Toshkentda submintaqaviy tuproq hamkorligi masalalari muhokama qilindi


Foto: “Xalq soʻzi”
Global tuproq hamkorligi (GSP), Submintaqaviy Yevrosiyo tuproq hamkorligi (EASP) va BMT Oziq-ovqat va qishloq xoʻjaligi tashkiloti (FAO)ning Oʻzbekistondagi vakolatxonasi birgalikda tuproq resurslarini barqaror boshqarishni yanada rivojlantirish maqsadida Toshkentda EASPning oltinchi yalpi majlisini tashkil etdi.
Uning maqsadi Yevrosiyo mamlakatlarida yerdan barqaror foydalanish va resurslarni boshqarishni ragʻbatlantirish boʻyicha EASP faoliyatini qayta tiklash, shuningdek, mintaqadagi tegishli ustuvor yoʻnalishlarni aniqlash hisoblanadi. Tadbirda Yevroosiyodagi 12 ta mamlakat vakillari imkoniyat va istiqbollarni, shuningdek, mintaqada tuproq resurslarini barqaror boshqarish boʻyicha ilgʻor tajribalarni joriy etish yoʻlidagi mavjud toʻsiqlarni muhokama qildilar. Bundan tashqari, aniqlangan muammolarni bartaraf etish uchun mintaqaviy hamkorlikni mustahkamlash va bilim almashish chora-tadbirlari toʻgʻrisida kelishib oldilar. Yevroosiyo tuproq hamkorligi majburiyatlari oʻz ichiga olgan Toshkent Kommyunikesi qabul qilindi.
Yalpi majlisda Submintaqaviy Yevroosiyo tuproq hamkorligining yangi ish rejasi muhokama qilindi va oʻzaro kelishildi, yangi rais va rais oʻrinbosari saylandi. Qozogʻiston Respublikasi Qishloq xoʻjaligi vazirligining Yer resurslarini boshqarish qoʻmitasi raisi va mamlakatning Global tuproq sherikligi boʻyicha koordinatori Murat Temirjanov yangi rais etib saylandi. Belarus Davlat universitetining Tuproqshunoslik va geoinformatsiya tizimlari kafedrasi mudiri va Global tuproq hamkorligi Milliy koordinatori Aleksandr Chervan rais oʻrinbosari boʻldi.
— Men barcha masʼul xodimlarga Submintaqaviy Yevroosiyo tuproq sherikligining oltinchi yalpi majlisida faol ishtirok etgani uchun oʻz minnatdorchiligimni bildiraman. Bu juda samarali uchrashuv boʻldi va men boshqaruv vakillari yangilanganidan xursandman, — deydi Yevroosiyo tuproq hamkorligi koordinatori Nataliya Rodriges Euxenio. — Endi biz yangi ish rejasini muvaffaqiyatli amalga oshirish va mintaqadagi oziq-ovqat xavfsizligi va tuproqlarimiz salomatligiga tahdid soladigan asosiy ekologik muammolarni hal qilish uchun birgalikda harakat qilishimiz va har qachongidan ham koʻproq birlashishimiz kerak.
“Andijon turmasi” shahar chekkasiga koʻchiriladi
Andijon shahri markazidagi 'Andijon turmasi' nomi bilan tanilgan 3-son tergov hibsxonasi koʻchiriladi. Bu haqda viloyatda Prezident Shavkat Mirziyoyev raisligida oʻtayotgan yigʻilishda'maʼlum qilindi.Yigʻilishda qurilish va infratuzilma masalalari muhokama qilinar ekan, Xonobod-Andijon magistral suv quvurining 1-tarmogʻidan suv oqimi kamligi sababli 6 ta tumandagi 510 ming aholiga suv yetkazib berishda muammolar borligi koʻrsatib oʻtildi.Shu bois, ushbu quvurning 2-tarmogʻini qurish zar
Oʻzbekistonda Imom Moturidiy tavalludining 1155-yilligi keng nishonlanadi
O'zbekiston Respublikasi Prezidentining qaroriBuyuk vatandoshimiz, islomiy ilmlar rivojiga ulkan hissa qo'shgan benazir alloma, kalom ilmining sultoni Imom Abu Mansur 'Moturidiyning (keyingi o'rinlarda ' Imom Moturidiy) ibratli hayot yo'li va boy ilmiy-ma'naviy merosini har tomonlama chuqur o'rganishni rag'batlantirish, moturidiylik ta'limotiga xos bag'rikenglik va'mo'tadillik tamoyillarini xalqimiz va jahon jamoatchiligi o'rtasida keng targ'ib etish, yoshlarni Vatanga muhabbat, milliy va umumin
Mamlakatdan noqonuniy olib chiqilayotgan katta miqdordagi valyuta toʻxtatib qolindi
Davlat xavfsizlik xizmati va bojxona idoralari tomonidan Toshkent viloyati, Toshkent tumani hududida joylashgan 'Navoiy' chegara-bojxona postida tezkor tadbir oʻtkazildi. Ushbu tadbir davomida mamlakatdan noqonuniy tarzda yirik miqdordagi xorijiy valyutani olib chiqish holati fosh etildi.Tekshiruv davomida qoʻshni davlat tomon harakatlanayotgan 'Lacetti' rusumli avtomashina toʻxtatildi. Mashinani koʻzdan kechirish jarayonida unda yoʻlovchi sifatida ketayotgan, Toshkent tumanida yashovchi 19
Oʻzbekistonning Jiddadagi yangi bosh konsuli tayinlandi
Oʻzbekistonning Jidda shahridagi yangi tayinlangan bosh konsuli Sirojiddin Shamsutdinov Saudiya Arabistoni Tashqi ishlar vazirligi Jidda boʻlimi bosh direktori birinchi oʻrinbosari Ahmad Muhammad Qutb bilan uchrashdi, deb'xabar bermoqda''Dunyo' AA. Qayd etilishicha, muloqot chogʻida Oʻzbekiston va Saudiya Arabistoni oʻrtasidagi aloqalarning bugungi holati va istiqbollari xususida fikr almashilgan.Ahmad Muhammad Qutb Oʻzbekiston va Saudiya Arabistoni rahbarlari oʻrtasida oʻrnatilgan y