy kursi'22,17 soʻmga'oshdi va'12 790,43 soʻmni'tashkil qildi.Yevro kursi ham'86,40 soʻmga'koʻtarildi va'14 486,44 soʻm'etib belgilandi.Rossiya rubli ham'0,03 soʻmga'tushib,'162,60 soʻmni'tashkil etdi.
Yashil yertoʻla, tabiat va texnologiya uygʻunligi — tobora farovonlashib borayotgan Fargʻona viloyatidan fotoreportaj
'Xalq soʻzi' va 'Narodnoye slovo' gazetalari ijodiy jamoasining vodiy viloyatlariga qilgan xizmat safari davom etadi. Ijodiy jamoamiz bilan birgalikda bugun, 29-aprel kuni Fargʻona viloyatiga tashrif buyurib, hududning tobora zamonaviy qiyofaga kirib borayotganiga guvoh boʻldik.Safarimiz davomida bizni eng hayratga solgan manzillardan biri Fargʻona shahridagi 'Green Organic' mikroorganik oʻsimliklar yetishtirish kooperatsiyasi boʻldi. Qiziq tomoni shundaki, bu korxona shahardagi koʻp qava
Zargarlarning xomashyo bilan bogʻliq birorta muammosi boʻlmasligi kerak — Prezident
Zargarlik sanoatida ishlatiladigan uskunalar va ularni butlovchi qismlari import bojidan ozod qilinadi. Bu haqda Prezident raisligida oʻtayotgan mahalliy sanoatni rivojlantirish boʻyicha videoselektor yigʻilishida maʼlum qilindi.Qayd etilishicha, endilikda zargarlar ham yakka tadbirkor sifatida tilla buyumlari savdosi bilan shugʻullanishi mumkin boʻladi.Mutasaddilarga joylardagi norasmiy zargarlik rastalarini zamonaviy koʻrinishga keltirib, ularning faoliyatini qonuniylashtirish topshiril
“100 milliondan ortiq gullar, modalar haftaligi hamda turfa taomlar taqdimoti”: Namanganda oʻtkazilayotgan 64-Xalqaro gullar festivalidan video va fotoreportaj
Ayni kunlarda Namangan viloyatida 64-Xalqaro gullar festivali boʻlib oʻtmoqda. 'Xalq soʻzi' va 'Narodnoye slovo' gazetalari ijodiy jamoasi vodiy viloyatlariga'qilgan xizmat safari chogʻida gullar shahrida oʻtkazilayotgan mazkur festivalda boʻldi.Joriy yilning 25-may kunidan 29-iyun kuniga qadar davom etishi rejalashtirilgan ushbu Xalqaro festivalda Namangan shahridagi bogʻ va xiyobonlar 100 milliondan ortiq gullar bilan bezatilib, mehmonlarga mutaxassislar ishtirokida mahorat saboqlari be