Vadim Abramov: Samarqandda futbolga qiziquvchilar ham, futbol o'ynovchilar ham ko'p

Xalq deputatlari Samarqand viloyati Kengashi huzuridagi nodavlat notijorat tashkilotlari va fuqarolik jamiyatining boshqa institutlarini qo'llab-quvvatlash jamoat fondi tomonidan tashkil etilgan loyiha doirasida viloyat futbol assotsiatsiyasi "Mahallalarda imkoniyati cheklangan yoshlar o'rtasida futbolni rivojlantirish orqali sog'lom turmush tarzini targ'ib qilish" yo'nalishida g'olib bo'lib, 50 million so'm miqdoridaga mablag'ga ega bo'lgan edi.
Ushbu mablag' evaziga mahalla va taʻlim maskanlarida imkoniyati cheklangan yoshlar o'rtasida ommaviy futbol musobaqalari tashkil qilindi. Xususan, Samarqand shahridagi 59-Nurli maskan ixtisoslashtirilgan maktab-internatida ham futbolni yanada ommalashtirish, imkoniyati cheklangan o'quvchilarning sportga qiziqishini oshirish, mahalla yoshlari o'rtasida sog'lom turmush tarzini shakllantirish maqsadida futbol festivali o'tkazildi.
Unda o'zbek futboli rivojiga munosib hissa qo'shgan faxriylar, keng jamoatchilik vakillari, o'qituvchi-murabbiylar so'zga chiqib, sport, xususan, futbolning ommaviyligi uchun qilinayotgan xayrli ishlar, yoshlarga yaratilayotgan shart-sharoit va imkoniyatlarni yuqori baholashdi. Ziyo maskanidagi festival o'quvchilarining millionlar o'yiniga mehrini oshirdi.
- Shubhasiz, bolalarga bunday eʻtibor xayrli ish hisoblanadi, - deydi "Dinamo" PFK bosh murabbiyi Vadim Abramov. - Muhimi, yoshlarning futbolga qiziqishi va mehrini oshiradi. Ko'rdimki, yoshlar orasida kelgusida hayotini futbolga bog'laydigan yoshlar ko'p. Faqat ularni tarbiyalash, ular ustida "ishlash" kerak, xolos. Umuman, sport har bir insonni sog'lom bo'lishiga yaqindan ko'makdosh bo'ladi, hamjihatlikni kuchaytiradi. Shuning uchun bu xayrli tadbir o'quvchilarni hayotda o'zlarini to'laqonli his etishiga, jamiyatning faol aʻzosi aylanishiga xizmat qiladi, deb o'ylayman.
Festival doirasida futbolga ishtiyoqi baland o'quvchilarga sport kiyimlari, to'plar, futbol uchun zarur bo'lgan buyumlar sovg'a qilindi. Taʻlim maskani jamoasi, o'quvchilar bunday eʻtibordan minnatdor ekanligini taʻkidlashdi.
Zamon Eshonqulov.
Sambo bo‘yicha Osiyo-Okeaniya chempionatining tantanali ochilish marosimi o‘tkazildi
Ochilish tadbirida Xalqaro sambo federatsiyasi, Osiyo-Okeaniya sambo ittifoqi, O'zbekiston Milliy Olimpiya qo'mitasi hamda mamlakat sambo federatsiyasi rahbariyati ishtirok etdi. Rasmiylar o'z chiqishlarida ushbu chempionat nafaqat mintaqada, balki jahon miqyosida ham katta ahamiyatga ega ekanini ta'kidlashdi. Shuningdek, O'zbekistonda noolimpiya sport turlari, xususan samboning rivojiga katta e'tibor qaratilayotgani qayd etildi.Marosimdan so'ng musobaqaning final blokiga start berildi va bellas
TAJRIBA VA MAHORAT USTUNLIGI
Yaqinda sportning mini futbol turi bo‘yicha “IIV Malaka oshirish instituti boshlig‘i kubogi” uchun musobaqa tashkil etildi. Unda Toshkent davlat texnika universiteti talabalari, Olmaliq shahridagi bir qator ta'lim muassasalari yoshlari hamda mazkur institut tinglovchilaridan iborat jamoalar ishtirok etishdi. Qiziqarli bahslarga boy tarzda o‘tgan bellashuvlarning yakuniy natijalariga ko‘ra, tajriba va mahorat bobida raqiblaridan ustun kelgan IIV Malaka oshirish institutining
Xokkeychilarimiz Eron darvozasiga javobsiz 20 ta shayba yo‘llashdi
Bugun O'zbekiston terma jamoasi uchinchi tur uchrashuvini o'tkazdi. Eronga qarshi maydonga chiqqan yigitlarimiz yirik 20:0 hisobida g'alaba qozonishdi.
«Olimpiada — 2036»: da’vogarlar ko‘p, ammo mezbonlik kimga nasib etadi?
Rasmiy manbalarning xabariga ko'ra, Hindiston Dehli hamda Agra shaharlarini asosiy nomzod sifatida ko'rsatib, ularning infratuzilmasini rivojlantirishga alohida e'tibor qaratayotir. Shu bilan birga, Turkiya davlati ham Olimpiadani o'tkazish istagini bildirgan. Misr esa Qohira yaqinida maxsus Olimpiya shaharchasi qurishni rejalashtirmoqda.Janubiy Koreya, Qatar, Germaniya, Meksika va Vengriya ham eng yirik sport anjumani mezbonligi uchun kurashyapti. Yakuniy qarorni Xalqaro Olimpiya qo'mitasi keyi