Zamonaviy huquqiy tendensiyalar muhokamasi uchun ochiq platforma


Poytaxtimizda yigirmadan ortiq xorijiy mamlakatlar ekspertlari, huquqshunoslari hamda mahalliy ishtirokchilarni bir davraga jamlagan “Tashkent Law Spring” uchinchi xalqaro yuridik forumi boʻlib oʻtmoqda.
Oʻzbekiston Respublikasi Adliya vazirligi tomonidan BMT, “Regional Dialogue” xalqaro nodavlat notijorat tashkiloti va boshqa hamkorlar ishtirokida tashkil etilgan ushbu forumning asosiy mavzusi “Fundamental huquqlar — abadiy qadriyatlar” deb nomlandi.
Huquq sohasidagi zamonaviy ilm-fan yutuqlarini Oʻzbekistonda va jahonda ommalashtirishga koʻmaklashish maqsadida tashkil etilgani mazkur anjuman xalqaro, xorijiy va mahalliy ekspertlar tomonidan fundamental huquqlar prizmasi orqali zamonaviy huquqiy tendensiyalarni muhokama qilish uchun ochiq platforma vazifasini bajardi, desak, ayni haqiqat.
Bu galgi forumda Armaniston, Belarus, Buyuk Britaniya, Germaniya, Gruziya, Ozarbayjon, Rossiya, Ruminiya, Saudiya Arabistoni, Singapur, Sloveniya, Turkiya, Yaponiya kabi davlatlardan qatnashayotgan ekspertlar oʻz maʼruzalari bilan faol qatnashib, sohada oʻzaro tajriba almashish borasida fikr-mulohazalarini ham bildirmoqda.
Xususan, ishtirokchilar “Nizolarni muqobil hal etish: mediatsiyadan arbitrajgacha”, “Sifatli norma ijodkorligi orqali qonun ustuvorligi qadar”, “Yuridik sohada raqamli texnologiyalar”, “Davlat xizmatlari: muvaffaqiyatlar, vazifalar va istiqbollar”, “Korrupsiyaga qarshi siyosat” kabi mavzular yuzasidan fikr almashdi.
Ikki kun davom etadigan ushbu anjuman davomida davra suhbatlari, mahorat darslari oʻtkazilib, xalqaro va milliy ekspertlarning taqdimotlarida ishtirok etishyapti. Qolaversa, 16 ta muhokama sessiyasida 132 ta maʼruza rejalashtirilgan. Anjumanning 600 dan ortiq ishtirokchisi zamonamizning dolzarb huquqiy masalalarini muhokama qilishi va ilgʻor xalqaro tajribani hisobga olgan holda, ularni maqbul hal etish yuzasidan fikr almashish imkoniyatga ega boʻlayotir.
Xorijiy hamkorlar bilan xalqaro huquqiy hamkorlikni yoʻlga qoʻyish va mustahkamlash uchun oʻziga xos imkoniyat yaratib berayotgan mazkur tadbirda chet ellik ekspertlar Oʻzbekistonda amalga oshirilayotgan huquqiy islohotlar haqida xolis maʼlumot olish imkoniyatiga ham ega boʻlmoqda.
Soʻz — forum ishtirokchilariga
Petra GORYUP,
“Mintaqaviy Muloqot” nodavlat notijorat tashkilotining (Sloveniya) Oʻzbekistondagi filiali rahbari:
— “Tashkent Law Spring” xalqaro yuridik forumini tashkil etishda Oʻzbekiston Adliya vazirligi bilan bevosita hamkorlik qilib kelyapmiz. Mazkur forumda xalqaro nodavlat notijorat tashkilotlar uchun shart-sharoitlar yaratishga bagʻishlangan sessiyada maʼruzachi sifatida ishtirok etyapman.
Forum sohada oʻzaro hamkorlikni mustahkamlash uchun muhim platforma hisoblanadi. Yaʼni chet ellik ekspertlar, mutaxassislar va boshqa tashkilotlar bilan birgalikda huquqning dolzarb mavzularini muhokama qilyapmiz, sohaga oid muammolarga yechim topishga harakat qilyapmiz. Bu esa, albatta, oʻz samarasini beradi.
