Aholi jon boshiga YAIM hajmi 5,5 mln soʻmni tashkil etgan

Statistika agentligining dastlabki maʼlumotlariga koʻra, 2023-yilning yanvar-mart oylarida aholi jon boshiga hisoblangan yalpi ichki mahsulot hajmi 5,5 mln soʻmni tashkil etgan.

Yillar kesimida aholi jon boshiga YAIM hajmi:

— 2021-yil yanvar-mart – 3,9 mln soʻm

— 2022-yil yanvar-mart – 4,7 mln soʻm

— 2023-yil yanvar-mart – 5,5 mln soʻm.