calendar 27 Mar 16:20
eye 101
comments 0
comments Manba: xs

Turkiyada Oʻzbekistondagi konstitutsiyaviy islohotlar mavzusiga bagʻishlangan davra suhbati boʻlib oʻtdi

image

Foto: Халқ сўзи

Mamlakatimizning Turkiyadagi elchixonasi vakillari hamda Anqara inqiroz va siyosat tadqiqotlari markazi - “ANKASAM” ekspertlari ishtirokida “Oʻzbekistonda islohotlar va Yangilanajak Konstitutsiya” mavzusidagi davra suhbati boʻlib oʻtdi.

Tadbir avvalida Oʻzbekistonning siyosiy, ijtimoiy-iqtisodiy hayotida amalga oshirilayotgan keng koʻlamli islohotlar, shuningdek, mamlakatimizda qonun ustuvorligini taʼminlash, davlatning demokratik poydevorini mustahkamlash borasida erishilgan muvaffaqiyatlar toʻgʻrisidagi maʼlumotlar oʻrtoqlashildi.

Soʻngra Konstitutsiyaviy qonun loyihasi boʻyicha umumxalq muhokamalarida 222 715 ta taklif kelib tushganligi, takliflarning har toʻrttasidan bittasi loyihadan joy olgani, xususan, Asosiy qonunning 65 foiz matni xalqimiz takliflari asosida yangilanishi toʻgʻrisidagi axborotlar davra suhbati ishtirokchilarining eʼtiboriga havola qilindi.

Shuningdek, Konstitutsiyaning moddalari amaldagi 128 tadan 155 taga koʻpayib, normalari 275 tadan 434 taga oshishi, inson huquq va erkinliklariga oid qoidalar uch yarim baravarga koʻpayishi ham nazarda tutilgani qayd etildi.

Xususan, yangilanajak Konstitutsiyada mamlakatimizning suveren, demokratik, huquqiy va ijtimoiy davlat ekani qatʼiy belgilab qoʻyilgani, kuchli ijtimoiy himoya va muhtojlarga gʻamxoʻrlik – davlat siyosatining muhim yoʻnalishi ekanligi, inson huquq va erkinliklarini taʼminlash – davlatning oliy majburiyati etib belgilangani, oʻqituvchilar maqomini yuksaltirish, yoshlar huquqlari Konstitutsiya himoyasi ostida boʻlishi, raqobatbardosh milliy iqtisodiyotni ragʻbatlantirish, atrof-muhitni muhofaza qilish boʻyicha kompleks choralar belgilanganligi, ommaviy axborot vositalari va fuqarolik jamiyati institutlari yanada faol boʻlishi uchun keng imkoniyat va kuchli himoya taqdim etilganiga alohida eʼtibor qaratildi.

“ANKASAM” direktori professor Mehmet Seyfettin Erol Oʻzbekistonda amalga oshirilayotgan keng koʻlamli islohotlarni yuqori baholar ekan, keng jamoatchilik fikri va takliflari asosida Konstitutsiyaga kiritilayotgan oʻzgarishlar va unda barcha qatlam manfaatlari inobatga olinganligi tom maʼnoda buni “xalq Konstitutsiyasi”, deb aytish imkonini berishini taʼkidladi.

“Ishonchim komilki, oldinda turgan konstitutsiyaviy islohotlar mamlakatning ravnaqi va xalq farovonligi uchun mustahkam huquqiy asos boʻlib xizmat qiladi”, dedi u.


Doʻstlaringiz bilan ulashing

12 Apr 21:14
 
11
0
xs.uz

Andijonda transformator oʻrnatib berishni vaʼda qilgan firibgar qoʻlga olindi

Andijon viloyatida yuqori kuchlanishdagi transformator oʻrnatib berishni vaʼda qilgan firibgar ushlandi, deb xabar bermoqda Iqtisodiy jinoyatlarga qarshi kurashish departamenti.Unga koʻra, Bosh prokuratura huzuridagi Departamentning Andijon viloyati boshqarmasi, DXX va IIB xodimlari hamkorligida tezkor tadbir oʻtkazilgan.Unda aniqlanishicha, fuqaro N.A. fuqaro X.O.ga goʻyoki elektr tarmoqlari korxonasida ishlashini aytib, Oltinkoʻl tumani, 'Ayshaxonim' MFY hududidagi 9 ta xonadonning elekt

20 Mar 12:53
 
25
0
xs.uz

Oʻzbekistonda qizlar necha yoshdan turmushga chiqmoqda?

2025-yilning yanvar fevral oylarida, FHDYO organlarida respublika boʻyicha 31 ming 775 ta nikoh holatlari qayd etilgan. Bu haqida Milliy statistika qoʻmitasi xabar berdi.Statistika qoʻmitasi, qayd etilgan nikohlarda ayollarning yosh guruhlari boʻyicha taqsimlanishi haqidagi maʼlumotni eʼlon qildi.Unga koʻra, nikohlanayotgan umumiy ayollar sonining eng katta ulushi 52,4 foiz koʻrsatkich bilan 20 yoshdan 30 yoshgacha boʻlgan ayollarda kuzatilgan.Shuningdek, 20 yoshgacha nikohdan oʻtayotg

19 Feb 00:20
 
68
0
xs.uz

O‘zbekiston Prezidenti html5-dom-document-internal-entity1-quot-endGulf Care General Tradinghtml5-dom-document-internal-entity1-quot-end kompaniyasi rahbari bilan uchrashdi

O'zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyev o'ziga ajratilgan qarorgohda 'Gulf Care General Trading' kompaniyasi rahbari doktor Iyad as-Solihni qabul qildi.2001-yilda tashkil etilgan kompaniya Ko'rfaz mintaqasida tibbiy uskunalarning eng yirik yetkazib beruvchilaridan biri bo'lib, Kuvaytdagi xususiy tibbiyot muassasalarining keng tarmog'i egasidir.Mamlakatimiz yetakchisi kasalliklarni barvaqt aniqlash sohasidagi sheriklik rivojlanib borayotganini mamnuniyat bilan qayd etdi. Kompaniyan

26 Feb 17:04
 
52
0
xs.uz

“AGRO PRO EXPO-2025” koʻrgazmasi davom etmoqda

Abdulaziz YOʻLDOSHEV/'Xalq soʻzi'. Avval xabar berganimizdek, Jomboy tumanidagi 'SOF EXPO Samarkand' majmuasida qishloq xoʻjaligi sohasidagi mahalliy va xorijiy ishlab chiqarish korxonalarining 'AGRO PRO EXPO-2025' xalqaro koʻrgazmasi oʻtkazilmoqda.Koʻrgazma agrar sohadagi yetakchi ekspertlar, ishlab chiqaruvchilar, yetkazib beruvchilar ishtirokida eng soʻnggi yutuqlarni namoyish etish, tajriba almashish va qishloq xoʻjaligining barqaror rivojlanish istiqbollarini muhokama qilish imkonin