Dmitriy KAYSIN,
“RGD International Central Asia” kompaniyasi hamkori, xalqaro ekspert:
— Yuridik muammolar barcha davlatlarda kuzatilishi mumkin. Bu tabiiy hol. Mazkur forumni oʻtkazishdan asosiy maqsad huquq sohasidagi dolzarb mavzular, huquq ustuvorligini taʼminlash, huquq sohasiga raqamlashtirish jarayonini kiritish va qator intellektual mulk sohasi bilan bogʻliq masalalarni hal etishdan iborat. Ushbu maqsadlarga erishilyapti, desam, mubolagʻa boʻlmaydi.
Qolaversa, forum orqali sohadagi muammolarga yechim izlandi. Shuningdek, anjuman soʻnggi yillardagi islohotlarni nazariy va amaliy jihatdan muhokama qilish imkonini ham yaratib bermoqda.
Oʻzbekistonda amalga oshirilayotgan islohotlardan asosiylaridan biri, bu — yangi tahrirdagi Konstitutsiya qabul qilingani hamda unda har bir oʻzgarishga aynan fundamental huquqlar oʻz asosini topganligidir.
Manzura MADRASULOVA,
Oʻzbekiston davlat jahon tillari universiteti
Media va kommunikatsiya fakulteti 1-bosqich talabasi.
Sahro javohiri
1' Bu yoqqa qarang! ' xitob qildi uchogʻimiz Haydarkoʻldan oʻtganda oykulchaday oynadan osmonni tomosha qilib kelayotgan hamrohim, Oʻzbekistonda xizmat koʻrsatgan madaniyat xodimi, taniqli fotomuxbir Abdugʻani Juma. ' Kim aytadi bu yerlarni Qizilqum deb, choʻl deb?!Oʻrnimdan yarim koʻtarilib, tashqariga moʻralayman. Qarayman-u, yuragim hapriqib ketadi. Pastda ertaklarda 'Qush uchsa qanoti, odam yursa oyogʻi kuyadi' deyilmish choʻl ' Qizilqum emas, afsonaviy eram bogʻlari yastanib, t
“Andijon turmasi” shahar chekkasiga koʻchiriladi
Andijon shahri markazidagi 'Andijon turmasi' nomi bilan tanilgan 3-son tergov hibsxonasi koʻchiriladi. Bu haqda viloyatda Prezident Shavkat Mirziyoyev raisligida oʻtayotgan yigʻilishda'maʼlum qilindi.Yigʻilishda qurilish va infratuzilma masalalari muhokama qilinar ekan, Xonobod-Andijon magistral suv quvurining 1-tarmogʻidan suv oqimi kamligi sababli 6 ta tumandagi 510 ming aholiga suv yetkazib berishda muammolar borligi koʻrsatib oʻtildi.Shu bois, ushbu quvurning 2-tarmogʻini qurish zar
Oʻzbekistonda Imom Moturidiy tavalludining 1155-yilligi keng nishonlanadi
O'zbekiston Respublikasi Prezidentining qaroriBuyuk vatandoshimiz, islomiy ilmlar rivojiga ulkan hissa qo'shgan benazir alloma, kalom ilmining sultoni Imom Abu Mansur 'Moturidiyning (keyingi o'rinlarda ' Imom Moturidiy) ibratli hayot yo'li va boy ilmiy-ma'naviy merosini har tomonlama chuqur o'rganishni rag'batlantirish, moturidiylik ta'limotiga xos bag'rikenglik va'mo'tadillik tamoyillarini xalqimiz va jahon jamoatchiligi o'rtasida keng targ'ib etish, yoshlarni Vatanga muhabbat, milliy va umumin
Tadbirkor ayollar kengashi tashkil etiladi
Oʻzbekistonda ayollar tadbirkorligini rivojlantirish va ularni qoʻllab-quvvatlash boʻyicha muhim qaror qabul qilindi. Prezidentning 2025-yil 14-martdagi 'Oila va xotin-qizlarni qoʻllab-quvvatlash tizimini yanada takomillashtirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida'gi qaroriga koʻra, mamlakatda 'Tadbirkor ayollar' platformasi va bir qator dasturlar'ishga tushiriladi.Qarorga koʻra, yetakchi ishbilarmon ayollardan iborat 'Tadbirkor ayollar kengashi' tashkil etiladi. Ushbu kengash ayollar biznesig