calendar 27 Mar 12:21
eye 43
comments 0
comments Manba: xs

Andijonda oʻn minglab gektar maqsadsiz hududlar oʻzlashtirilmoqda

image

Foto: Халқ сўзи

Andijon viloyatida oʻn minglab gektar maydonlardan iborat adirlik mavjud boʻlib, uning 5 ming 71 gektari oʻzlashtirilmagan. Vaholanki, bu yerda sugʻorish tizimini joriy etish orqali katta daromad olish mumkin. Viloyat hokimligi tashabbusi bilan boshlangan saʼy-harakatlar ana shu maqsadga yoʻnaltirilgan boʻlib, hozirda Marhamat tumanidagi 720 gektar maydonda oʻzlashtirish ishlari olib borilmoqda.

Foto: Халқ сўзи

— Ayni paytda tumanning Yoʻldosh Oxunboboyev nomli massiviga qarashli 100 gektar maydonga 500 ming tup “Yangi Andijon” navli tut koʻchatlari oʻtqazilmoqda, — deydi tut urugʻchiligi va koʻchatchiligiga ixtisoslashgan “Ipak koʻchat klasteri” rahbari Abdufattox Musulmonqulov. — Buning uchun Vyetnam tajribasini qoʻllashga qaror qildik. Yaʼni, hududlar aholiga taqsimlab beriladi. Ular tut koʻchatlari parvarishi bilan bir qatorda oraliq maydonda qishloq xoʻjaligi mahsulotlarini yetishtirishlari mumkin.

Foto: Халқ сўзи

Bu kabi foydalanilmay turgan yer maydonlari mutaxassislar tomonidan oʻrganilmoqda. Tez orada ulardan foydalanish tartiblari joriy etiladi. Bir soʻz bilan aytganda, viloyatning har bir qarich yeridan unumli foydalaniladi.

Saminjon HUSANOV, “Xalq soʻzi”.


Doʻstlaringiz bilan ulashing

19 Aug 07:03
 
25
0
xs.uz

Andijon shahri sobiq hokimi yangi lavozimga tayinlandi

17 avgust kuni Andijon shahar hokimi Gʻofur Abdurahmonov bu haqda tegishli qarorni'imzolagan.Ma'lumot uchun, Dilmurod Rahmatullayev ta'lim tizimida turli lavozimlarda ishlagan. Bir muddat viloyat xalq ta'limi boshqarmasini boshqargan. 2016'2019 yillarda Andijon shahriga hokimlik qilgan.

19 Aug 07:04
 
28
0
xs.uz

Kriptologiya sohasida idoralararo ekspert guruhi tashkil etiladi

'Oʻzbekiston Respublikasida kriptologiya sohasida taʼlim va ilm-fanni rivojlantirish boʻyicha qoʻshimcha chora-tadbirlar toʻgʻrisida'gi Prezident qarori qabul qilindi.Qarorga koʻra quyidagilar tasdiqlandi:Respublikaning oliy taʼlim va ilmiy-tadqiqot muassasalari, davlat organlari va boshqa tashkilotlarning tajribali mutaxassislaridan iborat kriptologiya sohasida idoralararo ekspert guruhi tashkil etiladi.Davlat va jamiyat hayotidagi real ehtiyojlarni inobatga olgan holda, respublikada kr

26 Aug 12:29
 
22
0
xs.uz

“Chorsu” bozoridagi kiyim doʻkonida yongʻin sodir boʻldi

Toshkent shahar Shayxontohur tumanida joylashgan 'Chorsu' bozorida yana yongʻin chiqqani haqida xabarlar tarqaldi. FVB holat yuzasidan'maʼlumot berdi.Qayd etilishicha, 25-avgust kuni soat 20:48 da Toshkent shahar FVBga Shayxontohur tumani Zarqaynar koʻchasida joylashgan doʻkonlarning birida yongʻin sodir boʻlayotgani toʻgʻrisida xabar tushgan.Shunga koʻra, yongʻin-qutqaruv texnikalari aytilgan manzilga soat 20:53 da yetib borib, alanga soat 21:06 da oʻchirilgan. Yongʻin oqibatida kiy

03 Sep 21:35
 
15
0
xs.uz

Mustaqillik bayrami arafasida 522 kishi afv etildi

Prezident Shavkat Mirziyoyev mustaqillikning oʻttiz uch yilligini nishonlash arafasida 'Jazo muddatini oʻtayotgan, qilmishiga chin koʻngildan pushaymon boʻlgan va tuzalish yoʻliga qatʼiy oʻtgan bir guruh shaxslarni afv etish toʻgʻrisida'gi farmonni imzoladi. Bu haqda OʻzA xabar bermoqda.Farmonga muvofiq, Oʻzbekiston Konstitutsiyasining 109-moddasi 23-bandiga asosan jazo muddatini oʻtayotgan hamda qilmishiga chin koʻngildan pushaymon boʻlgan va tuzalish yoʻliga qatʼiy oʻtgan 522