Andijon viloyatida toza ichimlik suvi iste’molchilarining qarzi 150 mlrd. so‘mga yetdi


Foto: «Xalq so‘zi»
So‘nggi yillarda respublikamizda, jumladan, Andijon viloyatida aholini toza ichimlik suvi bilan ta’minlash ko‘lami ortgan. Biroq, bu hududlar yuz foiz suvlashdi, degani emas. Afsuski, ichimlik suvi yetib bormagan manzillar ham bor. Joylarda hamyurtlarimizning “obi hayot”ga bo‘lgan ehtiyojini qondirish uchun eng avvalo, moliyaviy barqarorlik hukm surmog‘i kerak. Bu esa, ayrim hollarda aholining foydalanilgan toza ichimlik suvi hamda ko‘rsatilgan oqova suv xizmati uchun to‘lovlarni o‘z vaqtida amalga oshirishlari bilan bog‘liq. Tan olish kerak, respublikamizda bu borada yechimini kutib turgan muammolar yo‘q emas. Misol uchun, Andijon viloyatida iste’molchilarning qarzdorligi 150 milliard so‘mni tashkil etmoqda.
- “Andijon suv ta’minoti” MCHJ tomonidan iste’molchilarga bir oyda 9 ming 742 m3 toza ichimlik suvi yetkazib berilmoqda, - deydi jamiyatning markaziy iste’molchilar bo‘limi rahbari Shoyatbek Shermirzayev. -Buning uchun 11 mlrd 781 mln. so‘m miqdorida moliyaviy sarf-harajatlar amalga oshiriladi. Xizmat faoliyatidagi sifat me’yorini ta’minlash uchun aholidan bir oyda 12 mlrd. 879 mln. so‘mlik to‘lovlar undirilishi kerak bo‘lgani holda, hozirda bu ko‘rsatkich o‘rtacha 6 mlrd. 833 mln. so‘mni tashkil etyapti. Bu esa hududlarni suvlashtirish, ta’minotdagi muammolarga barxam berishda salbiy ta’sir ko‘rsatmoqda. Yuzaga kelgan muammoni bartaraf etish bo‘yicha manzillarda targ‘ibot va tashviqot ishlari amalga oshirilyapti. Shunday bo‘lsada, aholi tomonidan to‘lovlarni o‘z vaqtida bajarish masalasi muammoligicha qolmoqda.
Viloyatda aholiga sifatli xizmat ko‘rsatish, ya’ni toza ichimlik suvini o‘z vaqtida yetkazib berish aholining ko‘rsatilgan xizmat uchun to‘lovni o‘z vaqtida amalga oshirishi bilan bog‘liq. Yuqorida sanab o‘tilgan holatlar mavjud ekan, muammolarning yuzaga kelishi turgan gap. Shunday ekan, qarzdorlikni so‘ndirish bilan bog‘liq masalalarni har bir oila, fuqaro o‘zidan boshlamog‘i maqsadga muvofiqdir.
Saminjon HUSANOV, “Xalq so‘zi”
Sud Istanbul meri Ekrem Imomoʻgʻlini qamoqqa olishga qaror qildi
Istanbul shahar hokimiyatiga qarshi olib borilgan 'korrupsiya va terror' tergovida hibsga olish talabi bilan jinoiy sudga yuborilgan Istanbul shahar hokimi Ekrem Imotoʻgʻli hibsga olindi, deb xabar bermoqda 'CNN Turk' nashri.Maʼlum qilinishicha, Istanbul Bosh prokuraturasi tomonidan shahar hokimi Ekrem Imomoʻgʻli va 99 gumonlanuvchiga nisbatan 'jinoiy tashkilot yetakchisi boʻlish', 'jinoiy tashkilotga aʼzo boʻlish', 'tovlamachilik', 'pora olish', 'ogʻirlashtirilgan firibgarlik' hamda 't
Ozarbayjonda ogʻir dardga chalingan oʻzbekistonlik yurtimizga qaytarildi
Maʼlum boʻlishicha, M.J. ogʻir dardga chalingani (insult) sababli tibbiy yordam olish va Oʻzbekistonga qaytish uchun amaliy yordam soʻrab diplomatik vakolatxonaga murojaat qilgan. U 10-yil davomida oʻgʻli J.J. bilan Ozarbayjonda noqonuniy yashab kelgan.Bemorga tezkorlik bilan tibbiy yordam koʻrsatish maqsadida shifoxonaga yotqizish choralari koʻrilgan, ammo tibbiy sugʻurta va zarur hujjatlar yoʻqligi sababli turli muammolar kelib chiqqan. Yakunda bemor va oʻgʻli bilan kelishgan hold
Isroil hukumati Gʻazodagi yirik suv inshootlarini ishdan chiqardi
Isroil hukumati Gʻazoning suv inshootlari obyektlariga zarar yetkazib, mahalliy aholini ogʻir ahvolga solib qoʻymoqda, deb xabar berdi 'Al Jazeera' nashri.Maʼlum boʻlishicha, Isroil kuchlari Gʻazo shahrining sharqidagi va markaziy gubernatorlikdagi ikkita yirik suv quvurlariga ataylab zarar yetkazgan. Shuningdek, Deyr al-Balah hududidagi suvni tuzsizlantirish zavodini elektr quvvati bilan taʼminlovchi liniyani ham uzib qoʻygan. Natijada Gʻazo hududini ichishga yaroqli suv bilan taʼminl
Garvard universiteti professorlari Tramp maʼmuriyatini sudga berdi
AQSHning Garvard universiteti oʻqituvchilari hamda professorlari Donald Tramp maʼmuriyatini oliygohga bosim oʻtkazishda ayblab, sudga dahtml5-dom-document-internal-entity2-39-endvo arizasi kiritdi, deb xabar qilmoqda 'Reuters' agentligi.Unda aytilishicha, Tramp maʼmuriyati oʻz siyosiy qarashlarini oliygohga majburan singdirishga urinmoqda. Agar universitet rahbariyati ushbu harakatlarga qarshi chiqsa hukumat oliygohni davlat tomonidan moliyalashtirishni toʻxtatish kabi usullardan bosim sif