Samarqand davlat muzey-qo'riqxonasida 3 ta ilmiy katalog nashrdan chiqdi

18 may - Xalqaro muzeylar kuni arafasida Samarqand davlat muzey-qo'riqxonasida 3 ta ilmiy katalog nashr etildi va muzey-qo'riqxonada nashr etilgan kataloglar soni 11 taga yetdi.
Taʻkidlash lozimki, katalog tizimlashtirilgan ro'yxat, bir mavzuga oid ashyolar jamlanmasi, muzey kollektsiyalarini o'rganish va tizimlashtirish bo'yicha ilmiy ishlar natijasidir. Kataloglashtirish muzey ilmiy ishining eng muhim bosqichlaridan biri bo'lib, muzey kollektsiyalarining kataloglarini tuzish sanʻat asarlarini hujjatlashtirishga, ularni ilmiy muomalaga kiritishga, shu bilan madaniy meros obʻyektlarini saqlashga yordam beradi.
Davlatimiz rahbarining 2022 yil 27 maydagi "Muzeylarda xizmatlar sohasini rivojlantirish chora-tadbirlari to'g'risida"gi qarori bilan 2022-2023 yillarda muzeylarda xizmatlar sohasini rivojlantirish bo'yicha chora-tadbirlar dasturi tasdiqlangan. Ushbu dasturda muzeylar sohasini targ'ib qilish va ommalashtirish nazarda tutilgan bo'lib, har bir muzey yilda kamida bir donadan o'zining noyob ashyolari va kollektsiyalari kataloglarini yaratishi hamda nashr qilib, kitob do'konlarida ularning sotuvini yo'lga qo'yishi ko'zda tutilgan. Shu maqsadda 2022 yilda muzey-qo'riqxonada "Tasviriy sanʻat durdonalari", "Amir Temur maqbarasining o'rganilishi tarixidan" kabi bir nechta kataloglar, joriy yilda "Mahmudxo'ja Behbudiy uy-muzeyi", "Ergash Jumanbulbul o'g'li yodgorlik muzeyi" nomli kataloglar nashrdan chiqarildi.
Joriy yilning 25-26 may kunlari Madaniy meros agentligi tomonidan Samarqand shahrida "Muzeyshunoslik va arxeologiya tadqiqotlari: dolzarb muammolar va zamonaviy yechimlar" xalqaro forumi hamda uning doirasida ilmiy-amaliy konferentsiya, "Buyuk ipak yo'li" tadqiqotlari" ko'p jildli katalog taqdimoti o'tkazilishi rejalashtirilgan. Ushbu tadbirda birinchi marta Samarqand davlat muzey-qo'riqxonasi tomonidan nashr etilgan kataloglar taqdimoti o'tkaziladi.
Zokir JAYNAROV, Samarqand davlat muzey-qo'riqxonasi marketologi.
«YASHIL» IQTISODIYOT – TARAQQIYOT KAFOLATI
Ma’naviyat va ma’rifat darsiButun dunyo davlatlari qatori, mamlakatimizning ham «yashil» iqtisodiyotga o‘tishi masalasi eng muhim hayotiy zaruriyat bo‘lib turibdi. Ko‘pchilik vatandoshlar «yashil» iqtisodiyotni energetika sohasini isloh qilishdan iborat deb hisoblashadi. Vaholanki, uning ichiga toza ichimlik suvi muammolari, oziq-ovqat xavfsizligi, qishloq xo‘jaligidagi innovatsiyalar, ekologik barqaror shaharlar, chiqindilarni oqilona boshqarish, o‘rmon hududlarini kengaytiris
"Bobur – umumarmiya yoshlari nigohida"
O‘zbekiston kasaba uyushmalari harakatining 120 yillik yubileyi arafasida Zahiriddin Muhammad Bobur tavalludining 542 yilligi munosabati bilan O‘zbekiston kasaba uyushmalari Federatsiyasining Namangan viloyati kengashi tashabbusi bilan, Yoshlar ittifoqi viloyat kengashi hamda Viloyat Ichki ishlar boshqarmasi hamkorligida yosh ichki ishlar xodimlari va IIV Namangan akademik litseyi o‘quvchilarining ma'naviy-ma'rifiy bilim va salohiyatini oshirish maqsadida "Bobur – umumarmiya yoshlari nig
“Yuragim ham daraxtzor kabi, nimanidir olqishlamoqda...”
21-mart ' Oʻzbekiston qahramoni, Oʻzbekiston xalq shoiri Abdulla Oripov tavallud topgan kun* * *Koʻpdan kutgan edim orziqib, mana,Bulutlar tarqaldi toʻkishib koʻz yosh.Xayolim osmonday yorishdi yana,Yorugʻ kunlarimday porladi quyosh.Shoshqin daryolarning zangordir labi,Shamollar oʻynaydi yiroq-yiroqda.Yurgil, sayr etaylik, yurgil, malagim,Dunyo tashvishlari qolsin uzoqda.Koʻryapsanmi, qanday yasharmish olam,Beparvo goʻdakday jilmayadi jim.Goʻdagim, bu chiroy qaytmaydi hecham,Qaytmagani
«ЖАСЫЛ» ЭКОНОМИКА –РАӮАЖЛАНЫӮ КЕПИЛИ
Руӯхый-ағартыӯшылық сабағыПүткил дүнья мәмлекетлери қатары, мәмлекетимиздиң де «жасыл» экономикаға өтиӯ мәселеси ең әҳмийетли турмыслық зәрүрлик болып тур. Көпшилик ӯатанласларымыз «жасыл» экономика дегенде тек ғана энергетика тараӯын реформалаӯдан ибарат деп есапла